• AVO

  • AVO gap

  • RUN, AVO, RUN: O‘zbekistonda yugurishga bo‘lgan ishtiyoq

RUN, AVO, RUN: O‘zbekistonda yugurishga bo‘lgan ishtiyoq

Yugurish men uchun shunchaki salomatlikni saqlash vositasi emas, balki fikrlarni yangilash, endorfin va ozgina adrenalin olish usuli hamdir. Har bir yugurish — bu, men uchun kichik sinov. U menga erkinlik tuyg‘usini va ulkan quvvat oqimini baxsh etadi

O‘zbekistondagi yuguruvchilar hamjamiyati

Atrofga nazar tashlasangiz, O‘zbekistonda yugurish harakati tobora rivojlanayotganini ko‘rish mumkin. Endi bu faqatgina ilgari hayajon bilan tilga olingan Samarqand marafoni emas, balki har bir shaharda o‘tkaziladigan o‘nlab oylik yugurish musobaqalari, mavzuli chellenjlar va mahalliy tadbirlardir. Bularning barchasi yugurish hamjamiyatining faol o‘sishi tufayli amalga oshmoqda.

Birgalikdagi mashg‘ulotlar va musobaqalarda ishtirok etish nafaqat kayfiyatni ko‘taradi, balki hamyugurishchilar bilan munosabatlarni ham mustahkamlaydi. Ko‘pincha, bu hamyugurishchilar sizning hamkasblaringiz bo‘lib chiqadi.  

Samarqand marafonidagi ishtirokimdan taassurotlar

Noyabr, beqaror ob-havo, shamollash mavsumi. Marafondan ikki kun oldin kuchli virusni yuqtirib oldim. Lekin uzoq kutilgan bunday musobaqadan qanday voz kechaman? Ustiga-ustak, yuzdan ortiq kishilik katta jamoamiz bilan ishtirok etayotgan bo‘lsak.

Tomoq qip-qizil, ovoz yo‘qolgan, imo-ishoralar va telefonda tez yozilgan xabarlar orqali tushuntiryapman. Ruhimni va bor kuchimni yig‘ib, o‘zim bilan yigirmatacha tomoq dorisi, oltita isitma tushiradigan dori-darmon, yaxshi kayfiyat va marafonda zo‘r natija ko‘rsatish ishtiyoqini oldim.

Erta tongda katta jamoamiz bilan «Afrosiyob» poyezdiga o‘tirdik. Hamkasblarim bittama-bitta ahvolimni so‘rab, musobaqadan qaytarishga urinishdi, dam olishni yoki shunchaki qo‘llab-quvvatlash guruhi bo‘lib qolishni taklif qilishdi. Lekin qanday qilib ortga chekinishim mumkin? O‘ylagan, hatto ba’zida aqlga sig‘maydigan g‘oyalardan voz kechish mening tabiatimga xos emas.

Shunday qilib, Samarqandga yetib keldik. Kunduzi turli xil ekskursiyalarga chiqib, diqqatga sazovor joylarni tomosha qildik. Kechqurun esa tajribali yuguruvchilarning hikoyalari va maslahatlari bilan jamoaviy kechki ovqat bo‘ldi. Odatdagidek, kechki ovqatdan so‘ng hamma qizg‘in raqsga tushdi, men esa haroratim ko‘tarilayotganini sezdim. Yegan-ichganlarimdan emas, isitmam ko‘tarila boshlagani hisobiga yuz berdi. Mehmonxonaga qaytib, har xil vitaminlar va isitmani tushiradigan dorilardan ichdim.

Ertasiga ham ovozim chiqmadi, lekin haroratim me’yoriga tushdi. Musobaqada muvaffaqiyatga erishishga ishonch bilan, butun irodamni jamlagan holda, rag‘batlantiruvchi so‘zlar bilan o‘zimni ruhlantirdim:

Imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q, harakat qilyapsamni — demak tiriksan.
Yugurish krossovkalarimni kiyib, raqamimni taqib, Samarqand marafonini zabt etishga yo‘l oldim. 

Barcha azob-uqubatlarim shu maqsad uchun ekan

Startda bizni butun do‘stona qo‘llab-quvvatlash guruhimiz katta qo‘l bayroqlari, karnaylar, shovqinli asboblar, mashq qilingan qichqiriqlar bilan kutib oldi. Hamkasblaringiz-hamyuguruvchilaringiz bergan quvvat va his-tuyg‘ular, ularning dalda so‘zlari va sizning muvaffaqiyatingizga bo‘lgan ishonchi — bu so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydigan g‘aroyib narsa. O‘sha lahzada menga kasallik shunchaki chekinib qolgandek tuyuldi, betoblik bu jo‘shqin quvvatga bardosh bera olmadi va uyga qaytguncha yashirinib qoldi (bunisi umuman boshqa hikoya).

