• AVO

  • AVO gap

  • Xizmatlar, fintex va onlayn xaridlar: Toshkent Xitoydan nimalarni o‘rganishi kerak?

Xizmatlar, fintex va onlayn xaridlar: Toshkent Xitoydan nimalarni o‘rganishi kerak?

Xitoyda 3 yil yashaganim davomida, hatto chet ellik sifatida ham, infratuzilmaning qulayliklari va kundalik tajribaga juda tez ko‘nikib qoldim. Xitoy tilini yaxshi bilmaydigan chet ellik bo‘lishimga qaramasdan. Transport to‘lovlaridan tortib, ijtimoiy tarmoqlardagi pul o‘tkazmalarigacha hammasi qulay edi.

Ushbu matnda Toshkentga qaytganimdan so‘ng menga nimalar yetishmayotganini aytib o‘taman. Aytgancha, ba’zi narsalar paydo bo‘lyapti, lekin ba’zilarigacha hali ancha yo‘l bor.

Aqlli shaharlar

Bu murakkab va hatto futuristik eshitiladi. Mazkur konsepsiya 100 000 atrofida aholisi bo‘lgan kichik shaharlar uchun IoT, katta ma’lumotlar va sun’iy intellektdan foydalanish orqali ishlaydi.

Oddiy til bilan aytganda, kichik shaharlarda havo sifati faol kuzatiladi, aqlli svetoforlar va energiya sarfini boshqarish tizimlari qo‘llaniladi. Misol uchun, energiya sarfining 20% i qayta tiklanadigan manbalardan, 50% i esa jamoat transportidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston uchun, mening fikrimcha, bunday konsepsiyalar juda dolzarb bo‘lib, ular ham ekologiya sohasiga turtki berishi, ham resurslar sarfini kamaytirishi mumkin. 

To‘lov usullari

Men shuni payqadimki, 5 yil oldin Xitoyda oflayn xarid qilish tajribasi biz hozir o‘rganib qolgan holatga deyarli o‘xshash edi: QR-kodlar va ilovadagi push-xabarlar orqali to‘lovlar. Hatto o‘shanda ham Shanxaydagi ko‘cha musiqachilari xayriya uchun QR-kodni ochib, yo‘l o‘tish joyida turishiga hayron qolardim.

Hozirgi kunda Xitoyda odamlar biometrik ma’lumotlarga asoslangan usullarga ko‘nikmoqda. Avvalo, foydalanuvchilar o‘z barmoq izlari va yuz ma’lumotlarini ilovaga kiritadilar, so‘ngra esa oflayn xarid qilishda ularni skanerlaydirlar. Albatta, bularning barchasi butun mamlakat bo‘yicha maxfiylik va ma’lumotlarni to‘plashga oid global siyosat bilan ham bog‘liq. Shunga qaramay, bizning to‘lov tizimlarimiz ham buni sinab ko‘rishni boshlashi ehtimoldan xoli emas, chunki bunday usullarda firibgarlik xavfi kamayadi, bu esa so‘nggi bir necha yil ichida dolzarb mavzuga aylangan.

Superilovalar

Cheksiz miqdordagi xizmatlardan foydalanish imkonini beruvchi ilovalar haqida men faqat Xitoyda bilib oldim. Har qanday mehmon duch keladigan birinchi narsa — bu 2 ta superilova: WeChat va AliPay. Birinchisi ijtimoiy tarmoq va messenjerga urg‘u beradi, lekin shu bilan birga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chatda, QR-kod orqali, sovg‘alar shaklida va boshqa ko‘plab usullarda pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi. Ikkinchisi asosan pul o‘tkazmalariga yo‘naltirilgan, ammo shu bilan birga siz unda mehmonxonalarni bron qilishingiz, xaridlar haqida fikr almashishingiz, biznes uchun ma’lumotlarni tahlil qilishingiz yoki, masalan, ma’lum mahsulotlarga sarmoya kiritishingiz mumkin. O‘zim uchun men har doim AA-Zhi funksiyasining qulayligini qayd etardim, bu bir nechta odamlar o‘rtasida muassasadagi umumiy hisobni bo‘lishish imkonini beradi. Bunday yoqimli mayda qulayliklar har bir ilovada juda ko‘p.
Ikkala ilova ham Xitoydagi har bir kishining hayotida bo‘lishi shart bo‘lgan narsadir.

Bunday tashabbuslar bizning bozorimizda ham rivojlanmoqda. Yuqorida sanab o‘tilgan funksiyalarning ko‘pchiligi allaqachon mavjud, ammo ular doim ham, hatto kichik ko‘lamda bo‘lsa-da, dastlabki g‘oya bo‘yicha ishlamaydi. 

Onlayn xaridlar

Moliyaviy xizmatlardan tashqari, odamlar ijtimoiy tarmoqlardagidek kabi ko‘p vaqt o‘tkazadigan ulkan miqyosdagi xizmatlar ham mavjud. Ularning eng mashhurlari — TaoBao va PingDuoDuo bo‘lib, bu yerda siz Xitoyning istalgan hududidan narsalarni xarid qilishingiz va ularni 3 kun ichida qo‘lingizga olishingiz mumkin. Bozorning ulkan hajmi, sig‘imi va rivojlangan algoritmlari tufayli bu ilovalar foydalanuvchi e’tiborini juda kuchli jalb etadi. TaoBao'da sotuvchilar bilan real vaqt rejimida muloqot qilish mumkin, ba’zi platformalarda esa chegirmalar bilan birgalikda auksion va jamoa xaridlari ham mavjud.

Bir kuni bizga bunday kompaniyalarning qadoqlash omborxonalarini ko‘rsatishdi. U yerda barcha jarayonlar avtomatlashtirilgan bo‘lib, taqsimlash ishlari bilan mashinalar shug‘ullanadi. Bu boshqa olam darajasidek ko‘rinadi — unga yetish uchun hali ancha bor.

Ekologiya, ma’lumotlar maxfiyligi va Xitoyning yopiq siyosati bilan bog‘liq barcha muammolarga qaramay, men bu mamlakatdan ko‘p narsani o‘rganish kerak, deb hisoblayman. Hech bo‘lmaganda, xizmat ko‘rsatish va transport sohasidagi ba’zi yechimlardan ilhomlanish lozim. Ayniqsa hozir, O‘zbekiston moliya texnologiyalari va xizmat ko‘rsatish sohasida faol rivojlanayotgan bir paytda, bu juda muhimdir.

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

Pul
25.05.2025
8 daqiqa
Nikolay Karkadayev
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

50