• AVO

  • AVO gap

  • AVO platinum bilan restoran, gul va mehmonxonalarda qanday pul tejash mumkin?

AVO platinum bilan restoran, gul va mehmonxonalarda qanday pul tejash mumkin?

Ba’zida ideal munosabatlar birinchi taassurotdan emas, balki birinchi chekdan boshlanadi. E’tiborli va g‘amxo‘r juftni faqat filmlarda uchratish mumkin deb o‘ylaysizmi? Aslida esa u hamyoningizda jimgina sizni kutib yotibdi. U sizni lazzatli kechki ovqat bilan siylab, qomatingizga faqat maqtovlar aytadi, guldastalar bilan xursand qiladi, hattoki chet elga sayohatga ham olib boradi.

Gap AVO platinum haqida — u barcha orzularingizni biladi va ularni ro‘yobga chiqarishga doim tayyor. Biz esa shu karta bilan kelsangiz, sizga chegirma beruvchi joylar ro‘yxatini tayyorladik.

🏨 Booking.com’da mehmonxonalar uchun 4% gacha chegirma

Zo‘r hordiq chiqarishga tayyorgarlikni chamadon olishdan emas, to‘g‘ri karta tanlashdan boshlang. AVO platinum yordamida siz Booking.com’da nafaqat mehmonxona bron qilasiz, balki pulingizni ham tejaysiz.

Chegirma olish uchun:
  1. Booking.com’dan istagan mehmonxonangizni tanlang;
  2. To‘lov vaqtida «hozir to‘lash» yoki «keyin to‘lash»ni tanlang;
  3. 4% gacha chegirma oling.

Bron qilish uchun maxsus havoladan foydalaning.

💐 Toshkent Gullari’da gullarga –10% chegirma

Ba’zida kimnidir xursand qilishni xohlaysiz, hisobingiz esa: «Balki tabriknoma yuborib qo‘yaqolarmiz» deya qulog‘ingizga pichirlaydi go‘yo. Tavakkal qilmang! AVO platinum bilan Toshkent Gullari’da ham chiroyli guldasta olishingiz, ham pulingizni tejab qolishingiz mumkin — kassaning o‘zida -10%.

Chegirma olish uchun:
  1. Toshkent Gullari do‘koniga kiring;
  2. Yaqinlaringiz uchun guldasta tanlang;
  3. AVO platinum kartasi bilan to‘lang;
  4. Kassada –10% chegirmaga ega bo‘ling.

🍕 Dodo Pizzada –15% chegirma

Pitsada eng muhim — bu, hamma narsaning kerakli tomonga cho‘zilishi. Kayfiyat — yuqoriga, pishloq — siz tomonga, chek esa — pastga. Shunchaki ofitsiantga to‘rtta muhim so‘zlarni ayting: «AVO platinum bilan to‘layman» va 15% chegirma sizniki.

Chegirma olish uchun:
  1. Sevimli taomlaringizni buyurtma qiling;
  2. Ofitsiantga AVO platinum (Mastercard) bilan to‘lashingizni ayting;
  3. 15% chegirma oling va pitsadagi erigan pishloq qalbingizni isitishini his qiling.

🍕 Roni Pizza Napoletana pitseriya tarmog‘ida –15% chegirma

Avvaliga yomon kayfiyatda kelsangiz ham, bu joydan doim to‘q qorin, va muhabbatga to‘la ko‘zlar bilan chiqib ketasiz. Roni Pizza’da sevimli pitsangiz uchun AVO platinum kartasi bilan to‘lang va ob-havo yoki kayfiyatingiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar, «faqat uchta pitsa xarid qilsangiz» kabi shartlarsiz — 15% chegirmaga ega bo‘ling.

Chegirma olish uchun:
  1. Sevimli taomlaringizni buyurtma qiling;
  2. Ofitsiantga Mastercard kartasi bilan to‘lashingizni ayting;
  3. 15% chegirma oling.

Chegirma quyidagi pitseriyalarda amal qiladi:
  • Roni Pizza — Gross Plaza
  • Roni Pizza — Bahor
  • Roni Pizza — Boulevard
  • Roni Pizza — Samarkand

🍝 Giotto restoranida barcha taomlarga –10% chegirma

Sizda qandayligini bilmadim-u, lekin menda qornim o‘ta to‘q bo‘lsa, ishda murakkab vazifalarni boshlashim qiyin. Shunchaki kresloga o‘tirib, noutbukni yumshoq yostiqqa almashtirgim va boshimga og‘irlik qilayotgan vazifalardan chalg‘ib, biroz mizg‘ib olgim kelaveradi. Shunday o‘y bilan Giotto’dagi chekingizni yengillashtirishga qaror qildik.

Chegirma olish uchun:

  1. Sevimli taomlaringizni buyurtma qiling;
  2. Ofitsiantga Mastercard kartasi bilan to‘lashingizni ayting;
  3. Barcha taomlarga 10% chegirma oling.
AVO platinum bilan chegirmalar 💛

Karta bilan qancha ko‘p to‘lov qilsangiz, Yangi yilga shuncha ko‘p pul tejaysiz!

Kartani olish

Oxiri, ayniqsa muhim

Hamma aksiyalar 2025-yilning 31-dekabrigacha amal qiladi. Agar Tashkent bo‘ylab gastrotur o‘tkazishni yoki mehmonxonada romantik weekend uyushtirishni hayol qilib, qandaydir belgi kelishini kutayotgan bo‘lsangiz — mana o‘sha belgi. Ustiga-ustak AVO platinum bilan bunday sayohat sizga arzonroqqa tushadi.

Kartangizni oling va olg‘a: bron qiling, to‘lang va tejang

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

Ta'limAVO gid
05.05.2025
7 daqiqa
Marianna
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

55