• AVO

  • AVO gap

  • Firibgarni oddiy suhbatdoshdan ajrata olasizmi?  

Firibgarni oddiy suhbatdoshdan ajrata olasizmi?  

Firibgarlar endi firibgarlarga o‘xshamay qolishgan. Ular juda xushmuomala, profillarida plyajdan rasm qo‘yishadi va «Assalomu alaykum, aka, iltimos, 1 daqiqa vaqtingizni ayamang» deb yozishadi. Biz siz uchun 8 ta vaziyatdan iborat murakkab test tayyorladik — bular haqiqiy odamlar boshidan o‘tgan holatlar. Raqamli dunyoda o‘zingizni qanday tutishingiz va sergakligingizni tekshirib ko‘ring. 

Har bir javobga:  
а) — 1 ball 
b) — 2 ball 
d) — 3 ball  

1-holat  

Uy raqamidan qo‘ng‘iroq qilishyapti: «Assalomu alaykum, bankingizning texnik yordam xizmatidan qo‘ng‘iroq qilyapmiz. Ilovamizni yangilayapmiz — eski versiyasi endi ishlamaydi. Sizga yangi versiyaning havolasi yuboriladi, uni shunchaki telefoningizga o‘rnatishingiz kerak. Bu bankning rasmiy talabi. Hammasi butunlay bepul va xavfsiz.» 

Nima qilasiz?  

a) Tizimda qanaqadir yangilanish bo‘lgan deb o‘ylab, ilovani yuklayman — xuddi tizim yangilanishiga o‘xshab ko‘rinyapti 
b) «Call-markazga qaytib qo‘ng‘iroq qilaman» deb aytaman va rasmiy saytdan tekshirib ko‘raman 
d) Telefon orqali hech narsa yuklab olmasligimni aytib, go‘shakni qo‘yaman 

2-holat 

Yaqin do‘stingiz Telegram’da quyidagicha xabar yozdi: «Og‘ayni, uzr kech bo‘lganda yozyapman. Zudlik bilan 300 ming kerak. Telefonim o‘chib qoldi, shuning uchun boshqa raqamdan yozyapman. Ertalab qaytaraman, erkakcha gap» 

Nima qilasiz?  

а) Tashlayman — aniq do‘stim yozyapti  
b) Eski raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tekshiraman  
d) «Qayerdasan? Nima bo‘ldi? Mashinaning raqami qanaqa?» deb aniqlashtiraman  

3-holat 

Yirik bir kompaniyada bir necha bosqichli suhbatdan o‘tdingiz. Kadrlar bo‘limi xodimi quyidagicha xabar yozdi: «Bizga juda ham yoqdingiz! Oxirgi qadam — fon tekshiruvidan o‘tish qoldi. Hamkorimiz sizga shakl jo‘natadi, unga pasportingiz nusxasini yuklashingiz va tizimda ro‘yxatdan o‘tish uchun 20 000 so‘m to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Chek ilova qilingan, to‘langan summa birinchi maoshingizdan qaytariladi.» 

Nima qilasiz?  

а) To‘layman — chek yuborishadi-yu, rasmiy narsa shekilli  
b) Kadrlar bo‘limiga yozib, hamkorlar raqamini so‘rayman  
d) To‘lov ma’lumotlari va ish o‘rniga bildirilgan fikrlarni o‘rganib, bu fikrlar haqida ma’lumot izlayman  

200 mln gacha himoya kafolatlanadi 

Omonatni 1 daqiqada onlayn oching — yiliga 25% gacha daromad oling 

Omonat ochish 

4-holat  

Bir kishi qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini yetkazib beruvchi xodim sifatida tanishtiradi: «Chet eldan jo‘natma buyurtma qilganmidingiz? U hozir bojxonada turibdi. Ushlanib qolmasligi uchun 74 000 so‘m QQS to‘lashingiz kerak. Hozir to‘lov ma’lumotlarini yuboraman. Busiz jo‘natmani yetkazib bera olmaymiz.» 

Nima qilasiz?  

