Achchiq va o‘tkir taomlarning chin muxlisi sifatida, men kuzni Osiyoning olovdek «yondiruvchi» mazali taomlar siz tasavvur qila olmayman. Bu ro‘yxatda Toshkentdagi mening sevimli joylarimni bilib olishingiz mumkin. Tilingizni «kuydirib» olmang 🔥
Lanchjou lag‘moni
Shahardagi eng zo‘r nordon-achchiq sho‘rva «Lanchjoucha ugra» restoranida. Taom juda to‘yimli va nordonlik bilan achchiqlikning mukammal uyg‘unligiga ega. Men uni sarsabil salati, qalampirli ugra va dengiz karamidan tayyorlangan salat bilan iste’mol qilishni yaxshi ko‘raman. Restoranda ikki kishilik tushlik 155 000 so‘mga tushdi. Interyer sodda xitoycha uslubda bezatilgan: yorug‘ va shinam muhit, Xitoy manzaralari tasvirlangan rasmlar osilgan, chiroyli oq sopol idishlar va xushmuomala xodimlar.
Muallif: Feride Maxsetova
Muallif: Feride Maxsetova
Ochiq oshxonali zalda o‘z joyingizni egallang va oshpazlarning taomdan san’at asarlarini yaratishini kuzating. Interyerni — 8/10 ga, taomlarni esa — 10/10 ga baholadim. Bu restoranni Xitoy muhitiga singib ketish imkoniyati uchun juda yaxshi ko‘raman. Yana bir quvonarli narsa, ovqatlar tez, 15–20 daqiqa ichida keltiriladi.
@china_xibei
Nukus ko ‘chasi, 83-A
Bamboo Noodle House lag‘monxonasi

Muallif: Feride Maxsetova
Bu yerda men dimlangan mol go‘shtli va nordon karamli mol go‘shtli ugrani buyurtma qildim. Birinchisi — to‘yimli an’anaviy go‘sht ta’miga ega taom, ikkinchisining ta’mi esa nordonroq. Achchiqroq bo‘lishi uchun Xunan uslubidagi tovuq oshqozonini ham buyurtma qildim. Hisob ikki kishi uchun 153 000 so‘m bo‘ldi. Bamboo Noodle House — shinam va yoqimli bezatilgan restoran bo‘lib, sharq va g‘arb an’analarini uyg‘unlashtirgan interyerga ega. Restoranning uslubi kishini hayajonga soladi va tinchlantiradi. Shuningdek, ochiq havoda dam olishni xush ko‘radiganlar uchun yozgi terrasa ham mavjud. Xitoy an’analariga ko‘ra, bu yerda taomlar katta porsiyalarda tortiladi, bu esa restoran muhiti bilan birgalikda ovqatlanish zavqini ikki baravar oshiradi. Oshxona — 7/10, interyer — 10/10, alohida g‘amxo‘r xodimlarga e’tibor qaratish lozim 🔥
@lanzhoucafeuzb
Fargona yo‘li, 222/4
WOK

Muallif: Feride Maxsetova
Wok — mening sevimli lag‘monxonam! Oshxona Toshkent bo‘ylab 10 dan ortiq shoxobchaga ega, shuningdek, Samarqand va Andijon shaharlarida ham filiallari bor. Mening nazarimda, bu Sharqiy Osiyo muhitiga singib ketishni istaganlar uchun ajoyib joy. Taomlar mazali, porsiyalari katta. Buyurtmalar juda ko‘p, ayniqsa kechgi paytlarda, shuning uchun ba’zan buyurtmalar biroz kechikishi mumkin. Bu yerning afzalligi shundaki, rasmiy telegram-bot orqali yetkazib berish yoki o‘zingiz olib ketishga buyurtma berishingiz ham mumkin. Men bu yerga opam bilan tez-tez ovqatlanishga kelaman. Mening shaxsiy tavsiyam — albatta, birinchi navbatda chili qaylali tovuqli ramyon: qarsildoq sabzavotlar va yumshoq tovuq go‘shtini buyurtma qiling. Agar siz xuddi koreys seriallaridagidek achchiq tovuq go‘shtini tatib ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, u holda sizga maksimal darajada achchiq, nozik tovuq soni bo‘laklari bilan tayyorlangan spaysi chiken yoqishi mumkin. Porsiya hajmini tanlash mumkin — spaysi chikenning 300 grammlik porsiyasi 41 000 so‘m turadi. Ikki kishiga 162 000 so‘m to‘ladik. Interyer dizaynini — 7/10 ga, taomlarni esa — 10/10 ga baholayman.
@wok_uzb
Muqimiy ko‘chasi, 142/2-uy
Yaponamama

Muallif: Feride Maxsetova
Toshkentdagi ko‘plab restoranlar menyusida yapon taomlari mavjud. Ammo Yaponiya muhitiga ega bo‘lgan «Yaponamama» restoraniga borish, albatta, yanada yoqimliroq. Shahardagi har bir filialning o‘ziga xos jihati va noodatiy interyeri bor. Men tashrif buyurgan filial och kulrang rangda bezatilgan va rasmlar, yelpig‘ichlar kabi elementlar bilan to‘ldirilgan. Ayniqsa, minimalistik uslubdagi estetik idish-tovoqlar menga juda yoqadi. Men o‘zim eng sevgan Tom Yam taomini buyurtma qildim — u o‘zining to‘yimliligi va o‘tkir ta’mi bilan menga yoqadi. Do‘stim esa dengiz mahsulotlari solingan udonni tanladi. Ikkala taom ham biz kutgandan ham mazaliroq ekan! Ikki kishilik kechki ovqat uchun taxminan 138 000 so‘m to‘ladik — bunday lazzat uchun ideal narx. To‘lov vaqtida biz AVO platinum kredit kartasidan foydalandik va 10% miqdorida yoqimli chegirmaga ega bo‘ldik.
@yaponamama.uz
Jangoh turar joy massivi, 34

Mazali lahzalar uchun AVO to'lov stikeri bilan to'lov qiling
Qulaylikdan bugunoq bahramand bo'ling
The Mart
Agar g‘ayrioddiy bir narsani yegingiz kelsa, men sizga The Mart’ga kirib o‘tishingizni maslahat beraman. Bu shunday joyki, u yerda nafaqat xorij mahsulotlarini xarid qilishingiz, balki o‘zingiz ramyon tayyorlashingiz ham mumkin. Do‘stim bilan har birimiz 23 ming so‘mlik Buldag ramyonidan oldik. Bu men uchun eng sevimli va achchiq ramyondir. Natijada, ikki kishilik kechki ovqatimiz 46 ming so‘mga tushdi, bu yana 1-2 ta gazaklarni qo‘shib hisoblaganimizda. Menga bu do‘konchaning ichki ko‘rinishi shunisi bilan yoqadiki, bu yerda ramyon yeb, kola ichib o‘tirganimda, o‘zimni koreys seriallarining bosh qahramonidek his qilaman.

Muallif: Feride Maxsetova
Vitrinadan odamlarga qarab o‘tirsam, yilning qaysi fasli bo‘lishidan qat’i nazar, ichimni quvonch va xotirjamlik hissi qamrab oladi. Cho‘ntagingiz qappayib turmagan vaqtlarda ham kelib, ramyon damlab, do‘konchada yolg‘iz yoki do‘stlar davrasida o‘tirishingiz mumkin.
@themart.uz
Buyuk Ipak yo‘li massivi, 24
*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.
*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.