• AVO

  • AVO gap

  • AVO PLUS Forum Digital Uzbekistan 2025’da ishtirok etdi

AVO PLUS Forum Digital Uzbekistan 2025’da ishtirok etdi

28–29-may kunlari Toshkentda 30 ta mamlakatdan 2 000 dan ortiq ishtirokchini to‘plagan Digital Uzbekistan 2025 xalqaro PLUS forumi bo‘lib o‘tdi. Forum moliya va davlat sektorlari uchun fintex, raqamli iqtisodiyot va innovatsion yechimlar kelajagini muhokama qilishga bag‘ishlangan mintaqadagi eng yirik maydon bo‘ldi.  

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va boshqa idoralar ko‘magida tashkil etildi. 2 kunlik dastur doirasida 70 dan ortiq ma’ruzachi, shu jumladan, bank rahbarlari, fintex startaplari, nazorat organlari vakillari, xalqaro maslahatchilar va IT-kompaniyalar vakillari so‘zga chiqdilar. 

Nimalar muhokama qilindi: forumning asosiy mavzulari  

Ishtirokchilar raqamli transformatsiyaning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar:  

Forum shunchaki ma’ruzalar turkumi emas, balki har bir kishi savol berishi va muloqotga kirishishi mumkin bo‘lgan tajriba almashish, real misollar hamda ochiq muhokamalar uchun jonli maydonga aylandi.  

AVO bank: raqamli bank ichkarisidan qarash  

Forumning e’tiborga sazovor ma’ruzachilaridan biri AVO bank Boshqaruv raisi Artyom Popov bo‘ldi. U o‘z nutqida raqamli asrda mijozlar xatti-harakatining o‘zgarishi va AVO foydalanuvchilarning yangi odatlariga qanday moslashayotgani haqida gapirdi:  

Raqamli bank — shunchaki qulay interfeys emas. U qulaylik, qo‘llab-quvvatlash va mijozni o‘qitish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi. Biz nafaqat mahsulotlarni sotamiz, balki ulardan xavfsiz foydalanishni o‘rgatib, munosabat o‘rnatamiz

Artyom PopovAVO bank Boshqaruv raisi

Nimaga forum bizning mintaqa uchun muhim 

Digital Uzbekistan 2025 O‘zbekiston va Markaziy Osiyo raqamli ekotizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. U bozorning ochiq munozaralar, hamkorlikning yangi shakllari va shunchaki muvaffaqiyatli loyiha emas, balki foydalanuvchi uchun haqiqiy foyda keltiradigan texnologiyalarni yaratishga tayyorligini ko‘rsatdi.  

Forum yakunida ishtirokchilar tashkilotchilikning yuqori darajasi, mavzularning dolzarbligi hamda nazorat organlari va hamkorlar bilan ochiq muloqot qilish imkoniyatini yuqori baholadilar.  
AVO bank tashkilotchilarga taklif va ilhomlantiruvchi tadbir uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Biz mintaqaning raqamli kelajagini shakllantiruvchi harakatning bir qismi bo‘lishdan mamnunmiz.  

AVO yangiliklarini kuzatib boring — oldinda sizni yanada ko‘proq innovatsiya, hamkorlik va texnologik yechimlar kutmoqda. 

30.05.2025
AVO bank press-markazi
Yangililklar muharriri
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 14/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.