• AVO

  • AVO gap

  • No-buy chellenji: bo‘lar-bo‘lmas xarajatlardan voz kechib, qo‘yilgan maqsadlarga qanday erishish mumkin

No-buy chellenji: bo‘lar-bo‘lmas xarajatlardan voz kechib, qo‘yilgan maqsadlarga qanday erishish mumkin

2025-yil avgustida xaridlar men uchun dam olish usuliga aylanib qolganini sezdim. Charchasam, zeriksam, xavotir bossa, qo‘lim o‘z-o‘zidan marketpleysga ketadigan bo‘lib qoldi. Shunchaki nimalar bor ekan, deb kiraman-u, lekin 5 daqiqadan keyin savatchamda bir martagina kiyiladigan «juda kerakli» bluzka turadi. Xarajatlarimni yozishni boshlaganimda, kiyim va aksessuarlarga oyiga taxminan $100 ketayotgani, hatto ayrim narsalar bir marta ham kiyilmay, yorlig‘i bilan yotishini ko‘rdim. Shunda 4 oylik no-buy chellenjini sinab ko‘rishga qaror qildim va kayfiyatimni ko‘tarish uchun qilinadigan xaridlarni to‘xtatsam, nimalar bo‘lishini ko‘rmoqchi bo‘ldim.

Bu maqolada no-buy chellenji nima ekanini va u low-buy’dan nimasi bilan farq qilishini, o‘zimga qanday qoidalar qo‘yganimni va xarid ishtiyoqi bilan qanday kurashganimni aytib beraman.

No-buy chellenji nima

Bu shunday holatki, odamlar bir muddatga kiyim, kosmetika va unchalik ham zarur bo‘lmagan boshqa narsalarni sotib olishni to‘xtatadi. Buni kimdir pul yig‘ishni boshlamoqchi, kimdir esa cheksiz shopingdan charchagani uchun qiladi. Bu trend ingliz tilidagi TikTok va YouTube’da juda tarqalib ketdi: foydalanuvchilar minimalist garderoblarini ko‘rsatadi, bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi va maslahatlar bilan bo‘lishadi.

1 daqiqada 100 mln gacha onlayn pul oling ⚡

Garov, kafil va ma’lumotnomalarsiz mikroqarz beramiz

Mikroqarz olish

Bu chellenj ilk marta AQShda ommalashgan. Shundan keyin ijtimoiy tarmoqlarda shunga o‘xshash boshqa trendlar ham paydo bo‘la boshladi.

  1. Low-buy chellenji — kamroq xarid qilish. Agar shopingdan butunlay voz kechish qiyin bo‘lsa, hech bo‘lmasa xarajatni qisqartirishingiz mumkin.
  2. Underconsumption core — tejamkorlik estetikasi. Odamlar kichik garderobini, qayta ishlangan materialdan tayyorlangan kiyimlarni, 10 ta o‘rniga 3 ta krem bilan yashashni chiroyli qilib ko‘rsatadi. Z avlodida ijtimoiy mas’uliyatli bo‘lish, o‘tinchi moda va sayyorani ifloslantirishga pul tikmaslik, massmarketdagi arzon va mazmunsiz kiyimlar o‘rniga ma’noli, o‘ziga xos buyumlar yig‘ish tobora ommalashyapti.
  3. Project pan — kosmetikani oxirigacha ishlatish g‘oyasi. Mazmuni oddiy, krem yoki boshqa kosmetikani oxirgi tomchisigacha tugatib, keyin yangisini olish.

Nimaga xaridlardan voz kechishga qaror qildim

3 yilcha oldin yangi narsalar olish uchun divandan turib, do‘konga borishga to‘g‘ri kelardi. O‘sha paytda onlayn buyurtmalarni faqat xorijdan qilardim, u ham kamdan-kam, chunki pulim uncha ko‘p emas edi. Oxirgi bir yilda esa O‘zbekistonda endigina avj olgan marketpleyslarda o‘tiradigan bo‘lib qoldim. Buyurtma qilish juda osonlashdi, internet-do‘konlarda mahsulotlarni ko‘rish esa asta-sekin vaqt o‘tkazishning yoqimli usuliga aylanib qoldi.

2025-yil o‘rtalarida xarajatlarimni yozishni boshladim va kiyim hamda aksessuarlarga oyiga $100 dan ko‘proq sarflayotganimni tushundim. Shularning ko‘pini umuman kiymagan ekanman: nimanidir o‘lchab ko‘rmasdan buyurtma qilganman va mos kelmagan, boshqasi esa mahalliy do‘kondan shoshilib, tadbir oldidan olib qo‘yilgan. Raqamlarni ko‘rib, kerakli narsalarning hammasi borligini, men esa faqat zavq uchun, ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida xarid qilayotganimni tushundim.

YouTube’da bir nechta blogerlarning no-buy chellenji haqidagi roliklariga ko‘zim tushdi va sinab ko‘rishga qaror qildim. O‘zimni ruhlantirish uchun erishishni istagan maqsadlarimni yozib chiqdim. Mana, nima uchun bu eksperimentni sinab ko‘rdim:

  1. O‘zimdan qarz olishni to‘xtatish.
  2. Bor narsalarimni chiroyli qilib uyg‘unlashtirishni o‘rganish.
  3. Obraz yaratishda soch turmagi va manikyurga ko‘proq e’tibor berish.
  4. Zerikkanimda xarid qilishga ketadigan paytlarimni kuzatish va nazorat qilish.
  5. Men uchun muhim bo‘lgan narsaga pul yig‘ish.

