• AVO

  • AVO gap

  • Nominal ish haqi

Nominal ish haqi

Hayotda ish haqi oshishi haqida tez-tez eshitib turamiz. Lekin shunga qaramay, hayot yengillashmaydi. Odatda odamlar faqat nominal ish haqiga qarashadi. Bu mehnat shartnomangizda ko‘rsatilgan yoki bank hisobingizga tushadigan pul. Raqam katta bo‘lishi mumkin, lekin yashashingizga yetadimi-yo‘qmi aniq emas. Daromadlaringizni to‘g‘ri baholash uchun nominal ish haqi nima ekani va uning real hayotdagi o‘rnini tushunish muhim.

Nominal ish haqi nimani bildiradi?

Nominal ish haqi — bu xodim soliqlar va ushlanmalardan keyin qo‘liga oladigan pul miqdori. U so‘m yoki boshqa valyutada ko‘rsatiladi. Bunda tovar va xizmatlar narxi oshayotgani inobatga olinmaydi. Oddiy qilib aytganda, bu ishga kirganingizda sizga va’da qilishgan summa, masalan 5 mln, 7 mln va hokazo.

Nominal ish haqi mehnat haqini pul shaklida ko‘rsatadi, lekin u siz bu pulga qancha tovar va xizmatlarni sotib olishingiz mumkinligini aks ettirmaydi. Bu ko‘rsatkich ish beruvchilar va statistika uchun qulay. Undan kompaniyalar, sohalar yoki hududlar bo‘yicha ish haqi darajasini solishtirishda foydalanishadi. Lekin oddiy inson uchun faqat summa emas, uning real hayotda qanday ishlashi muhimroq.

Nominal ish haqi real ish haqidan nimasi bilan farq qiladi?

Nominal va real ish haqi o‘rtasidagi farq — narxlarning hisobga olinishi yoki olinmasligida. Nominal ish haqi — shunchaki raqam. Real ish haqi esa shu pulga hozirgi narxlar sharoitida qancha tovar yoki xizmat sotib olishingiz mumkinligini ko‘rsatadi.

Misol uchun, bir yil oldin siz 6 mln so‘m olgan bo‘lsangiz, shakar narxi 50 ming so‘m edi, qo‘lingizdagi pulga 120 kg shakar olishingiz mumkin edi. Hozir nominal ish haqingiz 6,6 mln so‘m, ya’ni 10% ga oshgan. Lekin shakar narxi 60 ming so‘m bo‘lgani uchun endi 110 kg sotib olasiz. Raqamlarga qarasak, ish haqi oshgan. Lekin real imkoniyatlaringiz kamaygan. Shuning uchun nominal ish haqining o‘sishi har doim ham turmush darajasining yaxshilanganini anglatmaydi.

Nominal ish haqi darajasi nimaga bog‘liq?

Nominal ish haqi darajasi mehnat bozoriga bog‘liq. Malakali mutaxassislar kam bo‘lsa, ular uchun ko‘proq maosh taklif qilishadi. Soha ham muhim — IT, moliya yoki eksport bilan bog‘liq yo‘nalishlarda nominal ish haqi yuqoriroq bo‘ladi. 

Malaka va tajriba ham muhim. Bilim, tajriba va natijalar qancha yuqori bo‘lsa, ish haqi ham shuncha katta bo‘ladi. Ish joyi ham katta rol o‘ynaydi. Yirik shaharlarda kichik shaharlarga qaraganda ko‘proq pul to‘lashadi. 

Davlat ham minimal ish haqi orqali ta’sir qiladi. U rasmiy ish haqining eng past darajasini belgilaydi. Ish beruvchi bu summadan kam to‘lay olmaydi. Lekin nominal ish haqi oshgan bo‘lsa ham, agar narxlar undan tezroq o‘ssa, real daromad kamayib ketadi. Shuning uchun odamlar shunchaki shartnomadagi summaga emas, balki bozordagi narxlarga ham qarashadi.

Nominal ish haqining o‘sishini qanday tushunish kerak?

Ish beruvchi ish haqini oshirgani haqidagi xabar yoqimli eshitiladi. Lekin bu sizning byudjetingiz uchun nimani anglatishini tushunish muhim.
Nominal ish haqi necha foizga oshgani va shu vaqt ichida narxlar qanchaga o‘sganini solishtiring.

Agar ish haqi 8% ga, narxlar esa 12% ga oshgan bo‘lsa — kambag‘allashdingiz. Nominal ish haqi o‘sdi-yu, real ish haqingiz kamayadi. Shuning uchun faqat bankdagi summaga qarab baho bermaslik kerak. Uni do‘kondagi cheklar, kommunal to‘lovlar va transport xarajatlari bilan taqqoslash foydali. Turmush darajangiz yaxshilagani yoki yo‘qligini shu tarzda bilishingiz mumkin.

Raqam ortidagi haqiqiy qiymatni ko‘rish nega muhim?

Nominal ish haqi — qulay ko‘rsatkich. U sizga turli ish beruvchilar taklifini solishtirish va rasmiy daromadingizni tushunishga yordam beradi. Lekin bu raqam sizning yashash standartingizni to‘liq ko‘rsatmaydi.

Hozirda narxlar oylikka qaraganda tezroq o‘syapti. Shuning uchun, ish joyini tanlashda, ko‘chish yoki kasb o‘zgartirish haqida qaror qabul qilishda pulingizga nimalar sotib olishingiz mumkinligini bilib oling. 

Nominal va real ish haqi o‘rtasidagi farqni tushunish orqali byudjetingizni rejalashtirishingiz, ish joyini tanlashingiz va hayotni real baholashingiz mumkin. Faqat chiroyli summaga aldanmang. O‘zingizga oddiy savol bering: shu pulga turmush darajam yaxshilandimi yoki yomonlashdi?

AVO ilovasini yuklab oling

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda

Yuklab olish
Odamlar uchun
18.11.2025
4 daqiqa
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 20/11/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 05.12

    Oziq-ovqatga qanday kamroq sarflash mumkin: shaxsiy tajribam

    Dilnoza Uralova

  • Bosh sahifa • 03.12

    Oltin va qimmatbaho toshli bezaklar: dunyodagi 5 ta eng qimmat archa

    Islam Osmanovich Roziev

  • Bosh sahifa • 01.12

    Arzon Yangi yil sayohatlari bo‘yicha qo‘llanma: qayerda yashash, nimada yurish va nima yeyish mumkin

    Yuna Korostelyova

  • Yangiliklar • 27.11

    AVO bank Boshqaruv raisi o‘z faoliyatini yakunlab, yangi professional bosqichga o'tmoqda 

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 25.11

    Korporatsiyalar yangi yil kayfiyatingizdan qanday pul ishlashadi

    Rustam Mansurov

  • Bosh sahifa • 23.11

    Skamerlar internetda bolalar va o‘smirlarni qanday aldashadi

    Nasiba Kamilova


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

46