• AVO

  • AVO gap

  • Debet karta: bu nima, qanday tanlash va rasmiylashtirish kerak

Debet karta: bu nima, qanday tanlash va rasmiylashtirish kerak

Bugungi kunda karta bo‘lmasa, hayot ancha murakkablashadi. Do‘konda to‘lov qilish, internetda xarid qilish, do‘stlarga pul o‘tkazish, xorijga chiqish — bularning barchasini karta bilan amalga oshirish ancha qulayroq. Lekin qanday kartani tanlash kerak va u haqiqatan ham foyda keltiradimi?

Debet karta: bu nima?

Qisqacha aytganda, debet karta — bu sizning bank hisobingiz kaliti. Unga faqat o‘zingizga tegishli mablag‘ tushadi, kredit kartadek bankdan qarz olinmaydi. Bu degani, siz minusga tushmaysiz va ortiqcha foizlar to‘lamaysiz.

Misol uchun, kartangizda 2 million so‘m bo‘lsa, xuddi shuncha mablag‘ni ishlatishingiz mumkin. Bank sizga bundan ortiq pul sarflash imkoniyatini bermaydi. Bu byudjetni nazorat qilishni xohlaydiganlar uchun juda qulay: oy oxirida kutilmagan qarz chiqib qolmaydi.

Debet kartalarni qanday turlari mavjud?

Bugungi kunda banklar turli xil debet kartalarini taklif qilishadi. Ba’zilari xaridlar uchun keshbek qaytaradi, ba’zilari esa hisobingizdagi qoldiq uchun foiz to‘lab, uni orttirishga yordam beradi. 

Agar har hafta yetkazib berish xizmatlaridan foydalansangiz, aynan shu toifadagi xaridlarga keshbek beradigan karta foydali bo‘ladi. Agar chet elda to‘lov qilish kerak bo‘lsa, valyutani avtomatik almashtiradigan va qo‘shimcha komissiya olmaydigan kartaga e’tibor berish kerak.

Ba’zilar esa pullarni darhol sarflashni emas, yig‘ishni ma’qul ko‘radi. Bunday odamlar uchun qoldiqka foiz to‘laydigan kartalar bor. Bu degani, hisobingizdagi pul harakatsiz turgan bo‘lsa ham, bank sizga foyda to‘laydi. Mayda pul bo‘lib ko‘rinsa ham, yil davomida yaxshi summa to‘planishi mumkin.

Debet kartani qayerdan va qanday olish mumkin?

Bugungi kunda karta olish juda oson. Bankni tanlab, onlayn ariza topshirish yoki shaxsan borib rasmiylashtirish kifoya. Ayrim banklar hatto kartani bepul uyga yetkazib berishadi, shuning uchun hech qayerga borishingiz shart emas.

Kartani qo‘lga kiritgandan keyin uni faollashtirish kerak. Buni mobil ilova yoki SMS orqali bajarish mumkin. Shundan so‘ng, karta foydalanishga tayyor bo‘ladi.

Kartani tanlashda nimaga e’tibor berish kerak?

Kartani tanlashda ayrim jihatlarga e’tibor berish muhim. Ba’zan banklar katta keshbek yoki bepul xizmat va’dasini beradi, lekin mayda shartlarda cheklovlar borligi keyinroq bilinadi. Keshbek faqat kamdan-kam ishlatiladigan tovarlarga tegishli bo‘lishi mumkin yoki kartaning xizmat haqi tekin bo‘lishi uchun ma’lum miqdorda xarid qilish talab qilinishi mumkin. Shuning uchun kartani tanlashdan oldin, avvalo, qanday xaridlarni amalga oshirishingizni o‘ylab ko‘ring va sizga mos variantni tanlang.

Hamyonlar — o‘tgan asrning odati

AVO platinum bilan barcha istaklaringizga 50 million so‘mgacha oling

Kartani olish

Xulosa

Oxir-oqibat, debet karta oddiy plastik bo‘lagi emas, balki moliyaviy hayotingizni soddalashtiradigan muhim vosita. U to‘lovlarni osonlashtiradi, tejash va turli bonuslardan foydalanish imkonini taqdim etadi. Muhimi — eng birinchi uchragan kartani emas, aynan o‘zingizga mos keladiganini tanlash.

Bank kartasi
14.03.2025
3 daqiqa
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 21/10/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Yangiliklar • 21.10

    AVO platinum tariflaridagi o‘zgarishlar

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 21.10

    O‘zbekistonda qanday qilib styuardessa bo‘lish mumkin? Osmon sari karyera zinapoyasi

    Nina Cherednikova

  • Bosh sahifa • 19.10

    O‘zbekistonda yosh oila qanday qilib uy sotib olishi mumkin?

    Yuna Korostelyova

  • Bosh sahifa • 17.10

    🍵 Uyda kuzgi shifobaxsh choylar damlaymiz 

    Kamilla

  • Bosh sahifa • 15.10

    Firibgarlar siz kutmagan yerdan chiqadi: aldanib qolishingiz mumkin bo‘lgan sohalar

    Nina Cherednikova

  • Yangiliklar • 14.10

    AVO sayohat finali 🎉

    Аvoboy


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

93