Shunda moliyaviy maqsad ham paydo bo‘ldi: keyingi yili Toshkentdagi xalqaro universitetda magistraturada o‘qishni xohlayman. 2026-yil sentyabrigacha pul yig‘ish uchun AVO omonatini ochdim va chellenj paytida tejagan hamma pulimni o‘sha yerga sola boshladim.

Nimaga xaridlardan voz kechishga qaror qildim

Qanday qoidalarni o‘rnatdim

Chellenj chegaralarini oldindan yozib qo‘yish muhim. Esda tuting, bu o‘tmishdagi shopogolizm uchun o‘zingizni jazolash emas. Bu irodani mustahkamlash, hayotingiz va moliyangizni boshqarishni o‘rganish uchun mashq. Mana nimalarni aniq qilib yozish kerak.

Qoidalarni o‘zingizga moslab olish oson, xohlasangiz bir oy ham sinab ko‘rishingiz mumkin.

Xarajatlarimdagi o‘zgarishlar

Yozning o‘zidayoq garderobimni ancha to‘ldirib olgandim, keraksiz narsalarni tarqatdim, eskilarini esa ta’mirlash uchun atelyega berdim. Avgust oxiriga kelib hamma kerakli narsalarim bor deb bilardim.

Sentyabrdayoq yangi sumkasiz yashay olmayman degan xayollar kela boshladi, eski sumkalarimning hech biri obrazlarimga tushmayotgandek edi. Keyin qizimning kiyishga kiyimi yo‘q deb, onlayn do‘konda $200 lik narsalarni savatchaga solib qo‘ydim. Yana qayerdandir xorijiy saytdan qimmat yubka olish istagi keldi. Ko‘p marta o‘zimni ushlab qoldim va niyatimdan qaytmadim.

Miyamiz bor mahoratini ishga solib, har bir rejalashtirilmagan xarid boshqacha va aniq kerak degan fikrni singdiradi. Lekin vasvasaga berilmasangiz, bir-ikki kundan keyin o‘sha narsa umuman esingizdan ham chiqadi.

Xarajatlarimdagi o‘zgarishlar

Xarid qilish istagimni yengishga quyidagilar yordam berdi:

  1. Pinterestdan o‘zimdagi narsalarga o‘xshash narsalarni topib, yangi obrazlar yaratish.
  2. Marketpleys ilovalarini bir muddatga o‘chirib tashlash.
  3. Soch turmagi va manikyur qilish, bor taqinchoqlarni taqib yurish.
  4. Xohlagan narsalarni vishlistga qo‘shib, skrinshot qilib qo‘yish. Bunday mudbordlar keyinchalik ongli shopingda asqatadi.
  5. No-buy chellenjini qilayotgan blogerlarning videolarini ko‘rish.
  6. Bor kiyimlarni parvarishlash, dazmollash, chiroyli osib qo‘yish, tartibga solish.
  7. Omonatni tekshirib turish va foizlar qo‘shilayotganini kuzatish. Chellenjni tashlashimga ozgina qolganida aynan shu narsa meni to‘xtatib turdi.

Rostini aytsam, xatolar ham bo‘lgan. Shunday paytlarda o‘zimni koyimaslikka harakat qildim, bu ham tajriba. Baribir olgan narsalarimni yozib borardim, keyinroq esa u xarid menga kerak bo‘ldimi yo‘qmi deb belgi qo‘yardim. Masalan, Bangkokda UNIQLO’dan longsliv, kumush uzuk va yaxshi konsiler oldim. Longsliv bilan uzukni taqib yuraman, konsiler ham yarmigacha tugab qoldi, demak hammasi kerak bo‘lgan. Yana bir safar marketpleyslardan biriga kirib, bitta bluzkani yoqtirib qoldim. O‘shanda uni ko‘p kiyaman deb o‘ylagandim, lekin keyin materiali yoqmaganini va umuman menga yarashmaganini tushundim, hozir shkafda chang bosib yotibdi.

Kosmetika va parvarish vositalariga ketadigan xarajatlarim uncha o‘zgarmadi, chunki bundan oldin ham bir nechta tekshirilgan mahsulotlarni olardim. Lekin kiyimga ketadigan xarajatlar sentyabrdan, chellenjni boshlaganimdan keyin ancha kamaydi:

Chellenjdan keyin nima o‘zgardi

Chellenjdan keyin nima o‘zgardi

Shunchaki istaganim uchun emas, aql bilan harakat qilishni o‘rgandim. Bu narsa menga kerakmi yo‘qmi deb qiynalib o‘tirish o‘rniga, hammasini yanvarda olaman deb ovutdim. Xarajatlarimni nazoratda ushlab turish va omonatdagi raqamlar qanday o‘sayotganini ko‘rish menga juda yoqdi. Sentyabrda o‘qish uchun $2 500 to‘lashim kerak, shu 4 oylik chellenjning o‘zida esa $400 tejadim.

Har oy olinadigan yangi narsalarsiz ham hayot yomon bo‘lib qolmas ekan. Bu zavqni yaqinlar bilan sayrdan, teatr yoki kinoga borishdan, do‘stlar davrasidan ham olsa bo‘lar ekan. Men bu turmush tarzini keyin ham saqlab qolmoqchiman — kamroq sarflash, moliyaviy maqsadlarga tezroq erishish va bor narsaning qadriga yetishni o‘rganishni davom etmoqchiman.

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

AVO ilovasini yuklab oling

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda

Yuklab olish
📖 Ta'lim
23.01.2026
4 daqiqa
Vera Mixailovna Karpova
Maqola muharriri
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 29/01/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.