Yoshim 32 da va umrimda birinchi marta o’z xohishim bilan masofaviy ishga o’tyapman. Ishlashni 18 yoshda boshlaganman, shu yillar davomida atigi 4 marta asosiy ish joyimni almashtirganman. Shunga qaramay, ularning hammasi ijod bilan bog’liq bo’lgan — san’at, jurnalistika va reklama. Har kuni ofisda o’tirishga to’g’ri kelardi, yaxshi tomoni — har oy oylik tushardi. Albatta, frilans yoki ishsiz o’tirgan vaqtlarim ham bo’lgan, lekin bunga doim vaqtinchalik holat sifatida qaraganman.
Nima sababdan aynan hozir barqarorlikni erkinlikka almashtirishga qaror qildim? Doimiy ishim yo’q bo’lsa, nima meni ko’proq vahimaga soladi va zumerlar hamda milleniallar nazariyasiga bu qanchalik to’g’ri keladi? Ushbu maqola-fikrlar to’plami hozir ikki yo’lning orasida turganlar uchun foydali bo’ladi.
Turli avlodlarning ishga bo’lgan munosabati qanday?
Hozir har bir teshikdan eshitilayotgan avlodlar nazariyasi hech qanday ilm-fanga asoslanmaganligini biz yaxshi tushunamiz, lekin unda qandaydir haqiqat borga o’xshaydi. Masalan, zumerlar karyera va oliy ta’limga biz, milleniallardan ko’ra ancha yengil qaraydilar, bumerlar esa aksincha — o’ta jiddiy.
Atrofimdagi 25 yoshga to’lmagan yoshlar ishga bog’lanib qolishmaydi, universitetda o’qishdan ma’ni topishmaydi, pulsiz qolishdan qo’rqishmaydi va bemalol o’z sohalarini o’zgartirib ketaverishadi. Mening bumer-oyim esa har safar ishdan bo’shaganimda vahimaga tushadilar. Oyim ulg’aygan avlodning dunyoqarashiga ko’ra butun umr bitta ish bilan shug’ullanish va karyera zinasidan ko’tarilish normal holat hisoblanadi.

Menimcha, karyeraga bo’lgan munosabat to’g’ridan-to’g’ri qaysi avlod vakili ekanligingizga bog’liq. Biz, millenianlar uchun hatto frilansda ham barqarorlik yaratish muhim. Unga erishish uchun biz o’z ovozimizdan voz kechishga ham tayyormiz. Zumerlar esa aksincha, o’zlarini birinchi o’ringa qo’yadilar, ular kelishuv asosida ishlash va sohani tez-tez o’zgartirishni yaxshi ko’rishadi. Ular shu yo’l bilan o’zliklarini izlashadi. Shunisi ham to’g’ri deb o’ylayman. Ko’pincha biz ularni urushib tursak ham, ushbu avlod uchun xursandman, chunki ular o’zlarining qadrlarini va nimani xohlayotganliklarini bilishadi. Ular bizdan ko’ra ko’proq o’z maqsadlari tomon harakatlanishadi.
28 yoshimda birinchi marta ishdan bo’shaganman. U meni emotsional tomondan pastga tortardi va kun kelib ishimdan ma’no topmay qo’ydim. Bu men uchun juda muhim qadam bo’ldi, chunki men yaxshi oylik va lavozimdan aniq bir rejasiz ketdim. Lekin hali erkinlik ummoniga shong’ishni o’ylamagan edim va boshqa doimiy ish topishim kerakligini bilardim. Aniq maqsadim bor edi: ijodiy sohadan ketib, katta tashkilotga ishga kirish. O’sha vaqtlarda bu qadam meni muvaffaqiyat, moliyaviy o’sish va haqiqiy katta hayotga olib kelishiga ishonardim.
Biz nimadan qo’rqamiz?
