• AVO

  • AVO gap

  • Kommunal to‘lovlar, internet, bog‘cha: AVO'da qaysi to‘lovlarni qilish qulay 

Kommunal to‘lovlar, internet, bog‘cha: AVO'da qaysi to‘lovlarni qilish qulay 

Bu voqeani menga dadamning do‘sti, qo‘shnimiz Murod aka aytib berdi. U 51 yoshda, uyimiz yonidagi sexda usta bo‘lib ishlaydi. U texnologiyaga qarshi emas-u, lekin: «Men eski maktab odamiman. Kvitansiya, kassa, muhrlar bilangina ko‘nglim xotirjam bo‘ladi,» — deydi. 

Xullas, yaqinda uyiga qaytsa, uy issiq, havo yo‘q ekan. Sevimli ventilyatori ishlamayotgandi. Chiroq o‘chgan ekan. Borib, tekshirib ko‘rsa, to‘lov qilishni unutibdi. Kvitansiyani uyda topolmabdi, ishxonada ish ko‘p bo‘lgani uchun kassaga ham yetib borolmabdi. Oddiy, lekin yoqimsiz holat: yoz, chiroq yo‘q, kommunal xizmatlar kassasida esa navbat odatdagidek uzun. 

Shunda uning jiyani telefoniga AVO ilovasini o‘rnatib, AVO platinum virtual kredit kartasini bepul ochib berdi. Qo‘shnimning aytishicha, hamma narsa juda oson va tez bo‘ldi: 

Ilovani ochdim. «To‘lovlar — Elektr energiyasi» bo‘limini topdim. Hisob raqamini kiritib, to‘ladim. Lekin eng qizig‘i, kartamda pul bo‘lmasa ham to‘lov o‘tib ketdi. Keyin jiyanim pul limit hisobidan to‘langanini aytdi. 1 haftadan keyin oylik olganimda, ishlatgan pulimni qaytardim. Ortiqcha pul to‘lamadim.

Shundan keyin u to‘liq AVO’ga o‘tdi. Endi chiroq, suv, jarimalar, hatto buvisining uy telefonigacha —hammasini o‘sha yerdan to‘layapti. Undan nima ko‘proq hayratga solganini so‘raganimda, shunday javob berdi: 

Menga, bir umr navbatda turgan, hamma narsani kassa orqali to‘lagan va qog‘oz kvitansiyalarni yig‘ib yurgan katta yoshli erkakka — bu haqiqatan ham qulay bo‘ldi. Yana, bu qarz emas, balki o‘zimning kelajakdagi pulim bo‘lgani uchun kredit kartasidan uyalmasdan foydalanish mumkinligi yoqib tushdi. Asosiysi, o‘z vaqtida qaytarsam, u pul kerak vaqtda qo‘llab yuborar ekan.

Bu voqeadan keyin AVO’dan qanday foydalanayotganimga e’tibor berdim. Va batafsil tahlil qilishga qaror qildim: ilovada nimalarni to‘lash mumkin, buni qanday qilish kerak va umuman nima uchun kredit limiti olish kerak. Sizga yoki ota-onangizga asqotadi deb, siz bilan ham bo‘lishmoqchiman. 

Kommunal to‘lovlar   

Chiroq, gaz, suv, issiqlik energiyasi, axlat chiqarish — bularning barchasini AVO’da onlayn tarzda tez to‘lash mumkin: shunchaki hisob raqamini kiritasiz, tizim darrov qancha to‘lash kerakligini ko‘rsatadi. To‘lov 1 daqiqadan kam vaqt oladi va kvitansiya avtomatik tarzda saqlanadi. 

Qulay tomoni shundaki, agar har doim bir xil to‘lov qilsangiz, ularni saqlab qo‘yishingiz mumkin. Shunda keyingi safar to‘lov qilganingizda hech narsani qayta kiritishingizga hojat qolmaydi — summani kiritib, to‘lovni tasdiqlasangiz bo‘ldi. 

Bu, ayniqsa, qishda, gaz yoki issiqlik energiyasi uzilishi shunchaki «noqulaylik» emas, balki haqiqatan ham jiddiy muammo bo‘lganida darrov seziladi. AVO bilan idoralarga yugurish, sovuqda terminal qidirish yoki to‘lovni ertaga qoldirishning hojati yo‘q. Hatto tungi soat 3 da ham to‘lab ham muammoni hal qilasiz. 

