Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining hisobotiga ko‘ra, yurtimizda 35 yoshdan oshgan aholisining atigi 34 foizi moliyaviy savodxonlikka ega ekan. Bu muammoga qandaydir yechim berish juda muhim, chunki 40 yosh ko‘pchilik uchun umrning yarmi hisoblanadi. Bugun biz 40 yoshdan oshganlar uchun moliyaviy savodxonlikni o‘rganishni qanday boshlash mumkinligi haqida suhbatlashamiz.

Keling, asosiy maqsaddan boshlaymiz — nafaqaga chiqqandan so‘ng imkon qadar qulay hayot kechirish uchun yetarli mablag‘ to‘plash. O‘zbekistonda nafaqa yoshi ayollar uchun 55 yoshdan, erkaklar uchun 60 yoshdan boshlanadi. Demak, jamg‘armalarimizni to‘plash va bir vaqtning o‘zida ularni oqilona boshqarishni o‘rganish uchun bizda taxminan 15–20 yil mavjud.
Agar yaxshi lavozimda yuqori maosh bilan ishlaydigan bo‘lsangiz va hoziroq harakatni boshlasangiz, bu yetarli darajada uzoq muddat. CNN mutaxassislari o‘zlarining «Agar 40 yoshda bo‘lsangiz, qanday qilib nafaqagacha mablag‘ jamg‘arish kerak» nomli qo‘llanmasida quyidagi harakatlar rejasini tavsiya etishadi:
Investitsiya hajmini ko‘paytiring
Agar an’anaviy tejamkorlik usuli 50% zaruriy narsalarga, 30% istaklarga va 20% zaxiraga ajratish kabi bo‘lsa, bizning holatimizda istaklar uchun ajratilgan mablag‘dan ozgina «urib qolishga» va masalan, 20 emas, balki 25–30% ni jamg‘arishga to‘g‘ri keladi.
Bunda 40 yoshdan oshganlarda bu har doim ham qat’iy tejamkorlik bilan bog‘liq emas: bu yoshda allaqachon ma’lum aktivlarga, yaxshi lavozimga yoki hech bo‘lmaganda barqaror daromadga, yoxud katta ish tajribasiga ega ekanligimizni unutmaylik.
Masalan, agar majburiy bo‘lmasa, ba’zi yirik xaridlarni keyinga qoldirishga harakat qiling. Aytaylik, siz yangi avtomobil sotib olmoqchisiz. Eskisi butunlay yurmay qolgan yoki sizni qiynayotgani uchun emas, shunchaki yangilashni xohlaysiz. Bunday vaziyatda xaridni keyinga qoldirish va shu orqali jamg‘armangizni ko‘paytirish oqilona yo‘l bo‘lishi mumkin.

Diversifikatsiya qiling
Yoki oddiyroq qilib aytganda: hamma tuxumni bir savatga solmang. Hozir qilishingiz mumkin bo‘lgan eng yomon narsa — shunchaki pulni «yostiq tagida» saqlab qo‘yish. Pul biz uchun ishlashi kerak, shunchaki yotib qolmasligi lozim. Buning uchun ajoyib usullar bor. Masalan, omonatlar juda qulay usul — u yerda pul doimo qadri oshadi, ayniqsa, so‘mdagi emas, balki valyutadagi omonat bo‘lsa. Agar kerakli bilimga ega bo‘lsangiz, aksiyalarga ham mablag‘ kiritishingiz mumkin. Agar bilmasangiz ham, muammo emas — buni bepul o‘rganishingiz ham mumkin. Masalan, Yel universitetining kursi bor. Agar o‘qish sizga to‘g‘ri kelmasa, mablag‘laringizni taqsimlash va ko‘paytirishga yordam beradigan brokerlik agentligiga murojaat qilishingiz mumkin. Ammo har qanday holatda ham bu tavakkalchilik ekanligini unutmang: ha, jamg‘armalaringiz siz shunchaki pulni omonatda saqlaganingizdan ko‘ra tezroq va ko‘proq o‘sishi mumkin, lekin qadrsizlanishi ham mumkin. Hatto eng tajribali broker ham bozorda ertaga nima bo‘lishini aniq bilmaydi. Yanada ishonchliroq usul: turli xil omonatlarni sinab ko‘rish — so‘mdagi, valyutadagi, to‘ldiriladigan yoki aksincha, qat’iy belgilangan. O‘zingizga mosini topish uchun tajribalar o‘tkazing.

Aniq summani belgilang
Qayerga borishni bilmasdan yo‘lga chiqish qanchalik qiyin bo‘lsa, jamg‘arish ham shunday qiyin. Agar ongimizda aniq summa bo‘lmasa, rejalardan oldinda ketyapmizmi yoki aksincha, harakat tezligini oshirishimiz kerakmi, bila olmaymiz. Shuning uchun aniq moliyaviy maqsadni belgilashga harakat qiling: u real bo‘lishi kerak, lekin kutganingizdan biroz yuqori bo‘lsin. Masalan, agar 5 yil ichida 30 000 dollarni bemalol jamg‘ara olishingizga ishonchingiz komil bo‘lsa, o‘zingizga 50 000 dollarni maqsad qilib qo‘ying. Bu sizni doimo harakatda bo‘lishga undaydi.