Oilaviy psixolog Svetlana Molchanova yoshlarning motivatsiyasi va ularning ishga bo’lgan munosabatini o’rganayotib, 2000-yillar boshida tug’ilganlar shaxsiy komfort va emotsional barqarorlik uchun yuqori oylikdan voz kechishga tayyor ekanliklarini ta’kidlab o’tgan.
Men ishdan qochmayman. Bir vaqtning o’zida 2–3 ta loyihada ishlagan vaqtlarim ham bo’lgan. Lekin menga ish hamma vaqtimni egallashi, yashashga ham vaqtim qolmay, asablarim buzilishini xohlamayman.
iSpring instituti psixologi va uslubchisi Mariya Chemodanova Milton Rokichning «Yo’nalishlar qadri» uslubi bo’yicha talabalar va abiturientlar orasida tadqiqot o’tkazdi. Uning natijasiga ko’ra, zumerlar uchun hayotda eng muhim narsa — bu, sog’liq. Shu sababli, agar ish jismoniy yoki emotsional holatga salbiy ta’sir qilayotgan bo’lsa, hatto yuqori ish haqi ham motivatsiya bo’la olmaydi.
Men uchun har qanday ish doim qiziq mashg’ulotga aylangan. Hech qachon o’zimga umuman qiziq bo’lmagan sohada ishlamaganman. Ko’pincha ofisda toksik muhit yoki odobsiz rahbariyatga duch kelganimda ishdan bo’shaganman. Aksincha — jamoa zo’r bo’lsa, past oylik bilan ham qolganman.
Men va mendan kattaroq avlod uchun buni qabul qilish oson emas. Axir biz «nimadirga erishish uchun tun-u kun uxlamay ishlash kerak» degan fikr bilan ulg’ayganmiz. Men 90-yilllar va 2000-yillar boshida o’sganman: to’qchilik bo’lmagan bolalik, boshqalardan qolgan kiyimlarni kiyish, banan va kolbasani faqat bayramlarda ko’rish, sanoqli o’yinchoqlar va ilojsizlikdan nimadirlar o’ylab topish. Bitta men emas, ko’pgina tengdoshlarim shunday yashagan, shuning uchun ko’pincha karyera va moliyaga qarashlarimiz o’xshash.
Biz o’zimiz ishlab topgan pulga chiroyli narsalar sotib olishni yaxshi ko’ramiz, oylikdan oylikkacha yashash hammamizning jonimizga tekkan, cheklovlarsiz sayohat qilishni va ijara pulini to’lash yoki kafeda ovqatlanishdan birini tanlamaslikni xohlaymiz. Qaysidir payt o’z xohish va qiziqishlarimizga tupurib, barqarorlik va qulaylikning quliga aylanib qolganmiz deb o’ylayman. Menimcha, aynan shu sababli byuti-bloglarda pul ishlab, mini-pensiyalarni sinab ko’radigan zumerlar bizni shunchalik hayratga soladi. Shunchaki biz o’zimiz shunday qila olmaymiz.

O’n yillar davomida millionlab odamlar uchun beqarorlik oddiy hayot tarzi bo’lgan. Avvalgi avlodlarda bo’lgandek, bizni ham meritokratiya va o’ziga xoslik kabi g’oyalar bilan boqishgan: hammamizda qobiliyatlar yetarlicha, ularni rivojlantirib, dunyoga ochish uchun esa ko’p mehnat qilish va shu maqsad bilan yashash kerak. Hozir qanday vaziyatda bo’lishingizdan qat’i nazar, chin dildan mehnat qilsangiz, barqarorlikka erishish mumkin.
Erkinlik tushunchasi qanday o’zgaryapti?
Erkinlik —falsafiy tushuncha… Moliyaviy erkinlik haqida gapirgan osonroq. Men uchun bu yaxshi pul topish, yaxshi ovqatlanish, xobbim bilan shug’ullanish, sayohat qilish va shulardan so’ng ham muhtojlikni his qilmaslik. Lekin pul — ishdagi eng muhim motivatsiya emas.
