• AVO

  • AVO gap

  • O‘zbekistonda qanday qilib styuardessa bo‘lish mumkin? Osmon sari karyera zinapoyasi

O‘zbekistonda qanday qilib styuardessa bo‘lish mumkin? Osmon sari karyera zinapoyasi

Styuardessalarning boshlang‘ich oylik maoshi oyiga 12 mln so‘mdan boshlanadi. Ustiga reys ustamalari, kundalik, chorak va yillik mukofotlar, imtiyozlar, bonuslar, ijtimoiy paketni qo‘shsangiz — O‘zbekistonda ayollar uchun eng yaxshi haq to‘lanadigan kasblardan biri bo‘ladi.

2 xil aviakompaniyada ishlaydigan tajribali styuardessalar bilan gaplashdik. Ulardan osmon sari yo‘l nimalardan o‘tishi va bu kasb hayotni qanday o‘zgartirishi haqida so‘radik. Qahramonlarimiz iltimosiga ko‘ra, ularning ismlari o‘zgartirildi.

Bolaligimda onam meni ko‘pincha Toshkent aeroporti yonidagi, uchish-qo‘nish yo‘lagiga qaragan qahvaxonaga olib borardi. Samolyotlarning qo‘nib, yana osmonga ko‘tarilishini tomosha qilib, bir kun styuardessa bo‘laman, deb orzu qilardim. Ota-onamning e’tirozlari ham, oilaviy hayot ham bu orzumga erishishimga to‘sqinlik qilmadi. Hozir qizim 1-sinfda. Parvozdagi faoliyatim esa davom etyapti.

Lola, 38 yoshMaktabni tugatib, styuardessalikka o‘qidi. Hozir Rossiyaning yetakchi aviakompaniyalaridan birida ishlaydi.

Styuardessa bo‘lish — juda qiziq yo‘l. Yoshligingizdanoq kattalar olamiga, o‘z tartib-qoidalari bo‘lgan ekipajga tushib qolasiz. Bir payt kelib uyga shunchaki yo‘l-yo‘lakay kirib o‘tadigan joydek qaraysiz, hayotingizning katta qismi esa osmonda o‘tadi.

Маmlakat, 32 yosh13 yil Uzbekistan Airways’da ishlagan, o‘zining milliy aviakompaniyadagi tajribasi bilan faxrlanadi. Hozir Dubaydagi aviakompaniyada karyerasini davom ettiryapti.

Osmonga faqat tanish-bilishchilik bilan chiqish mumkinmi? Har kim styuardessa bo‘la oladimi?

Styuardessalikka faqat tanish-bilish bilan kirishadi degan gaplar — 90-lar cho‘pchagi. O‘sha paytlarda ish topish qiyin, chet elga uchish esa nufuzli ish edi, shuning uchun faqat tanishlar orqali orqali kirishardi. Hozir esa zamon o‘zgardi, aviakompaniyalarimiz xalqaro obro‘ uchun kurashyapti va styuardessalar shaffof, lekin juda qattiq saralash bosqichlaridan o‘tishyapti.

Lola

Model ko‘rinish — biznes-klassning injiqligimi?

Styuardessalikka olishayotganda nega qizlarning bo‘yi-basti va tashqi ko‘rinishiga bunchalik sinchkovlik bilan qarashadi? Aslida bu qattiq talablar mijozlar yoki aviakompaniyalar injiqligi emas, balki xavfsizlik masalasi.

Samolyot — odamlar asabiy bo‘ladigan, hatto mayda narsalardan ham xavotirga tushishi mumkin bo‘lgan joy. Badandagi chandiq yoki tatuirovka, ishonchsiz yurish, uyilgan qovoq yo‘lovchini qo‘zg‘atib, bortda vahima uyg‘otishiga sabab bo‘lishi mumkin. Styuardessa esa bejirim, saranjom ko‘rinishi bilan odamlarni tinchlantirishi va ishonch berishi kerak. Va favqulodda vaziyatlarda hamma gapini eshitadigan darajada biroz vandervumen bo‘lishi ham kerak.