Uzilishlarsiz internet va aloqa  

AVO bilan istagan mobil aloqa operatorlari, internet provayderlari va hatto uy telefoniga ham to‘lov qilish mumkin. Siz ham menga ham o‘xshab, boshqalar uchun ham to‘lov qilsangiz, bu juda qulay. Masalan, ota-onangizning dala hovlisidagi internetiga, buvingizning uy telefoniga, ukangizning hisobiga to‘lov qilish mumkin. 

Raqamni kiritasiz, ilova o‘zi operatorni aniqlab, barcha ma’lumotlarni avtomatik ravishda to‘ldiradi. Xato qilish ehtimoli juda kam. Hamma narsa bir zumda bajariladi. 

AVO orqali kerakli xizmatlarga to‘lov qilishni katta yoshdagi odamlarga ham o‘rgatish mumkin. Eng muhimi, ularni firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga ogohlantirish kerak. 

Kassaga navbatda turish yo‘q endi

Uydan chiqmasdan 24/7 onlayn to‘lov qiling 

Karta ochish  

O‘qish, kontrakt va bolalar bog‘chasi 

Talaba yoki ota-onamisiz? Unda to‘lov vaqti kelganida oylik tugab qolishi siz uchun yangilik emasdir? AVO’da kontrakt yoki bog‘cha to‘lovini kredit limitidan to‘lashingiz, keyin esa oylik tushgach, shunchaki summani qaytarishingiz mumkin. 

Bunday imkoniyat to‘lovni kechiktirib bo‘lmaydigan vaziyatlarda juda qo‘l keladi. Hech kim oliy o‘quv yurtida muammolarga duch kelishni, to‘lovlarni kechiktirishni yoki «sizni bugun guruhga kiritishmaydi» degan gaplarni eshitishni xohlamaydi.  

Davlat bojlari va jarimalar  

YHXdan jarima keldimi? ID-karta uchun to‘lov qilish, my.gov.uz orqali ariza topshirish yoki farzandingizni ro‘yxatdan o‘tkazish kerakmi? Bularning barchasini AVO orqali to‘lashingiz mumkin. 

Shunchaki STIR yoki bildirishnoma raqamini kiriting — ilova kerakli xizmatni topib, summani ko‘rsatadi — to‘lov qilsangiz bas. PDF fayllar, nusxa ko‘chirish va banklarga borishning hojati yo‘q. Hamma narsa rasmiy, chek va tasdiq bilan bajariladi. 

Yana xayriya 

Shaxsan menga AVO’da ishonchli xayriya jamg‘armalariga xayr-ehson qilish imkoniyati borligi yoqib tushdi. Rekvizitlarni qidirishga, xato qilishdan xavotirlanishga yoki STIR qayerdaligini so‘rashga hojat yo‘q. Hammasi rasmiy, oson va bir tugmani bosish orqali amalga oshadi. 

Endi eng asosiysi: kredit limiti  

Ha, AVO’da 100 mln so‘mgacha limitli kredit kartasini ochish mumkin. Bunda «kredit» so‘zidan qo‘rqmang. Bu boshqacha ishlaydi. 

Kartangizda pul qolmaganda, zudlik bilan to‘lov qilish uchun shunchaki limitdan foydalanasiz. Kommunal to‘lovlar, o‘qish, internet, hatto jarimalar uchun ham to‘lov qilishingiz mumkin. Keyin esa bu summani 45 kungacha bo‘lgan imtiyozli muddat ichida qaytarasiz va hech qanday foiz to‘lamaysiz. 

Bu «qarz» emas. Bu — smartfoningizda joylashgan moliyaviy zaxira. 

Men uchun AVO — xotirjamlik belgisi  

Ertaga kutilmagan hisob kelsa, vahimaga tushib, pul qidirib yoki maosh kutib o‘tirmasligimni aniq bilaman. Mikroqarz olishga ham yugurmayman. Shunchaki AVO’da to‘lovni ochib, limit hisobidan to‘lashim bilan masala hal bo‘ladi. 

Eng yaxshisi shuki, u yosh-u qari, texnologiyalardan foydalanishni biladigan va bir necha yil oldin hamma narsani kassada to‘laydigan insonlar uchun birdek mos keladi. AVO odamlarni «zamonaviy» va «qoloq»larga ajratmaydi. U shunchaki ishlaydi. Va haqiqatan ham zarur paytda qo‘llab yuboradi.  

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

AVO gid
17.07.2025
10 daqiqa
Izzat Akromxo'jayev
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

49