• AVO

  • AVO gap

  • To‘lov stikeri: u qanday ishlaydi va uni qayerga yopishtirish kerak

To‘lov stikeri: u qanday ishlaydi va uni qayerga yopishtirish kerak

Hammamiz bunday holatga tushganmiz: do‘konda navbatda turibsiz, kassir sabrsizlik bilan qarab turibdi, siz esa kartani sumkadan izlab topolmayapsiz. Yoki undan ham yomoni — hamyoningizni uyda unutib qoldirganingizni anglab yetdingiz. Bunday vaziyatlarga tushmaslik uchun to‘lov stikeri qulay yechim bo‘lishi mumkin. Bu — oddiy bank kartasi kabi ishlaydigan ixcham chipli stiker bo‘lib, uni terminalga yaqinlashtirish kifoya — to‘lov bir soniyada amalga oshadi. Tez, qulay va ortiqcha xarajatlarsiz. 

Stiker ishonchli himoyalangan bo‘lib, uni istalgan joyda olib yurish mumkin. Asosiy savol undan foydalanishni maksimal darajada qulay qilish uchun uni qayerga yopishtirish kerak?

To‘lov stikerini qayerga yopishtirish kerak?

Eng ommabop usul — smartfonning orqa qismiga yopishtirish. Telefon doimo yonimizda bo‘ladi, uni uyda unutib qoldirish ehtimoli kam va kerak bo‘lganda uzoq qidirmaymiz. Ammo agar sizda iPhone bo‘lsa, NFC moduli qurilmaning yuqori qismida joylashganini hisobga olish kerak, shuning uchun stikerni pastki qismga yopishtirish tavsiya etiladi.

Agar telefonga yopishtirishni xohlamasangiz, boshqa qulay joylarni ham ko‘rib chiqishingiz mumkin. Masalan, kalitlar osiladigan brelok — axir kalitlar ham doim yonimizda bo‘ladi. Yana bir qulay usul — stikerni soat yoki fitnes-bilaguzukning orqa tomoniga yopishtirish. Bu holda terminalga shunchaki qo‘lingizni yaqinlashtirish kifoya — va to‘lov yo‘qolib qolmaydi.

Ba’zi foydalanuvchilar stikerni sumkaga yopishtirishni afzal ko‘rishadi. Lekin sumkani tez-tez almashtiradiganlar uchun bunday usul unchalik qulay bo‘lmaydi – kerakli stikerni boshqa sumkada unutib qoldirish ehtimoli katta. Undan ko'ra hamyoningizga yopishtirishingiz maqulroq — albatta, agar u har doim yoningizda bo‘lsa. 

Muhimi, stikerni silliq, toza yuzaga yopishtirish lozim, shunda u mahkam turadi va tushib ketmaydi.

To‘lov stikerini qanday ochish va ishlatish mumkin?

To‘lov stikerini ishlatish juda oson. Uni sotib olgach, bank ilovasi orqali faollashtirish kerak. Masalan, agar siz AVO platinum stikerini ishlatmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi amallarni bajaring:

  1. AVO ilovasini oching
  2. Ro‘yxatdan o‘ting
  3. To‘lov stikerini buyurtma qiling va 79 000 so‘m to‘lang. 
  4. Uni kartomatdan olib, ilova orqali faollashtiring. 
  5. Endi terminalga yaqinlashtirib, bir zumda to‘lovni amalga oshirish mumkin.

Kartani qidirmang — bir tegish bilan to‘lang

AVO platinum to‘lov stikeri bilan xaridlaringizni bir zumda amalga oshiring

Kartani olish

Xulosa

To‘lov stikeri — bu hayotni ancha osonlashtiradigan zamonaviy va qulay to‘lov vositasidir. Agar kartani izlashdan charchagan bo‘lsangiz yoki telefoningiz ayni paytda quvvatsiz qolishidan xavotir olsangiz, AVO platinum stikeri siz uchun mukammal yechim bo‘lishi mumkin. Uni tez faollashtirish mumkin, u barcha mashhur kontaktsiz to‘lov tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi va hattoki bir nechta kartani bog‘lash imkonini beradi.

*Ushbu maqola faqat umumiy tushuncha va ma’lumot uchun. Material yuridik maslahat hisoblanmaydi: matn malakali yurist tomonidan tayyorlanmagan, unda soddalashtirishlar, noaniqliklar yoki eskirgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Qaror qabul qilishda yoki qanday yo‘l tutishni tanlashda faqat ushbu materialga tayanmang. Professional huquqiy yordam kerak bo‘lsa, malakali mutaxassislarga murojaat qilganingiz ma’qul.

Odamlar uchun
28.03.2025
1 daqiqa
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 14/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.