• AVO

  • AVO gap

  • O'zbekistonda aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri o'tkaziladi

O'zbekistonda aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri o'tkaziladi

O'zbekistonda 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri o'tkaziladi. Uning natijalari iqtisodiy va ijtimoiy sohalar, viloyatlar rivojlanishi, ta'lim va sog'liqni saqlash sohalarini rejalashtirishga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladi. Ushbu ma’lumotlar asosida hukumat qaysi hududlarda maktab va shifoxonalar qurish, infratuzilmani qanday rivojlantirish, tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.

Ro'yxatga olish jarayonida aholining yoshi, oilaviy holati, ta'lim darajasi, ish bilan bandligi, daromad manbalari va migratsiya jarayonlari haqida yagona ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi. Shu bilan birga qishloq xo'jaligi, jumladan yerdan foydalanish, chorvachilik va parrandachilik ko'rsatkichlari yangilanadi. Ushbu ma'lumotlar mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi va oziq-ovqat xavfsizligini aniqlashga xizmat qiladi.

Mazkur tadbirda 2026-yilning 15-yanvaridan 31-yanvarigacha census.stat.uz sayti orqali onlayn yoki 4-fevraldan 28-fevralgacha uyma-uy ro'yxatga olish ishlari amalga oshirilish vaqtida ishtirok etish mumkin.

AVO bank O'zbekiston aholisini ushbu tadbirdan chetda qolmaslikka va ro'yxatga olish jarayonida faol ishtirok etishga chorlaydi: mamlakatimiz kelajagi shu kabi muhim qadamlar orqali barpo etiladi.

Diqqatli bo'ling! Ro'yxatga olish uchun kelgan xodim jarayon boshlanishidan avval o'zini tanishtirishi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko'rsatishi va so'rov jarayoni qancha vaqt davom etishini aytib o'tishi shart.

24.12.2025
1 daqiqa
AVO bank press-markazi
Yangililklar muharriri
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 07/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.