• AVO

  • AVO gap

  • Ogoh bo‘ling: firibgarlarni aniqlash usullari

Ogoh bo‘ling: firibgarlarni aniqlash usullari

Ular o‘zlarini bank, yetkazib berish xizmati, uchinchi podyezddagi qo‘shnilar va hatto... sizday ko‘rsatishadi. Ularning maqsadi login, parol, bank kartalari va insonlarga bo‘lgan ishonchni yulib olishdir. Bu ishni ular mohirlik bilan amalga oshiradilar — soxta xabarnomalar, yolg‘on chegirmalar va «‎hisobingiz o‘chirildi» kabi vahimali xabarlar orqali.

Firibgarlar qayta-qayta ishlatadigаn sakkizta fishing usulini to‘pladik. Keling, ularning va fishing hiylalaridan qanday qutilish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

Telegram akkauntingizni o‘chirish bilan tahdid qilishmoqda

Ssenariy shunday: go‘yoki sizga Telegram qo‘llab-quvvatlash xizmatidan xabar keladi — unda akkauntingiz hoziroq o‘chirib tashlanishi aytiladi. Tahdid jiddiy, vaqt esa oz. «‎O‘chirishni bekor qilish»  uchun darhol havola orqali o‘tib, shaxsingizni tasdiqlashingiz kerak emish.

Ular nimaga umid qilishadi: siz qo‘rqib ketasiz va yozishmalaringizni, memlaringizni hamda boshqa hech qayerda topib bo‘lmaydigan o‘sha mashhur mushuk gifini yo‘qotishni istamaysiz.

Qanday aniqlash mumkin: Telegram hech qachon o‘zi yozmaydi. Durov yangi fotosessiya uchun yangi obraz yaratish bilan shunchalik bandki, bunday mayda-chuydalarga e’tibor berishga vaqti yo‘q. Akkauntni o‘chirish faqat sizning xohishingiz bilan yoki uzoq vaqt foydalanilmaganligi sababli amalga oshiriladi, spam havolasi orqali emas.

Tug‘ilgan kun munosabati bilan katta chegirmalar taklif etishmoqda

Firibgarlar eng zo‘r usulni qo‘llashadi: tug‘ilgan kuningizda (yoki bir hafta oldin) sizga yirik do‘kon nomidan yoqimli xabar yuborishadi. Masalan: "Siz uchun maxsus chegirma — 50%! Faqat bugun va faqat havola orqali."

Ularning maqsadi: do‘konning tanish nomini ko‘rib, xursand bo‘lishingiz va havolaning soxtaligini payqamay qolishingizdir.

Qanday aniqlash mumkin: haqiqiy brendlar shoshilinch vaqt chegarasi qo‘yilgan promokodlarni yubormaydi. Va "faollashtirish" uchun karta ma’lumotlarini kiritishni sira talab qilishmaydi.

Soxta kvitansiyalar yuborishyapti

Firibgarlar kommunal xizmatlar nomidan pdf-fayl shaklida kvitansiya yuborishadi. Hamma narsa o‘z joyida: rekvizitlar, logotip, summa. Faqat suv va elektr uchun allaqachon to‘lov qilgansiz — lekin buni kim eslay oladi?

Ularning maqsadi: siz mehribonligingiz va issiq suvsiz qolish qo‘rquvidan, bularning barchasini vahima ichida to‘lashingizga umid qilishadi.

Qanday aniqlash mumkin: kvitansiyani bank yoki kommunal xizmatlarning rasmiy ilovasidagi ma’lumotlar bilan taqqoslang. Hech qachon xatlardagi havolalar orqali to‘lov qilmang.

Skuter va samokatlarga soxta QR-kodlar yopishtirishmoqda

Firibgarlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri samokatlarga soxta QR-kodlarni chop etib yopishtirmoqda. Siz kodni skanerlab, to‘lov qilasiz-u, joyingizda qotib qolasiz. Samokat qimirlamaydi. Sahifa "qayta urinish"ni taklif qiladi. Siz yana urinasiz.

Ular nimaga umid qilishyapti: siz vaziyatni tushunib yetmaysiz deb o‘ylashadi. Shuning uchun yana to‘laysiz. Va yana. Samokat hamon qimirlamaydi, pullaringiz esa soxta yorliqni yopishtirganlar cho‘ntagiga borib tushadi.

