Hozirda bank kartalari deyarli har doim yonimizda — xaridlar, safarlar va boshqa barcha to’lovlar uchun kartadan foydalanamiz. Ammo ba’zida plastik karta ochish uzoq va charchoqli jarayonga aylanadi: oldin ariza topshirish kerak, keyin kartani chiqarish uchun to’lov qilish, undan so’ng bankka borish… Biz AVO’da hammasini oson va yengilroq qilishga qaror qildik.
Endi siz AVO platinum virtual kartangiz hisobini to’g’ridan-to’g’ri AVO bankomatida to’ldirishingiz, plastik karta ochish uchun shu ondayoq to’lov qilishingiz va bankomat yonidagi kartomatdan tayyor kartani olib ketishingiz mumkin. Bunga bir necha daqiqa vaqt ketadi, xolos.
Bu foydalanuvchilarimizga qanday yordam beradi?
Asosiy g’oya — kartani olish vaqtini qisqartirish. Oldin ikkita unchalik qulay bo’lmagan uslubdan birini tanlashga to’g’ri kelardi:
Qanday qilib virtual karta hisobini tezda to’ldirish va plastik ochish uchun to’lov qilish mumkin?
- AVO ilovasida karta chiqarish uchun ariza yuboring;
- Ilovadagi xaritada o’zingizga yaqin AVO bankomatini toping;
- Virtual karta hisobini bankomat orqali — telefon yoki hisob raqamingiz yordamida to’ldiring;
- Plastik karta chiqarish uchun ilovada to’lov qiling va yoningizdagi kartomatdan olib keting.
Endi siz AVO platinum plastik kartasini bir necha daqiqa ichida olishingiz va shopping, sayohat va ko’nglingiz istagan barcha narsalar uchun foydalanishingiz mumkin! Yoqimli xaridlar tilaymiz 🤗

