• AVO

  • AVO gap

  • «No-spend» chellenji: nima va nima uchun kerak 

«No-spend» chellenji: nima va nima uchun kerak 

Tasavvur qiling: bir oy davomida faqat eng zarur narsalarga — oziq-ovqat, kommunal to‘lovlar va ijara haqiga pul sarflaysiz. Yo‘l-yo‘lakay qahva olish, rejasiz xaridlar yoki katta chegirmadagi yangi krossovkalar xarid qilish yo‘q. Juda qiyin vazifadek tuyulyaptimi? Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan «no-spend challenge» aynan shunday ishlaydi. 

Trend qayerdan chiqdi? 

Bunday chellenj moliyaviy odatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun juda samarali usul hisoblanadi. U pulning aslida qayerga sarflanayotganini ko‘rsatadi va nimalardan bemalol voz kechish mumkinligini tushunishga yordam beradi. 

Eng qimmatli natija — xarid qilishdan oldin to‘xtab o‘ylash qobiliyati. Qo‘lingiz savatga cho‘zilayotganda, o‘zingizdan «o‘zi bu narsa menga haqiqatan ham kerakmi» so‘rash uchun imkoniyat paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, uyda bor narsalarni ishlatishni boshlaysiz: bor mahsulotlardan ovqat pishirasiz, tekin mashg‘ulotlaringizni eslaysiz. Natijada, xarajatlaringiz yanada ongliroq va maqsadli bo‘ladi. 

Tanganing ikkinchi tomoni — «uzilib ketish» 

Lekin bu amaliyotning xavfli jihati bor. Qattiq parhezdan keyingi kabi, moliyaviy tiyilishdan keyin ham qoqilish mumkin. Cheklovlar ko‘pincha chegaradan chiqish bilan yakunlanadi — hissiyotlarga berilib, shu paytgacha tejagan pulingizni bo‘lar-bo‘lmasga ishlatib yuborishingiz mumkin. 

Buning oldini olish uchun, chellenj oxirida oldindan kichik mukofot o‘ylab qo‘yganingiz yaxshi: masalan, qahvaxonaga boring, foydali mayda-chuyda xarid qiling yoki shunchaki do‘stlaringiz bilan kechki ovqat uyushtiring. Bu cheklov hissini yo‘qotadi va sizni moliyaviy yo‘ldan adashtirmaydi. 

Ba’zida xarid faqat foyda keltiradi 

AVO platinum bilan pulni 45 kun ichida foizsiz qaytarishingiz mumkin 

Bepul ochish 

«Pul ishlatmaslik» — tanlov emas, haqiqatga aylanganida 

Bunday chellenjda qatnashish imkoniyati hammada ham yo‘qligiga e’tibor berish kerak. Oylikdan oylikkacha yashaydiganlar uchun qahva yoki yangi futbolkadan voz kechish — o‘yin emas, balki majburiyat. Bunday holatlarda TikTok’dagi chiroyli videolarni ko‘rish hatto yoqimsiz tuyg‘ularni uyg‘otib, blogerlarning hayoti kundalik turmushimizdan juda uzoqdek tuyulishi mumkin. 

Chellenjni o‘zimizga qanday moslashtirishimiz mumkin 

«No-spend»ni qat’iy taqiq sifatida qabul qilish shart emas. Uni o‘zingizga moslashtirish ma’qulroq. Masalan, faqat kiyim-kechak xarid qilishdan yoki ko‘ngilochar tadbirlardan voz kechib, do‘stlar bilan uchrashish kabi kichik xursandchiliklarni qoldirish mumkin. Haftada bir kunni «xarajatsiz kun» deb e’lon qilish ham foydali odatlarni shakllantirishga yordam beradi. 

Eng muhimi — muvozanatni toping: achinmaydigan narsalarda tejab, chinakam quvonch keltiradigan narsalarga sarflang. Chunki moliyaviy salomatlik —  faqat pul yig‘ish haqida emas, balki uni o‘z maqsadlari va qadriyatlariga muvofiq oqilona sarflash qobiliyati ham. 

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

💸 Pul📖 Ta'lim
05.09.2025
4 daqiqa
Samandar Dadamirzayev
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 20/11/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 05.12

    Oziq-ovqatga qanday kamroq sarflash mumkin: shaxsiy tajribam

    Dilnoza Uralova

  • Bosh sahifa • 03.12

    Oltin va qimmatbaho toshli bezaklar: dunyodagi 5 ta eng qimmat archa

    Islam Osmanovich Roziev

  • Bosh sahifa • 01.12

    Arzon Yangi yil sayohatlari bo‘yicha qo‘llanma: qayerda yashash, nimada yurish va nima yeyish mumkin

    Yuna Korostelyova

  • Yangiliklar • 27.11

    AVO bank Boshqaruv raisi o‘z faoliyatini yakunlab, yangi professional bosqichga o'tmoqda 

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 25.11

    Korporatsiyalar yangi yil kayfiyatingizdan qanday pul ishlashadi

    Rustam Mansurov

  • Bosh sahifa • 23.11

    Skamerlar internetda bolalar va o‘smirlarni qanday aldashadi

    Nasiba Kamilova


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

51