Lola

Sportchilarnikidek qomat, yig‘ib qo‘yilgan soch, ozoda manikyur — bu shunchaki chiroy uchun emas. Bu har qanday vaziyatga jismonan tayyorligimiz isboti. Ham chamadonni tokchaga ko‘tarib qo‘yamiz, ham samolyot eshigini mahkamlab yopamiz.

Mamlakat
Yulduzlardan-da balandroqqa uchaylik ✨

AVO platinum kartangizga 100 mln so‘mgacha pul oling — 45 kungacha foizsiz

Kartani ochish

Uzbekistan Airways styuardessalariga qo‘yiladigan talablar:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish.
  • Ta’lim: oliy, o‘rta maxsus yoki o‘rta.
  • Tillar: o‘zbek va rus — majburiy; ingliz tili — kamida B1/B2 va undan yuqori.
  • Yoshi 18–25. 25+ bo‘lsa, o‘qishga qabul qilishmaydi, lekin ishlash muddatida cheklov yo‘q.
  • Bo‘yi 162 sm dan past emas, 175 sm dan baland emas. Bu bo‘y salon uchun qulay,tokchaga ham qo‘l yetadi.
  • Kiyim o‘lchami 36–40 (Yevropa o‘lchovi).
  • Ketle bo‘yicha tana massasi indeksi — 18,5–24,9.
  • Qomati tik va ixcham, yurishda nuqsonlar yo‘q.
  • Tananing ko‘rinadigan joylarida tatuirovka va chandiqlar bo‘lmasligi kerak.

Chek-listdan muvaffaqiyatli o‘tdingizmi? Unda eng asosiy bosqichga o‘tamiz. 

Styuardessa bo‘lish uchun bosqichma-bosqich yo‘riqnoma

Agar siz O‘zbekiston fuqarosi bo‘lsangiz, professional yo‘lingiz Uzbekistan Airways orqali o‘tadi. Bu mamlakatimizda styuardessalar uchun o‘quv markazi bor asosiy rasmiy ish beruvchi.

Nima qilish kerak:

  1. E’lonlarni kuzatib boring. Kompaniya vaqti-vaqti bilan o‘qishga nomzodlar qabulini ochadi. Uzbekistan Airways rasmiy saytida va mashhur yangilik kanallarida, masalan, Gazeta.uz’da e’lonlar chiqadi. Talablar, hujjatlar ro‘yxati va anketa havolasini shu yerda topsiz.
  2. Onlayn ariza yuboring. Kerakli hujjatlarni to‘plang, raqamli nusxasini tayyorlang, anketani to‘ldirib, e-mail orqali Uzbekistan Airways’ga jo‘nating. Ehtiyot bo‘ling: uchrashuv belgilab, joyni pulga band qilishni aytadiganlar — firibgarlar.
  3. Kutilgan qo‘ng‘iroqni o‘tkazib yubormang. Anketangiz saralash bosqichidan o‘tsa, sizni telefon orqali suhbatga chaqirishadi. Nomzodlar ko‘p, qo‘ng‘iroqqa javob bermasangiz, navbat boshqasiga o‘tib ketishi mumkin.
  4. Oflayn suhbatdan o‘ting. Bu kasting va defiledan iborat kirish imtihoni. Tillar, muloqot ko‘nikmalari va o‘zingizni tutishingizni baholashadi.

Suhbatda har qanday savol berishlari mumkin. Oiladan va xobbilardan tortib she’riyat, geografiya, jahon yangiliklarigacha o‘tib ketishlari mumkin. Dunyoqarashingiz, bahslardan chiqish qobiliyatingiz va nutq madaniyatingizga qarashadi. Eng asosiysi — vahimaga tushmang. Ishonch va tabassum bilan javob bering. Tashqi ko‘rinishga kelsak, sochni yuz va yelkaga tushmaydigan qilib yig‘ing; pardozda ham oshirib yubormang, tabiiy makiyaj qiling. Tik turish, dazmollangan, qomatni chiroyli ko‘rsatadigan kiyim — muvaffaqiyat garovi. Agar yurishni bilmasangiz baland poshnali poyabzal kiymang.