Yugurish a’lo darajada o‘tdi! Marraga yaqinlashganimda qo‘llab-quvvatlash guruhimiz quvonchli hayqiriqlar bilan turar va oxirigacha dalda berardi. Marraga yetib, orzu qilingan medalni qo‘lga kiritgach, nihoyat chuqur nafas olib, betobligim va sog‘lom fikrimga qaramay, o‘zimni yengib, erishgan g‘alabamning shirin lazzatidan bahramand bo‘ldim, geshtaltimni yopdim. Bu shunchaki ajoyib tajriba bo‘ldi, ahil va do‘stona jamoasiz esa buning iloji yo‘q edi. Tan olish kerak, bunday hamjamiyatda ishtirok etish va uning bir qismi bo‘lishga intilish juda ilhomlantiradi.  

AVO pulse: hayot maromida yasha 

AVO jamoasi allaqachon yugurish tadbirlarida eng yorqin, ahil va ko‘p sonli ishtirokchilardan biri sifatida o‘zini namoyon etgan. Endi esa biz shunchaki ishtirokchi emas, balki o‘zimizning noyob tadbirimiz — bu yilning 10-may kuni Xivada o‘tkaziladigan yugurish musobaqasining bosh hamkorimiz.

2 500 yildan ziyod tarixga ega bo‘lgan bu shahar hamon Buyuk Ipak yo‘li ruhini saqlab qolgan. Tasavvur qiling: siz ulug‘vor minoralar, moviy gumbazlar va qadimiy darvozalar yonidan yugurib o‘tib, YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Ichan qal’aning barcha devorlarini aylanasiz. Bularning barchasi bahorning oltin quyoshi ostida, musiqa va muxlislarning quvonchli hayqiriqlari sadolari ostida kechadi.  

O‘zim bilan qancha pul olaman? 

Xivaga chipta va tadbirda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish badali kompaniya tomonidan to‘liq qoplandi. Shu orqali kompaniya o‘z xodimlarini yugurish musobaqasida ishtirok etishga va yugurish jamoasini yanada rivojlantirishga rag‘batlantiradi. Men shahar markazida, nonushta kiritilgan va Ichan-qal’aga ajoyib manzarasi bor mehmonxonani tanladim — u menga bir kecha uchun 560 000 so‘mga tushadi.

Yodgorliklarni ziyorat qilish, tushlik, yengil ovqat va mahalliy suvenirlarni xarid qilish uchun jami 1 mln so‘mgacha sarflashni o‘yladim. Bularning barchasini AVO platinum kredit kartasi bilan to‘lab, har bir xaridimdan 1% keshbek olaman. Keyin esa barcha bonuslarni 1 ga 1 nisbatda real pulga almashtiraman.  

Har bir kilometr — g‘alaba. Har bir xarid — AVO platinum bilan

Kartani rasmiylashtiring va 45 kungacha foizsiz 50 mln so‘mgacha limit bilan yengil harakatlaning

Kartani olish

Doim birga bo‘lish zo‘r 

Xivaga boradigan yo‘l ham o‘ziga xos bir sarguzasht. Poyezddagi 14 soat quvnoq suhbatlar, stol o‘yinlari, yengil tamaddilar va bitmas-tuganmas hazillar marafoniga aylanadi. Yoningda do‘stga aylangan hamkasblar bo‘lsa, uzoq yo‘l ham maroqli bo‘ladi. Bunday sayohatlar jamoaviy ruhni sinovdan o‘tkazibgina qolmay, uni yanada mustahkamlaydi. Bu yerda g‘oyalar tug‘iladi, rejalar tuziladi, orzular paydo bo‘ladi. Keyinchalik esa bular loyihalarda, ishda va yangi boshlangan tashabbuslarda o‘z aksini topadi.

Yugurish faqatgina tezlik va bosib o‘tilgan masofadan iborat emas. U jamoa haqida, birgalikda bosib o‘tilgan yo‘l haqida, umrbod esda qoladigan lahzalar haqida.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

Layfstayl
03.05.2025
4 daqiqa
Barno Israilova
Maqola muharriri
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

67