Pul hozir va shu yerda kerakmi?
AVO platinum kredit kartasi bilan 50 mln so'mgacha kredit limiti oling va 45 kungacha foizsiz qaytaring
Tejash ham daromadning bir turi
Jamg‘arma haqida gapirganimizda, avvalo daromadni o‘ylaymiz — kimdir bizga pul beradi, biz uni tejab, asta-sekin boyib boramiz. Ammo boshqa yo‘l ham bor: xarajatlarni kamaytirish.
O‘ylab ko‘ring, sog‘ligingizga qancha sarflaysiz: o‘zingiznikiga yoki yaqinlaringiznikiga? Mashinangizning bamperini tasodifan qirib olganingizda, uni ta’mirlashga qancha ketdi? Yoki qizingiz yangi planshetini tushirib yuborib, ta’mirlash narxi deyarli yangisini sotib olish bilan barobar bo‘lgani uchun yangisini olishga majbur bo‘lganingizni eslaysizmi?
Agar vaqtida e’tibor berib, sug‘urta qildirsangiz, bu xarajatlarning oldini olish mumkin. Hayotimdan real misol: yaqinda xotinimga noutbuk sotib oldim, bunga taxminan 12 million so‘m sarfladim. Do‘konda menga 10 million so‘mgacha sug‘urta sovg‘a qilishdi — endi noutbukni tushirib yuborishim, ustiga suv yoki undan ham yomoni, gazli ichimlik to‘kib yuborishim mumkin. Mushugimiz ekranni g‘ajib tashlashi ham mumkin. Menga bu hech qanday ta’sir qilmaydi, chunki sug‘urta har qanday shikastlanishni qoplab beradi.

Sog‘lik yoki avtomobil sug‘urtasi bilan ham xuddi shunday: agar to‘g‘ri va o‘z vaqtida mablag‘ sarflasangiz, kelajakda katta pullarni tejashingiz mumkin. Bu pullar pirovardida jamg‘armamizni to‘ldirishga xizmat qiladi.
Masalan, standart tibbiy sug‘urta quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib ayta olamanki, faqatgina stomatologiyaga juda katta mablag‘ sarflanishi mumkin — hozirda tishlarimni davolatayotganimda bir oy ichida deyarli 10 million so‘m sarflashga ulgurdim. Bu hali to‘liq davolanish kursi ham emas. Agar siz sug‘urta haqida oldindan qayg‘urgan bo‘lsangiz, shifokor qabuli, tahlillar topshirish va boshqa muolajalar ham ancha arzonroq va foydaliroq bo‘lardi. Chunki sug‘urtasiz har qanday kasallik xususiy klinikalarga tashrifga aylanadi, bu yerda oddiy qabul va maslahat uchun ham 150 000 so‘mdan so‘rashlari mumkin. Aks holda, nosog‘lom holatda xizmat sifati ancha past va qog‘ozbozligi ko‘p bo‘lgan davlat klinikalarida sarson bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi.
Tibbiyotdan tashqari, sug‘urta hisobiga tejash OSAGO'da ham sezilarli: to‘liq sug‘urta narxi taxminan 170 ming so‘m, bunda bu sug‘urta 40 million so‘mgacha bo‘lgan zararni qoplaydi.
Jamg‘armangizni asrang
Qanday bo‘lmasin, qayerdadir biz rejalashtirilmagan to‘lov qilishga majbur bo‘lamiz, oldindan bashorat qilolmaymiz va zaxiramizni shoshilinch narsalarga sarflashga majbur bo‘lamiz. Bu yaxshi fikr emas. Jamg‘armalarimiz daxlsiz bo‘lishi kerak, kutilmagan xarajatlarni esa, masalan, kredit karta yordamida yopish mumkin.
Aslida, kredit karta — bu o‘zingizdan olingan qarz hisoblanadi. Faraz qilaylik, bugun bizga zudlik bilan 2 million so‘m kerak bo‘lib qoldi. Biz zaxiramizni ochishimiz, omonatdan pul yechishimiz yoki do‘stlardan qarz so‘rashimiz mumkin. Bu variantlarning barchasi ishlaydi, ammo maqbul emas.
Kredit karta joriy kutilmagan xarajatlarni osonlik bilan hal qilish va keyinchalik uni yaqin orada olinadigan daromad bilan qoplash imkonini beradi: masalan, ish haqi bilan. Bunda kredit karta bizni ortiqcha to‘lashga majbur qilmaydi: AVO platinum kredit kartasida 45 kungacha foizsiz imtiyozli davr mavjud. Bu shuni anglatadiki, kartadan o‘sha 2 million so‘mni sarflash va aytaylik, bir oydan so‘ng xuddi shuncha miqdorni qaytarish mumkin, albatta, hech qanday ortiqcha to‘lovlarsiz.
Xulosa qilib aytganda
Siz ushbu maqolani topib o‘qiganingizning o‘zi to‘g‘ri yo‘lda ekanligingizdan dalolat beradi. Pul yig‘ish ham, tejash ham yoqimsiz va qiyin. Biroq, buni to‘g‘ri va oqilona qilsangiz, tezda jarayonga kirishib ketishingiz va har kuni jamg‘armangiz o‘sishini kuzatishingiz mumkin. Bu esa har qanday maqola yoki videodan ko‘ra kuchliroq rag‘bat beradi.
*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.
*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.