Oldin men bir necha sabablarga ko’ra frilansga o’tmasdim. Taym-menejmentda yetarli salohiyatim yo’q edi, uyda ishimga diqqat-e’tiborimni qaratishim qiyin edi. Dangasalik va keyinga qoldirish hammamizda bor😉. O’z kuchimga, yangi sohani tezda o’rganib olishimga ishonmasdim. Bundan tashqari, atrofimda erkin, lekin cho’ntagida puli kam frilanserlar ko’p edi — ulardek yashashni istamasdim. Umuman ish tajribasi, foydali tanishlar, portfoliomda qiziqarli natijalar yetishmasdi — ishga joylashmasdan qayerdan va qanday qilib pul topishni bilmasdim.

Retritdasiz, lekin cho’ntak bo’shmi?
AVO platinum’ni yoqing va chill qilishda davom eting
Hozir hamma savollarimga javob topganman. O’zimga qiziqarli sohalar ko’pligini va u yerda rivojlanib, pul topishim mumkinligini bilaman. Shunga qaramay, hammasi oson bo’ladi deb o’zimni aldamayman. Ko’p ishlashimga to’g’ri keladi, lekin kompaniya emas, o’zim xohlagandek ishlayman.
Ko’p narsalarga oxirgi 2 yil reklama agentligida o’rgandim. Ungacha mustaqil loyihalar va mayda tashkilotlarda ishlaganman: kelishuv shartlari o’zgaraverardi, dedlaynlar doim yonardi, javob beradigan yo’nalishimda esa aniqlik yo’q edi. Savdo sohasidagi jamoaning bir qismi bo’lsangiz, taym-menejment, ishni hayotdan ajratish, ulgurmayotganligingizni ta’n olish, ishni keyinga qoldirmaslik va xatolarni tinchgina qabul qilishni o’rganasiz.
Reklama agentligida tajribam ortdi, ish jarayonini ichkaridan o’rganib, endi frilansga ketishga tayyorligimni tushundim. Men — fotografman. Endi frilansda ishlay boshlaganimda, qonuniy ishlash qiyin edi. Hozir o’zini o’zi band qilgan shaxs sifatida ro’yxatdan o’tganman, soliq to’layman.
Xayolimizda biz qanday ishlash kerakligini bilamiz, endi lavozim pillapoyalaridan ko’tarilsak bo’ldi. Yo’q, yo’q. Endi tajriba, dunyoqarash, ko’nikmaga ega bo’lganimizdan keyin, bizga qiziq bo’lgan narsalar bizga qanchalik kuchli motivatsiya berishini anglab yetamiz. Ishga yangicha yondashuv, sohani o’zgartirish haqida o’ylashni boshlaymiz. Lekin hammasini rejalashtirish, hamkorlik uchun takliflar qidirish va g’oyani amalga oshirish uchun ham vaqt va kuch ajratish kerak. Kuniga 8 soat, masofadan turib bo’lsa ham, ishga bog’langan bo’lsangiz — albatta bunga kuchingiz qolmaydi. Timurning so’zlari shu yerga juda mos keladi: «Vaqtimni o’zim boshqarmayotganligimni tushunib yetdim».
Qizig’i shundaki, o’z kuchimizga ishonch va barqarorlikdan ichki ozodlikka biz, o’ttiz yoshlilar, 10–15 yil ichida keldik, ko’pchilik zumerlar esa birdaniga shunday fikr bilan tug’iladi.
17 yoshdan boshlab kiyimlar do’konida konsultant, fotograf, administrator, texnik-ortodont, florist, keramist, ekskursovod bo’lib ishladim. Men yangi sohalarni tez o’rganaman va hammasiga ish jarayonida ko’nikaman. Men uchun ideal ish turi — moslashuvchan rejim va kelishuvli to’lov.