а) O‘tkazaman — haqiqatan ham buyurtmam bor edi  
b) Rasmiy hujjat, yuk xati raqami va kuryer xizmati nomini talab qilaman  
d) Jo‘natma holatini veb-sayt orqali o‘zim tekshiraman 

5-holat 

Go‘shakni ko‘targaningizda, narigi tarafdan o‘g‘lingizning titroq ovozi eshitiladi: «Oyi... yo‘l-transport hodisasiga uchradim, gapira olmayman. Hozir advokat tushuntirib beradi...» 
Keyin: «Assalomu alaykum, o‘g‘lingizga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, 3,5 mln miqdorda yetkazilgan zararni qoplash kerak. O‘g‘lingizni qo‘yib yuborishlarini istasangiz, hoziroq to‘lov qiling.» 

Nima qilasiz?  

а) To‘lov qilaman — o‘g‘limni qutqarishim kerak  
b) Advokatdan pasport ma’lumotlarini va o‘g‘lim qayerdaligini so‘rayman  
d) Telefonni o‘chirib, o‘g‘limga qo‘ng‘iroq qilaman  

6-holat  

Noutbuk sotyapsiz. Xaridor yozadi: «Olishni xohlayman. Hozir pul o‘tkazaman, lekin tasdiqlash kodi kerak bo‘lib qolishi mumkin — bu korporativ to‘lov. Agar SMS kelsa, shunchaki kodni kiritib qo‘ying. Bu xavfli emas, o‘zim ham shunday o‘tkazib turaman.» 

Nima qilasiz?  

а) Kod kiritaman — karta so‘ramayapti-ku  
b) Hisobga pul tushishini kutaman  
d) Yo‘q deb, kod va tasdiqlarsiz pul o‘tkazishini so‘rayman  

7-holat  

Pochtangizga quyidagicha PDF-fayl keldi: «Ma’muriy sudga kelishingiz shart. Batafsil ma’lumotlar quyidagi QR-kodda berilgan. Qaror nusxasi ilovada mavjud. Kelmaslik jarima solinishiga sabab bo‘lishi mumkin.» 

Nima qilasiz?  

а) QR-kodni skanerlayman — gap nimadaligini bilish kerak-ku  
b) Saytni o‘zim tekshirib, kanselyariyaga qo‘ng‘iroq qilaman  
d) Ilovani ochmayman — haqiqatan ham chaqiruvmi, yo‘qmi tekshiraman 

8-holat  

Siz bilan bir-ikki marta onlayn gaplashgan qiz yozyapti: «Qarang, bank ilovam ishlamayapti, tizimga kirolmayapman. Telefon raqamingizni bera olasizmi? Shunchaki kirishni tasdiqlashim kerak. Hisobingizdan hech narsa yechib olinmaydi, faqatgina kodni ko‘rishim kerak, xolos.» 

Nima qilasiz?  

а) Raqamimni beraman — qizni taniyman-ku  
b) Qanaqa kod, nima uchun va qizning o‘zi qayerdaligini so‘rayman  
d) Javob bermasdan, bloklayman — tovlamachiga o‘xshaydi  

Natijalar 

🔴 8–12 ball 

Siz — juda ishonuvchan odamsiz  
Firibgarlar bunday mehribon va ortiqcha savol bermaydigan kishilarni yaxshi ko‘radi. Siz raqamli immunitetingizni zudlik bilan yaxshilashingiz kerak. Ayniqsa, bank xizmatlari, OLX va Telegram’dan faol foydalansangiz, bu nihoyatda muhim. 

🟠 13–18 ball  

Ehtiyotkorlik bor, lekin har doim emas  
Ba’zi vaziyatlarda hiylani sezasiz, ba’zida esa chiroyli afsonaga ishonib qolasiz. Ayniqsa, holat «haqiqiy» va xushmuomala ko‘ringanida, tanqidiy fikrlash qobiliyatingiz yetishmay qoladi. Firibgarlar aynan shu holatdan foydalanadilar. 

🟢 19–24 ball  

Po‘lat sezgi  
Siz aldab bo‘lmaydigan kishilardansiz. Juda silliq eshitiladigan har qanday narsadan shubhalanasiz va hatto eng ishonchli ko‘ringan ma’lumotlarni ham tekshira olasiz. Hushyorligingizni yo‘qotmang — siz nafaqat o‘zingiz aldanmasligingiz, balki boshqalarning ham aldanib qolishining oldini oladigan insonsiz. 

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

O'zingizni sinang
21.07.2025
6 daqiqa
Izzat Akromxo'jayev
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

58