Mamlakat

Darslar Toshkentdagi xalqaro aeroport yonida joylashgan «Uzbekistan Training Center» MChJda o‘tkaziladi. Bu oliygoh emas — haqqoniy simulyator va trenajyorlar bilan jihozlangan haqiqiy o‘quv poligoni. O‘qish atigi 35 ish kuni davom etadi, lekin shu vaqt ichida bortdagi yong‘inni bartaraf etishdan tortib, avariya trapi orqali yo‘lovchilarni evakuatsiya qilishgacha — hamma qiyinchiliklardan o‘tasiz. Darslar xalqaro tijorat aviatsiyasi standartlari — ICAO va IOSA bo‘yicha o‘tiladi. Demak, O‘zbekistonda olingan tayyorgarlik boshqa yirik aviakompaniyalarda ham qabul qilinadi.

Shartnomada belgilangan muddatni aviakompaniyada ishlab bersangiz bepul o‘qishingiz ham mumkin. Odatda 3–5 yil bo‘ladi, muddatni yangi qabul e’lonida aniqlashtiring. Agar keyin fikringiz o‘zgarsa, ishdan chiqmoqchi bo‘lsangiz yoki boshqa aviakompaniyaga o‘tmoqchi bo‘lsangiz, o‘qishning to‘liq xarajatini qoplashga to‘g‘ri keladi. Aniq summa shartnomada ko‘rsatilgan bo‘ladi. O‘qishni tugatgach esa sizni reyslarga biriktirish, forma, stajirovka va eng katta orzungiz — osmon va sayohatlar kutadi.

Styuardessa oldida qanday karyera eshiklari ochiladi

Kasbda Junior Flight Attendant’dan . Senior Flight Attendant’ga , hatto Cabin Crew Instructor’gacha  . ko‘tarilish mumkin. Tajribali mutaxassislar ba’zan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish menejmentiga, ekipaj bilan ishlash bo‘limiga yoki styuardessalar bo‘limi rahbariyatiga ham o‘tishadi. Bu lavozimlar nufuzli, lekin bizning maqola — aynan osmonda ishlash haqida. 

Anti-ro‘yxat: bu kasbning sizga mos kelmasligini qanday bilish mumkin

  • O‘zingiz o‘rnatgan tartib bo‘yicha yashashga o‘rgangan bo‘lsangiz va sizga barqarorlik muhim bo‘lsa.
  • Dam olish kunlari va bayramlarni uyda, yaqinlaringiz bilan o‘tkazishni xohlasangiz.
  • Tashqi ko‘rinish bilan tajriba qilishni yoqtirsangiz, noodatiy soch turmaklari, tatu, pirsing, fillerlarsiz tura olmasangiz.
  • Tez jahlingiz chiqsa, hissiyotlaringizni yashira olmasangiz.
  • Kattalarning o‘zini yosh boladek tutishini ko‘rganingizda asabiylashsangiz.
  • Notanish joylarda xavotirlanasiz.
  • Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘nglingiz istagan narsani joylashtirsangiz.

Agar bu bandlar hech bo‘lmaganda qisman sizga to‘g‘ri kelsa, boshqa soha haqida o‘ylab ko‘rganingiz yaxshiroq.

Styuardessa layfstayli

Styuardessa — ishda ham, ijtimoiy hayotda ham aviakompaniyaning yuzi.

Styuardessa — nufuz va mukammallik haqida. O‘zimizni qanday tutishimiz va ijtimoiy tarmoqlarda nimalar bilan bo‘lishishimiz doim diqqat markazida bo‘ladi. Ehtiyotsiz postlar uchun jarimaga tortishlari, lavozimni pasaytirishlari, hatto ishdan bo‘shatishlari ham mumkin.

Lola

Styuardessaning hayoti ish jadvali atrofida quriladi: tungi reyslar, erta turishlar, uzoq parvozlar, jetlag, uyqusizlik. Sizdan moslashuvchanlik, tez tiklana bilish, jismoniy va ruhiy sog‘liqni nazorat qilish, ko‘rinishni parvarishlash talab etiladi. Styuardessalarda layoverlar — boshqa shahar yoki mamlakatda to‘xtashlar bo‘ladi. Bu sayohat qilish, ko‘proq mamlakat va madaniyat ko‘rish imkonini beradi. Lekin bularning hammasiga ulgurish uchun xohish ham, ko‘p energiya ham kerak.