Doimiy ishdan ketishdan oldin nimalarni bilish muhim?
Ba’zilar masofaviy ish yoki frilans ko’proq erkinlik beradi deb o’ylaydi. Lekin bu haqiqat emas, yana ba’zida aksincha ham bo’ladi. Ayniqsa, ofisingiz uy bo’lsa: ish rejimi va dam olish orasidagi chegara yo’q bo’lib ketadi. Turli loyihalar bir-birining ustiga chiqib ketishi mumkin, mijozlar bilan gaplashishingiz, o’zingizga o’zingiz vazifalar qo’yishingiz va nazorat qilishingiz, pullik ishlarni hal qilishingiz, hujjatlar bilan shug’ullanishingizga to’g’ri keladi. Agar siz bunga tayyor bo’lmasangiz, boshlamay qo’yaqolganingiz yaxshi.
O’sha siz bilgan beqarorlik ortingizdan soyadek ergashaveradi. Bir oy ishlar yaxshi bo’lsa, keyingisida aksincha bo’lishi mumkin. Bunga tayyor turish kerak. Oldin byudjetingizni to’liq hisoblab, kamida qancha pul kerakligini bilib oling. Ishlamoqchi bo’lgan sohangizni oldindan o’rganib, foydali kontaktlar ro’yxatini tuzing. Mayli oldiniga yordam so’rab borsangiz, yo’q demaydigan do’stlaringiz va tanishlaringizni qo’shing. Vaqt o’tib hamkorlar va tanish-bilishlar ham qo’shilib boraveradi.
Ish bo’lmaydigan vaqtlarni hisobga olib, xavfsizlik yostiqchasini o’ylab qo’ysangiz yomon bo’lmaydi. Buning uchun bankda omonat ochib, pul yig’ganingiz foydaliroq. Masalan, AVO omonati bilan yiliga 25% gacha daromad olish mumkin.
Erkinlik ummoniga sho’ng’ishdan oldin bu ish oson bo’lmasligini tushunardim, lekin qo’rquv yo’q edi. Nimadan qo’rqaman? Mayli rolton bilan kun o’tkazarman. 4 oydan beri frilansdaman. Hozircha ishlar yomon emas — o’zimga kerakli minimumni topyapman. Lekin hammasi joyiga tushib ketishi uchun yana vaqt kerak. O’zimning uyim bor, eng muhim xarajatlarim — mashina, kommunal to’lovlar, ovqat va mushuk. Mushugim yelkamdagi eng katta mas’uliyat, u dangasalik qilishimga yo’q qo’ymaydi.
Moliyaviy javobgarliklar ham motivatsiya berishi, ham asablarni toraytirib yuborishi mumkin. Har qanaqasini ko’rganman. Pandemiyadan keyin yangi ish joyi topdim va bir o’zim ijaraga kvartirada yashay boshladim. Bu menga juda katta turtki bo’lib, bir necha oy ichida lavozimim va oyligim ko’tarildi. Shunga qaramay, ijara pulini to’lash majburiyati o’zimga yoqmagan ishda qolishimga majbur qildi. Yana boshqa shaxsiy muammolar bilan birgalikda bu sog’ligimga ta’sir qildi.
Ishdan bo’shab, uzoq vaqt ish topa olmaganimda juda qiyin sharoitda yashadim. Lekin do’stlarim va kredit menga yordam berdi. So’nggi yillarda kredit olish qiyin bo’lmay qoldi. Faqat yomon tomoni — kreditlarimdan biriga foiz to’layapganimga shu yil ikki yil bo’ladi. O’sha vaqtlarda kredit karta, masalan, AVO platinum menga ko’proq to’g’ri kelgan bo’lardi. Kelishuvli ishlarda ishlaganim uchun kichik miqdorda pul ishlatib, imtiyozli davrda foizsiz qaytargan bo’lardim.
*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

AVO ilovasini yuklab oling
Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda








