• AVO

  • AVO gap

  • SPFni qanday tanlash kerak: o‘rningizga sinab ko‘rgan dugonangizdan 10 maslahat 

SPFni qanday tanlash kerak: o‘rningizga sinab ko‘rgan dugonangizdan 10 maslahat 

Qizjonlar, salom! Yigitlar, siz ham xush kelibsiz 🤗 

Keling, tan olaylik: qancha odam SPFni faqat dengizga borganda yoki eng ko‘pi bilan yozda surtadi? O‘tgan yil aprelida (ha-ha, aprelda) shunchaki Toshkent ko‘chalarida sayr qilib, kuyib ketmagunimcha men ham shunday odamlar qatorida edim. Yanoqlarim, peshonam va burnim — xuddi qaynatilgan qisqichbaqadek qizarib ketgandi o‘ziyam. 

O‘shandan beri na qishda, na yomg‘irda, na «quyosh ko‘rinish bermayotgandek» tuyulsa ham, har doim krem surtaman. Endi esa SPF armiyasining «jangda xizmat ko‘rsatgan askari» sifatida, sizlar bilan o‘zimning 10 ta ishonchli qoidam bilan bo‘lishmoqchiman. Bu nozik jihatlarga ega asosiy baza. 

1. SPF — faqat dengiz uchun mo‘ljallanmagan  

Quyosh yil bo‘yi charaqlaydi. Hatto bulutli kunlarda ham. Uning nurlari hatto derazadan ham o‘tadi. Hatto Toshkent yoki Piterda yashasangiz ham. Hatto kun bo‘yi ofisda ishlasangiz ham. UV nurlariga farqi yo‘q — ular baribir sizni topadi. 

Shuning uchun har kuni SPF surtish shart.  

2. Faqat raqamlarga aldanmang  

SPF 50 — bu SPF 25 dan «ikki barobar kuchliroq» degani emas. Bu matematika emas. SPF 30 UV nurlarini taxminan 97% ga qaytaradi. SPF 50 esa — taxminan 98% ga. Qolganini esa marketing «shishiradi» va sizni «SPFni yangilashni unutdim» deb o‘zingizni ayblashga majbur qiladi. 

Eng muhimi — muntazam surtish va yangilab turish. Men Turkiyada SPF 100 surtib ham, kun davomida uni yangilamaganim uchun, baribir kuyib qoldim. 

3. UVA + UVB — «keng spektrni izlang»  

  • UVB — aynan shu nurlar terini kuydirib, pomidordek qip-qizil qilib yuboradi.
  • UVA — bu mahsulot UVA nurlaridan himoya qilishini bildiradi. Lekin qanchalik yaxshi himoya qilishi aniq emas. Balki ozgina himoya qilar, balkim umuman himoya qilmas. Bu to‘laqonlik himoyani kafolatlamaydi. 
  • Aylana ichidagi UVA belgisi — UVA nurlaridan himoyalashning rasmiy Yevropa standarti. Bu belgi krem maxsus sinovlardan o‘tgani, UVA nurlaridan himoyalanishda SPF darajasining kamida uchdan birini ta’minlashi, terining chuqur qatlamlarini fotoqarish va zararlanishdan samarali asrashga yordam berishini bildiradi. 

Shuning uchun, qadoqda «‎broad spectrum» so‘zlarini yoki aylanaga olingan UVA belgisini izlang — shunda kuyish, qarish va hatto saraton kasalligidan ham himoyaga ega bo‘lasiz. 

4. Teringiz turiga e’tibor bering  

Teringiz yog‘li bo‘lsa — gel yoki suyuq teksturali yog‘siz SPFni tanlang. Teringiz quruq bo‘lsa — SPFli namlovchi kremlar mos keladi. Teringiz juda nozikmi? Unda sink oksidi va titan dioksidili jismoniy (mineral) filtrlarni tanlang. Ular biroz oq iz qoldiradi, lekin teriga yoqib tushadi.  