Lola: Sayohat qilishni shunchalik yaxshi ko‘rardim-ki, Nyu-Yorkdagi bir sutkalik layoverda ham Manxettenga borib, sayr qilib, suratga tushib, chiroyli storislar qo‘yishga ulgurardim — do‘stlarim meni AQShda bir haftalab yurgan deb o‘ylashardi. Men sayru-sayohat qilgan paytlarim katta hamkasbim mehmonxonada to‘yib uxlardi: u o‘z vaqtida yetarlicha uchgan, hamma narsani ko‘rgan, bu hayotni juda yaxshi tushunardi. Vaqt o‘tib, sarguzashtlar bilan salomatlik orasida muvozanat topishni o‘rganasiz.

Styuardessalar xarajatlari

Xarajatlar ro‘yxati
So‘mdagi narxi
Izoh
Manikyur (shellak)
200 000–350 000
Chidamli, oyda 2–3 marta 
Permanent makiyaj
3 000 000
Qosh, kipriklar, lab
Sifatli poyabzal
1 000 000–1 500 000
Reys va sayohatlar uchun, 2 yilda 1 marta almashtiriladi
Ortoped astar
1 000 000–1 500 000
Umurtqa pog‘onasi muammolarining oldini olish uchun, yilda 1 marta almashtiriladi
Kompression kolgotkalar yoki limfodrenaj uzun paypoqlar
300 000–1 000 000
Oyoq qon tomirlari va venalaridagi muammolarning oldini olish uchun
Oddiy kolgotkalar
60 000–150 000
Haftasiga 2–4 ta
Parvarish kosmetikasi
300 000–500 000
Har 2 oyda, qancha ishlatishiga qarab
Vitamin va dorilar
1 000 000–2 500 000
Magniy, kalsiy, omega, B va D guruhi vitaminlari
Bolalar uchun enaga / repetitor
2 000 000 dan
Oyma-oy to‘lanadigan doimiy yordam bo‘yicha kelishib olgan yaxshiroq

Styuardessa bonuslari

Nimada tejaymiz
Qo‘shimcha pul, so‘mda
Izoh
Ovqatlanish
Oyiga 3 000 000 gacha
Ba’zida qahvaxona va restoranlarga
Muntazam tibbiy tekshiruvlar va sog‘liqni saqlash xizmatlari
Yiliga 7 000 000 gacha
TUEK , tibbiy ko‘riklar, vaksinatsiyalar
Tadbirlarga chiptalar
Yiliga 2 000 000 gacha
Konsertlar, musiqa festivallari va boshqa madaniy tadbirlarga chiptalar
Bepul reyslar
Yiliga 5 000 000–15 000 000 gacha
Aviakompaniya xodimlari va ularning oila a’zolari uchun yiliga 4 tagacha parvoz
Tog‘, sanatoriy va bolalar oromgohlariga yo‘llanmalar
Yiliga 3 000 000–7 000 000 gacha
Ish staji va lavozimiga qarab turli kurort hududlariga yo‘llanmalar
Duty Free’da yaqinlarga sovg‘alar
Bozor narxidan 30–50% chegirma bilan xarid qilish
Yaqinlarga sovg‘alar va bayram dasturxoni uchun shirinliklar

Oson vizalar, uchuvchilar bilan ishqiy munosabatlar, biznes-klassdagi boyvachcha kuyovlar va styuardessa hayoti haqidagi boshqa afsonalar

Ekipaj uchun xizmat vizalari bizga begona mamlakatlarda maxsus huquqlar bilan qolish imkonini bermaydi. Ba’zan pasportga umuman muhr ham qo‘yilmaydi — faqat chegaradan xizmat uchun o‘tilgani haqida maxsus belgili varaqcha berishadi. Sayyohlik yoki ishchi vizani styuardessalar boshqa odamlardek olishadi. Murojaatlarimizni umumiy tartibda qabul qilishadi. Yaqinda ikkita hamkasbimga AQSh sayyohlik vizasini berishmadi, kasbimizning hech qanday yordami tegmadi.

