Biz xaridlarni naqd pul, karta yoki turli QR-kodlar va o‘tkazmalar orqali to‘lashga o‘rganib qolganmiz. Yaqinda kontaktsiz kartalardan foydalana boshlagan edik, endi esa AVO'da yanada qulayroq usul — to‘lov stikerlari paydo bo‘ldi.
Bu o‘zi nima?
Aslida, AVO to‘lov stikeri — bu kichik masofalarga raqamli signal uzatadigan miniatyura karta bo‘lib, u orqali tovarlar uchun to‘lovni oson va tez amalga oshirish yoki naqd pul yechib olish mumkin (albatta, agar bankomat kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlasa). Ko‘rinishidan u kichik, biroz qabariq yopishqoq bo‘lib, uni istalgan narsaga yopishtirish mumkin.

U yordamida kontaktsiz terminal mavjud bo‘lgan barcha joylarda: do‘konlarda, savdo markazlarida, kassalarda xaridlar yoki xizmatlar uchun to‘lov qilish mumkin. Stikerni terminalga tegizing va muvaffaqiyatli to‘lov ovozini eshitguncha bir necha soniya kutish kifoya.
Oddiy kartadan farqli o‘laroq, to‘lov stikerida egasining ismi, karta raqami yoki xavfsizlik kodi yo‘q — chipdan terminalga uzatiladigan har qanday ma’lumot bir martalik hisoblanadi. Shuning uchun stiker orqali to‘lash to‘g‘ridan-to‘g‘ri karta bilan to‘lashdan ham xavfsizroq.
Agar stiker yo‘qolsa yoki o‘g‘irlansa, uni AVO ilovasida bloklash mumkin.

Stikerdan qanday foydalanish mumkin?
Uni doimo qo‘lingizda bo‘ladigan har qanday narsaga yopishtirish mumkin: bu kalit, smartfon yoki boshqa narsa bo‘lishi mumkin. Biroq, bunda ma’lum qoidalarga rioya qilish muhim.
Masalan, agar siz stikerni smartfonga o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, uni qurilmangizning pastki qismiga, zaryadlash portining tepasiga joylashtirgan ma’qul — qurilmangizga o‘rnatilgan boshqa sensorlar va NFC dan uzoqroqda bo‘ladi.
Agar telefoningizni g‘ilofda olib yurishga odatlangan bo‘lsangiz, stikerni g‘ilofga yopishtirish mumkin: shunda u osonroq va tezroq o‘qiladi.

Ikkita stikerni bitta buyumga yopishtirish tavsiya etilmaydi: ular bir-biriga xalaqit bera boshlaydi va har safar bitta stiker bilan to‘lov qilmoqchi bo‘lganingizda, pul boshqasidan yechilishi mumkin.

Bitta tegish bilan to'lov qiling
AVO platinum stikerlarini oling va vaqtingizni tejang
AVO to‘lov stikerini qayerdan olish mumkin?
Avvalo, AVO ilovasini yuklab olish kerak — buni AppStore yoki Google Play orqali amalga oshirish mumkin. Keyin ilovada ro‘yxatdan o‘tish jarayonini bajarish lozim: bu bizga siz uchun bank hisobi va virtual karta ochish imkonini beradi, keyinchalik unga to‘lov stikeri ulanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun JSHSHIR, pasport yoki ID-kartangiz kerak bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tishingiz bilanoq sizga AVO platinum virtual kartasi taqdim etiladi. Shundan so‘ng ilovaning «Mahsulotlar» bo‘limiga, keyin «Hisoblar» bo‘limiga o‘tib, u yerdan «To‘lov stikerini buyurtma qilish» tanlovini belgilashingiz kerak.

Stikerning narxi 79 000 so‘m — to‘lovni bevosita AVO virtual kartangizdan yoki ilovaga ulangan boshqa istalgan kartadan amalga oshirishingiz mumkin. To'lovni amalga oshirgandan so'ng, siz shunchaki kelishingiz va stikeringizni olishingiz kerak: hozircha buni faqat Toshkentda, Integro savdo markazida va Samarqand darvoza savdo markazida amalga oshirish mumkin
O‘sha manzilda bizning kartomatimizni topasiz: AVO ilovasi orqali ekrandagi QR-kodni skanerlab, kutilgan stikeringizni oling.
Endi stikerni faollashtirish qoldi: orqa tomonidagi QR-kodni skanerlang va PIN-kodingizni o‘rnating. Tamom! Himoya qatlamini olib tashlang, stikerni o‘zingizga qulay joyga yopishtiring va xaridlaringizni yanada oson va qulayroq to‘lang.
*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.