AVO bank Telegram Premium uchun ajoyib aksiya boshladi. Obunani rasmiylashtirib, to‘lovni AVO platinum kartasi bilan amalga oshirsangiz, to‘lagan summaning barchasi yoki bir qismi bonus sifatida AVO bank ilovasidagi bonus hisobingizga qaytadi. Bonuslar to‘lov vositasi emas, lekin ularni bemalol pulga almashtirish mumkin: 1 bonus = 1 so‘m 💸
Eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar
- Bu qanday aksiya?
Bu AVO bank mijozlari uchun o‘tkazilayotgan maxsus aksiya. AVO platinum kredit kartasi bilan Telegram Premium sotib olasiz, biz esa tarifga qarab summaning hammasini yoki bir qismini bonus sifatida qaytaramiz. - Aksiya qachon boshlanadi va qachongacha davom etadi?
Aksiya 9-fevraldan boshlanadi va muddati cheklanmagan. - Kimlar qatnasha oladi?
Avval Telegram’da hech qanday to‘lov qilmagan va hozir Telegram Premium’ni Android telefon orqali AVO platinum kartasi bilan sotib olayotgan AVO bank mijozlari. - Aksiyada qaysi qurilmalar orqali ishtirok etsa bo‘ladi?
Faqat Android operatsion tizimidagi smartfonlar orqali. - Qancha bonus olish mumkin?
Yillik obuna uchun — 17%, oylik obuna uchun — 100% bonus qaytaramiz. - Qaysi biri foydaliroq?
Yillik obuna olsangiz, oylik obunaga qaraganda ko‘proq bonus qaytadi. - Bonuslar qayerga tushadi va qanday ishlatiladi?
Bonuslar bonus hisobingizga tushadi. 1 bonus = 1 so‘m. Bonuslarni pulga almashtirish uchun kamida 150 000 bonus yig‘ishingiz kerak. - Har bir Telegram Premium to‘lovi uchun bonus beriladimi?
Yo‘q. Bonus faqat bir marta — aksiya shartlariga muvofiq birinchi to‘lov uchun beriladi. - Oldin Telegram’da to‘lov qilgan bo‘lsam, qatnasha olamanmi?
Yo‘q. Agar avval Telegram Premium, yulduzlar yoki boshqa pullik xizmatlar uchun to‘lov qilgan bo‘lsangiz, bonus berilmaydi. - Qaysi to‘lov aksiya shartlariga mos keladi?
Telegram’da AVO platinum kartasi bilan amalga oshirilgan birinchi to‘lov, operatsiya tavsifida «Telegram» yozuvi bo‘lishi va to‘lov summasi 34 000–53 000 so‘m yoki 269 000–400 000 so‘m oralig‘ida bo‘lishi kerak. - Bonuslar qachon tushadi?
To‘lov muvaffaqiyatli o‘tishi bilan. - To‘lov bekor qilinsa yoki pul qaytarilsa nima bo‘ladi?
Agar to‘lov bekor qilinsa yoki qaytarilsa, berilgan bonuslar bonus hisobidan yechib olinadi.

