• AVO

  • AVO gap

  • Koinotga sayohat: chipta qancha turadi va uni qayerdan olish mumkin 

Koinotga sayohat: chipta qancha turadi va uni qayerdan olish mumkin 

Koinot endilikda faqat oq dubulg‘ali qahramonlarga tegishli emas. Bugungi kunda u yerda selfi olishyapti, podkastlar yozishyapti va hatto turmush qurish takliflarini berishyapti. U yerda amerikalik milliarderlar, sobiq teleboshlovchilar va hatto qo‘shiqchi Keti Perri ham bo‘lishgan. Axiom esa Yer yarim shariga qaragan birinchi shaxsiy mehmonxona qurishni boshladi. 

Hozirda kattagina pul to‘lashga tayyor bo‘lgan har kim koinotga sayohat qilishi mumkin. Agar u yerga qanday borishni, qancha pul kerak bo‘lishini va narxiga nimalar kirishi haqida bilmasangiz, hozir boshdan oyoq tushuntirib beraman. 

Kim sayyoh sifatida koinotga uchgan  

Tarixdagi ilk koinotga sayohat qilgan odam — amerikalik milliarder Dennis Tito bo‘ldi. U 2001-yilda taxminan 20 mln dollar to‘lab, Rossiyada tayyorgarlik ko‘rdi va Rossiya ekipaji bilan birga Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) uchib ketdi. Tito orbitada deyarli 8 sutka qolib, ilmiy va ommaviy axborot tadbirlarida qatnashdi. Bu muhim voqea bo‘lib, ilk bor davlat dasturiga aloqasi bo‘lmagan odam kosmosga ko‘tarilgan edi. 

2009-yilgacha Space Adventures kompaniyasi «Роскосмосом» bilan hamkorlikda yana olti kishini u yerga yubordi. Ularning barchasi AQSH, Kanada va Yevropadan kelgan boy ishqibozlar edi. 

Dennis Tito, koinotda bo‘lgan ilk sayyoh, milliarder 

So‘nggi yillarda sayyohlik parvozlarining yangi to‘lqini boshlandi: 

Axiom Space-1 missiyasi ekipaji a’zolari: Maykl Lopes-Alegriya, Eytan Stibbe, Larri Konnor va Mark Pati 

New Shepard dasturining birinchi ayollar ekipaji 

Koinotga parvoz narxi qancha?  

Bugungi kunda parvozning bir necha shakllari mavjud bo‘lib, ular nafaqat narxi, balki jismoniy tayyorgarlik darajasi, taassurotlarning teranligiga va Yerdan tashqarida bo‘lish muddatiga ko‘ra ham farqlanadi. 

Parvoz turi 
Balandlik  
Parvoz davomiyligi  
Parvoz davomiyligi  
Parvoz narxi 
Tashkilotchilar  
Stratosfera sayyohligi  
~40 km  
4–6 soat  
Havo shari kapsulasi vaznsizliksiz sekin-asta ko‘tariladi. Atrofni tomosha qilish uchun ajoyib manzara ochiladi.  
~$125,000  
Space Perspective  
Suborbital parvoz 
~80–100 km 
12–15 daqiqa 
Tez ko‘tariladi, 3-8 daqiqalik vaznsizlik holati kuzatiladi, illyuminatorlar orqali kuzatish, kapsulada qisqa parvoz qilish mumkin 
$250,000–$3,000,000  
Blue Origin, Virgin Galactic  
Orbital parvoz (XKS)  
~400 km 
8–14 kun  
XKSdagi hayot, mashg‘ulotlar, kosmonavtlar turmush tarzi va ilmiy tajribalar  
$55–70 mln  
SpaceX Axiom Space orqali), Space Adventures  
Oyga safarlar (ishlab chiqilish jarayonida)  
~384,000 km  
~8–10 kun  
Oyni aylanib uchish yoki unga qo‘nish rejalashtirilmoqda, uzoq muddatli tayyorgarlik talab qilinadi 
$100 mln dan  
SpaceX (bo‘lajak Starship missiyalari), balki, Axiom  

*Jadvalda taxminiy narxlar ko‘rsatilgan  

Chipta narxiga nimalar kiradi?  

Pulni orbitagacha ko‘taramiz  

AVO platinum — 45 kungacha foizsiz 100 mln gacha pul 

Kartani ochish  

Parvozga qanday yozilish mumkin?  

  1. Virgin Galactic, Blue Origin yoki Axiom Space kabi kompaniyalardan birini tanlaysiz — ularning veb-saytlarida so‘rov qoldirishingiz yoki kompaniya vakiliga murojaat qilishingiz mumkin. SpaceVIP singari ayrim agentliklar shaxsiy sayohatlarni bron qilishda yordam beradi. 
  2. Depozit to‘laysiz — odatda 150 000 dollardan boshlanadi, biroq bu kompaniya va sayohat turiga qarab farqlanadi. Ba’zan to‘liq summani talab qilishadi. 
  3. Saralash bosqichi va tibbiy ko‘rikdan o‘tasiz — yurak, qon bosimi, tayanch-harakat tizimi bilan bog‘liq muammolari bor odamlarga parvozga ruxsat bermasliklari mumkin. 
  4. O‘quv mashg‘ulotlaridan o‘tasiz — bu 2 kundan 12 oygacha davom etishi va dasturga qarab, yengil mashg‘ulotlardan tortib to to‘laqonli kosmonavtlar akademiyasigacha bo‘lishi mumkin. 
  5. Parvoz qilasiz va butunlay boshqa inson bo‘lib qaytasiz. Kamida, sayyoramizga yangicha nigoh bilan qarashni boshlaysiz. 

Koinot — bozor kabi o‘sib bormoqda 

Ilgari koinotga faqat harbiy va olimlar uchgan bo‘lsa, bugun u yerga millionerlar, san’atkorlar va shunchaki Yerga pastdan qarashdan zerikkanlar intilmoqda. Kosmik turizm — yangi sanoat bo‘lib, bugungi kunga kelib, yiliga qariyb mlrd dollarga baholanmoqda. Koinot yangiliklaridan bir nechtasi bilan bo‘lishamiz: 

Ehtimol, hozir divanda yotib, «Qo‘ysangiz-chi, ipotekamni yopsam katta gap» deb o‘ylayatgandirsiz. Bu tabiiy hol. Lekin bugun koinot biz tomon biroz yaqinlashgani ajoyib — agar biz bo‘lmasak, nevaralarimiz u yerga millionlar emas, balki Dubaydagi dam olish narxida uchib borishlari aniq 🚀 

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

🏄🏻‍♂️ Layfstayl
23.07.2025
11 daqiqa
Barno Sharipova
Maqola muharriri

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 06/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.