Buni qanday aniqlash mumkin: kodni faqat rasmiy ilova orqali skanerlang, telefon kamerasi orqali emas. Bundan tashqari, sayt manzilini tekshiring — agar haddan tashqari uzun va g‘alati bo‘lsa, u yerdan tezroq ketishga harakat qiling (yoki piyoda yurib keting).

Soliqni hisobdan chiqarishni bekor qilishni ham taklif etishmoqda

"Soliq idorasi"dan xabar: go‘yoki to‘lov hisoblandi, ammo uni bekor qilish mumkin emish — shunchaki havola orqali o‘tib, "arizani imzolash" kifoya ekan.

Ularning maqsadi: siz "soliq", "har oylik" va "ertaga yechib olinadi" so‘zlaridan qo‘rqib ketishingizga umid qilishmoqda. Havola orqali o‘tib, bank orqali tizimga kirishingizni kutishmoqda.

Qanday aniqlash mumkin: haqiqiy soliqlar havola orqali bekor qilinmaydi. Buni Soliq ilovasi yoki my.gov sayti orqali tekshirib ko‘ring. 

Yo‘qolgan smartfon topilgani haqida xabar berishmoqda

"Biz sizning smartfoningizni topdik. Joylashuvni ko‘rish uchun havolaga o‘ting" degan xabar keladi. Faqat tizimga kirishingiz kerak va darhol xarita ochiladi.

Ular nimaga umid qilishadi: siz vahimaga tushib, o‘ylamasdan Apple ID yoki Google hisobingizning login va parolini kiritasiz. Shundan so‘ng barcha ma’lumotlaringiz bilan "xayrlashasiz".

Qanday aniqlash mumkin: qurilmani topishning rasmiy xizmatlari faqat Find My va Google Find hisoblanadi. Qolgan barcha narsalar esa firibgarlarning sahnalashtirilgan tomoshasidir.

Tanlovda ovoz berishingiz so‘ralmoqda

"Tanishingiz" yozibdi: jiyanimning rasmlar tanlovida ovoz berish uchun shoshilinch yordam kerak ekan. Go‘yo final bosqichi, ozgina qolibdi. Sizga havola berishadi, siz o‘tib, tizimga kirasiz va shaxsiy ma’lumotlaringizni yo‘qotasiz.

Ularning umidi: siz o‘zingizni doimo ishonsa bo‘ladigan "onangizning dugonasining o‘g‘li" kabi his qilishni xohlaysiz deb o‘ylashadi.

Qanday aniqlash mumkin: bu odam sizga ilgari yozgan-yozmaganini tekshiring. Va umuman, bunday tanlov mavjudligini ko‘ring. Ko‘pincha u ham, jiyani singari, shunchaki to‘qima bo‘ladi.

Soxta tizim xabarlarini yuborishmoqda

Oyna paydo bo‘ladi: "Sessiyangiz tugadi. Iltimos, qaytadan tizimga kiring." Siz login va parolni kiritasiz-u, ma’lumotlaringizni yo‘qotasiz.

Ularning maqsadi: siz tanish interfeysni ko‘rib, ishonib qolishingiz. Ayniqsa, bu "o‘z" bankingiz yoki savdo maydonchangiz bo‘lsa.

Buni qanday aniqlash mumkin: barcha oynalarni yoping, saytga qo‘lda kiring va hamma narsa joyida ekanligini tekshiring. Hatto "haqiqiy" ko‘rinsa ham, paydo bo‘luvchi oynalarga bosmang.

🛡 Xuddi seyfdek ishonchli

Pulingizni AVO bank'da saqlang— 24/7 maksimal nazorat

Kartani olish

Xulosa

Hozirgi kunda fishing faqatgina "Nigeriya shahzodasining xati" emas. Bu dizaynerlar, kopirayterlar va o‘ta shafqatsiz konversiyaga ega butun bir sanoatdir. Biroq bizda ham o‘z jamoamiz bor: sog‘lom fikr, tanqidiy tafakkur va ushbu qo‘llanma.

Shuning uchun havola ustiga bosishdan oldin, bu kimga foyda keltirishini o‘ylab ko‘ring. Agar javob "sizga" bo‘lmasa, ehtimol bu tuzoqdir.

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

Ta'lim
11.05.2025
10 daqiqa
Bekzod Salimov
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

385