• AVO

  • AVO gap

  • O‘zbekistonda JSHSHIR: u nima va nima uchun kerak

O‘zbekistonda JSHSHIR: u nima va nima uchun kerak

JSHSHIR — bu jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami. U O‘zbekiston fuqarolariga tug‘ilgan paytida beriladi va umr bo‘yi o‘zgarmay qoladi.

Qisqartmaning o‘zi «Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami» deb nomlanib, 14 ta raqamdan iborat. Bu raqamni pasportdan topish mumkin. Shuningdek, u davlat ma’lumotlar bazalarida saqlanadi va shaxsning barcha rasmiy hujjatlariga avtomatik ravishda biriktiriladi.

Bu raqamda tasodifiy sonlar emas, balki tug‘ilgan sana, jins va shaxsni boshqalardan ajratib turadigan individual raqam mavjud. Hatto 1 kunda tug‘ilgan va ismingiz bir xil bo‘lgan odam bilan ham JSHSHIRingiz farqli bo‘ladi.

JSHSHIR qayerda ishlatiladi?

Qisqacha aytganda — deyarli hamma joyda. U orqali tizim kimligingizni tushunadi va elektron xizmatlarda sizni «tanib oladi».

Masalan, shifokorga yozilmoqchi, bankda hisob ochmoqchi yoki my.gov.uz portalidan ma’lumotnoma olmoqchi bo‘lsangiz, tizim shaxsiy raqamingizni so‘raydi. U ma’lumotlarni tekshirib, sizni aniqlaydi va siz haqingizda manzilingiz, tibbiy kartangiz, soliq tarixingiz, mulkingiz kabi barcha ma’lumotlarni chiqarib beradi.

Aytaylik, bankdan kredit olyapsiz. Xodim JSHSHIRingizni kiritishi bilan ortiqcha qog‘ozbozliksiz barcha kerakli ma’lumotlarni bir zumda oladi.
JSHSHIR — davlat xizmatlari va hujjatlari bilan bog‘liq barcha eshiklarni ochadigan universal raqamli kalit, desa ham bo‘ladi.

Nima uchun shaxsiy JSHSHIRni bilish muhim?

2025-yilda JSHSHIRsiz raqamli davrga kira olmaysiz. Hozirda ko‘p ishlar onlayn hal bo‘lyapti va bu raqam sizning hamma narsa uchun shaxsiy kalitingizga aylanadi.
Agar ishga kirsangiz, nafaqa olsangiz yoki ma’lumotnoma rasmiylashtirsangiz — JSHSHIR birinchi navbatda kerak bo‘ladi. U xuddi siz ekanligingizni tasdiqlovchi loginga o‘xshaydi.

🚀 Deyarli tayyor

Biznes, hordiq, ta'mirlov — istagan xarajatingizga 100 mln so‘mgacha beramiz

Kartani olish

Bundan tashqari, u xatoliklardan qochishga yordam beradi. Agar ismingiz noyob bo‘lsa — yaxshi. Lekin ismingiz, aytaylik, Azizbek Ahmedov bo‘lsa-yu, mamlakatda yana 100 nafar shunday ismli odam bo‘lsa-chi? Aynan shunday holatda JSHSHIR yordamga keladi: u kimligingizni aniq ko‘rsatib beradi va sizni hech kim adashtirib yubormaydi.

Xulosa

Hozirda O‘zbekiston katta qadamlar bilan raqamli davlatga aylanib boryapti. Bu o‘zgarish hamma sohada xalqqa porasiz, ortiqcha qog‘ozbozliksiz, asabiyliklarsiz, insof bilan xizmat qilishiga olib keladi. JSHSHIR esa aynan shu yo‘nalishdagi eng muhim qadamlardan biridir. U hayotni osonlashtiradi, tizimni esa adolatliroq va shaffofroq qiladi.

Shuning uchun, agar hali o‘z JSHSHIRingizni bilmasangiz — uni pasportingizdan topish yoki portal orqali bilib olishning ayni vaqti. Bu siz o‘ylaganingizdan ham ko‘proq kerak bo‘ladigan narsa.

Odamlar uchun
12.06.2025
4 daqiqa
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 20/11/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 05.12

    Oziq-ovqatga qanday kamroq sarflash mumkin: shaxsiy tajribam

    Dilnoza Uralova

  • Bosh sahifa • 03.12

    Oltin va qimmatbaho toshli bezaklar: dunyodagi 5 ta eng qimmat archa

    Islam Osmanovich Roziev

  • Bosh sahifa • 01.12

    Arzon Yangi yil sayohatlari bo‘yicha qo‘llanma: qayerda yashash, nimada yurish va nima yeyish mumkin

    Yuna Korostelyova

  • Yangiliklar • 27.11

    AVO bank Boshqaruv raisi o‘z faoliyatini yakunlab, yangi professional bosqichga o'tmoqda 

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 25.11

    Korporatsiyalar yangi yil kayfiyatingizdan qanday pul ishlashadi

    Rustam Mansurov

  • Bosh sahifa • 23.11

    Skamerlar internetda bolalar va o‘smirlarni qanday aldashadi

    Nasiba Kamilova


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

2 202