5. Kimyoviy vs jismoniy SPF  

Kimyoviy SPF teriga shimib ketadi va UVni teri ichidan «zararsizlantiradi». Odatda u yengil va deyarli ko‘rinmaydi.

Jismoniy SPF esa qalqon kabi ishlab, nurlarni qaytaradi. U qalinroq, ba’zida oq iz qoldiradi, lekin kamroq noqulaylik keltiradi.

Layfxak: ertalab pardoz ostidan kimyoviy SPF surtaman, kun davomida upali jismoniy SPF surtaman. Shunda ham chiroyli, ham foydali! 

6. Tejashga urinmang

Yuzingiz va bo‘yningizga o‘rtacha 2 barmoq krem surting. Ha, birozgina burningizga emas, balki reklamalardagidek yuzingiz porlab turishi uchun ko‘p surting. 

Agar tejab surtsangiz — ta’siri bitta quloqqa quloqchin taqqan bilan teng bo‘ladi. 

7. Har 2–3 soatda yangilab turing  

Hatto eng kuchli SPF ham bir necha soatdan keyin o‘z kuchini yo‘qotadi. Terlash, teginish, pardoz — bularning barchasi SPFni oqizib yuboradi. Men telefonda eslatma qo‘yaman. O‘zim bilan doim quyidagilarni olib yuraman:  

  • Spreyli SPF — tez va qulay 
  • Stikli SPF — burun, lab, quloqqa surtish uchun mos keladi  
  • Upali SPF — ofis yoki uchrashuvda ishlatish uchun qulay 

8. Tanangizni yoddan chiqarmang  

Dekolte, quloq, bo‘yin, bilaklar, yelka — ular ham yuzdek kuyadi va qariydi. Bir marta maykada qahva ichishga chiqdim-u, sumka tasmasining izi ko‘rinishida zagar oldim. Biram xunuk ko‘rinish qoldirdi. 

9. Tarkibida SPF bor pardoz — SPFning o‘rnini bosmaydi 

«SPF 30 li ton surtdim, xavotir olmasam ham bo‘ladi» — yo‘q, dugonajon, bunaqasi ketmaydi) Uni krem kabi butun yuzingizga 2 qavat qilib surtmaysiz-ku. Bu shunchaki yoqimli qo‘shimcha, lekin asosiy himoya — alohida SPF-krem. Har doim.  

10. Yaroqlilik muddati va saqlash usuli — bu juda muhim  

SPF — vaqt o‘tgan sari yaxshilanadigan sharob emas. Quyoshda, mashina yoki batareyada saqlamang. Yana, 16-yilgi safar chog‘ida olgan, deyarli to‘la idish bo‘lsa ham, yaroqlilik muddati o‘tgan kremdan foydalanmang.  

Bir marta shunday eski krem surtib, peshonamni kuydirib oldim. U ilon terisi kabi ko‘chib tushdi.  

O‘zingizga parvarish kutib turmaydi  

AVO platinum kartasini ochib, kerakli narsalarni hoziroq xarid qiling 

Kartani ochish 

Natijada 

SPF — yaqin dugonangizga o‘xshaydi. Boshida qadriga yetmaysiz-u, lekin keyin usiz hamma narsa chappasiga ketishini tushunib yetasiz.  

U bilan nur sochasiz, yuzingiz silliqqina bo‘ladi, pardoz ancha yaxshi o‘tiradi va nechchi yoshga kirmang, har doim 25 yoshli qizdek ko‘rinasiz. 

Endi «shunday ham bo‘laveradi» deb erinmasdan, kremni har kuni surtamiz. Kun sayin o‘zimizga yanada ko‘proq oshiq bo‘lamiz va yuzimizni himoya qilamiz — zero bittagina yuzimiz bor. 

 

Sport va salomatlik
02.07.2025
7 daqiqa
Diyora Sattorova
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

68