• AVO

  • AVO gap

  • Ogoh bo‘ling: firibgarlarni aniqlash usullari

Ogoh bo‘ling: firibgarlarni aniqlash usullari

Tasavvur qiling: ertalab uyqudan to‘liq uyg‘onmagan holda, odatdagidek telefoningizga qo‘l cho‘zasiz-u, u yerda SMS: «Bank kartangiz bloklangan. Ma’lumotlarni tekshirish va blokirovkani olib tashlash uchun havolani oching». Birinchi navbatda nima qilgan bo‘lardingiz?

Ba’zida uzoq vaqtdan beri ma’lum bo‘lgan hiylalarga ham ilinib qolish mumkin. Internetdagi firibgarlar doimo o‘z usullarini takomillashtirib, yangilarini o‘ylab topishadi va hatto o‘zini juda ehtiyotkor deb hisoblaydigan odamlar ham tobora ko‘proq ularning qurboniga aylanmoqda.

Eng ko‘p uchraydigan hiylalarni ko‘rib chiqamiz va ulardan qanday saqlanish mumkinligini tushuntiramiz.

Ogoh bo‘ling: firibgarlarni aniqlash usullari

Oldindan kichik to‘lov evaziga «yog‘li» takliflar

Dugonam Sarvinozga foydali ish topildi: u yuborilishi kerak bo‘lgan soatlar to‘plamiga himoya plyonkalarini yopishtirish, tasmasini o‘rnatish va qadoqlash kerak edi. Qulay shartlar va uydan ishlash imkoniyati judayam yoqimli va qulay edi! Biroq, ish beruvchi bilan suhbat yakunida ma’lum bo‘ldiki, u PayPal hisobiga «kafolat to‘lovi» ni o‘tkazishi kerak ekan, agar to‘plam yo‘qolsa yoki u uni olmasa. Sarvinoz bu ishda nimadir noto‘g‘ri ekanligini birdan tushundi.

Bunday holatlarda firibgarlarning usullari har qanday qo‘shimcha ish taklifi, kutilmagan meros yoki yutuq, shuningdek, investitsiyalar orqali jamg‘armalaringizni tezda «ko‘paytirish» va’dalarini o‘z ichiga oladi. Ba’zida oldindan to‘lov talab qilinadi, ba’zida esa kelishilgan summadan yuqori bo‘lgan soxta chek bilan to‘lov qilib, farqni qaytarishingizni so‘rashlari mumkin. Firibgarlar juda ishonchli ko‘rinadigan soxta «muvaffaqiyat tarixi» bilan ijtimoiy tarmoqlarni yuritishlari ham mumkin.

💡 Bunday hollarda firibgarlar qurboniga aylanmaslik uchun esda tutingki, oson va tez foyda va’dalari, ayniqsa oldindan to‘lov bilan, sizni avvalo hushyor torttirishi kerak. Pulni qayerga o‘tkazish taklif qilinayotganini tekshiring: internetdan ish beruvchi, kurs sotuvchisi yoki investorning obro‘si haqida ma’lumot izlang.

Pullaringizni ko'rpacha tagida saqlamang

3D SecureCode himoyasiga ega AVO platinum kredit kartasi pullaringiz xavfsizligini ta'minlaydi

Buyurtma qilish

Bank yoki idora xodimidan kelgan qo‘ng‘iroq

O‘ktam qattiq stress holatida bo‘lib, nima qilishni mutlaqo bilmasdi. U menga qo‘ng‘iroq qilib, onasi jamg‘armalarining yarmini yechib, firibgarlarga berib yuborganini aytdi. Faqatgina bank kartasida naqd pul yechish limiti bo‘lgani uchungina hammasini yechib ololmagan ekan. Onasiga «IIB xodimi» qo‘ng‘iroq qilib, uning bank hisobi qurol savdosi bilan bog‘liq firibgarliklarga aloqadorligini va unga jinoyat ishi ochilishi mumkinligini aytibdi. Onasi juda qo‘rqib ketib, firibgarlarning ko‘rsatmalariga amal qilgan va katta miqdordagi pulni yo‘qotgan.

Bu sxemada bank firibgarlarining maqsadi — sizning bank kartangizdan pulni yechib olishdir. Buning uchun ular sizni qo‘rqitishga harakat qilishadi. Odatda, pulni yo‘qotish yoki jinoyat ishi bilan qo‘rqitishadi. Shuningdek, «huquq-tartibot organi xodimi» yaqin kishingiz qamoqqa olingani yoki unga shoshilinch operatsiya kerakligi va buning uchun pul to‘lash zarurligini aytishi mumkin. Ko‘pincha bunday gaplarga keksa odamlar ishonib qolishadi: bu haqda yaqinlaringizga albatta aytib qo‘ying.

💡 Aldanib qolmaslik uchun firibgarlar sizni qo‘rqitmoqchi ekanligiga e’tibor bering va nima uchun bunday qilayotganlarini o‘zingizdan so‘rang. Agar shubhangiz paydo bo‘lsa, bank, tegishli idora yoki qarindoshlaringiz bilan bog‘laning va sizga xabar qilingan muammo haqiqatan ham mavjudligini aniqlang. Bank va idoralar bilan muloqot qilish uchun faqat rasmiy aloqa vositalaridan foydalaning. Esda tutingki, bank kartangizning maxfiy ma’lumotlarini hech kimga aytmang. Har qanday qonuniy pul o‘tkazmalari uchun faqat karta raqamining o‘zi yetarli bo‘ladi.

Ogoh bo‘ling: firibgarlarni aniqlash usullari

Agar siz baribir firibgarlar qo‘liga tushib, pulingizni yo‘qotgan bo‘lsangiz, o‘zingizni yoki yaqinlaringizni ayblamang: biz hammamiz insonmiz va hech kim bunday xatodan himoyalanmagan. Albatta, sodir bo‘lgan hodisa haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va bankingizga xabar bering. O‘zingizni yaxshiroq himoya qilish uchun quyidagi tavsiyalarni inobatga oling:

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

📖 Ta'lim
13.01.2025
5 daqiqa
Marianna
Maqola muharriri

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 07/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.