Lola

Uchuvchilar yoki yo‘lovchilar bilan ishqiy munosabatlar masalasida Lola va Mamlakatning javobi bir xil: bu filmlardan olingan cho‘pchak. Amalda ish odobi va subordinatsiya bunga yo‘l qo‘ymaydi. «Biz bortda ishlaymiz, ko‘z suzmaymiz. Qolaversa, buning foydasi ham yo‘q. Pilotga turmushga chiqqan bir styuardessani bilaman — har xil reyslar, boshqa nuqtalarda bo‘lishgani sababli er-xotin deyarli uchrashishmaydi».

Biznes-klass yo‘lovchilari e’tibor ko‘rsatishga, choypuli berishga yoki SkyShop’dan sovg‘a olib berishga urinishadi. Lekin buni qabul qilish mumkin emas. Men ishlaydigan rossiyalik aviakompaniyada qattiq reglament bor — muloyimlik bilan rad etishimiz kerak.

Lola

Uzbekistan Airways’da bunday taqiq yo‘q. Ehtimol, mentalitetimiz tufayli, sovg‘ani rad etish kimgadir noqulay tuyulishi mumkin. Lekin choypuli olish — flirt qilish degani emas. Bu yerda chegarani aniq o‘rnatish va yo‘lovchilarning ortiqcha harakat qilishlariga yo‘l qo‘ymaslik shart.

Mamlakat

Yerdagi oila bilan osmondagi karyerani qanday birga olib ketish mumkin?

Onam, qaynonam va enagalar yordam bermaganida, onalik bilan ish o‘rtasida tanlov qilishimga to‘g‘ri kelardi. Lekin oilamning yordami bilan hammasini uddaladim. Aytgancha, homiladorligimni Frankfurtdagi reysda bir yo‘lovchi bashorat qilgan: «Bu reysdan keyin ishingizga qaytmaysiz», dedi. Ozgina qo‘rqdim, u esa kulib: «Dekretga chiqasiz», dedi. E’tibor bermadim, Moskvaga, uyga qaytganimda, shamollab qoldim, erim shifokor chaqirdi va rostdan ham homilador ekanligimni aytdi. Osmonda qanday mo‘jizalar bo‘lmaydi, deysiz!

Lola

Agar styuardessa bo‘lishni orzu qilsangiz-u, boshqa shaharda yashasangiz, o‘qish davrida Toshkentga ko‘chib kelishingizga to‘g‘ri keladi. Chipta, ijara va ovqatga taxminan 4–6 mln so‘m kerak bo‘ladi. Bu boshlang‘ich xarajatlarni AVO platinum kredit kartasi bilan yopishingiz mumkin. Imtiyozli muddat 45 kungacha — ilk parvozlardanoq pulni qaytarib, foiz to‘lamaysiz. Kartani ilovada bir daqiqada ochasiz, limit — 100 mln so‘mgacha.

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

AVO ilovasini yuklab oling

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda

Yuklab olish
🏄🏻‍♂️ Layfstayl
21.10.2025
7 daqiqa
Nina Cherednikova
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 21/10/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Yangiliklar • 21.10

    AVO platinum tariflaridagi o‘zgarishlar

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 19.10

    O‘zbekistonda yosh oila qanday qilib uy sotib olishi mumkin?

    Yuna Korostelyova

  • Bosh sahifa • 17.10

    🍵 Uyda kuzgi shifobaxsh choylar damlaymiz 

    Kamilla

  • Bosh sahifa • 15.10

    Firibgarlar siz kutmagan yerdan chiqadi: aldanib qolishingiz mumkin bo‘lgan sohalar

    Nina Cherednikova

  • Yangiliklar • 14.10

    AVO sayohat finali 🎉

    Аvoboy

  • Bosh sahifa • 13.10

    Nimaga «ming» o‘rniga «1k» yozishadi? 

    Samandar Dadamirzayev


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

10