• AVO

  • AVO gap

  • Fond bozori qanday ishlaydi va chet el kompaniyalarining aksiyalarini O‘zbekistondan sotib olsa bo‘ladimi?

Fond bozori qanday ishlaydi va chet el kompaniyalarining aksiyalarini O‘zbekistondan sotib olsa bo‘ladimi?

Fond bozori ko‘pchilikka uzoq va sirli narsa bo‘lib tuyuladi: beixtiyor ko‘z oldingizga o‘nlab telefonlarni ushlab turgan asabiy brokerlar, yuqoriga-pastga sakrayotgan tikerlar qatorlari va bir kechada boyib ketish haqidagi afsonalar keladi. Kimlardir esa «Volstrit bo‘risi» filmidagi Leonardo Di Kaprio rolini eslaydi.

Aslida, fond bozori oddiy bozorning o‘zi, faqat bu yerda olma va qovun o‘rniga aksiya va obligatsiyalar sotishadi. O‘zbekistonning eng ilg‘or fuqarolari allaqachon bu bozorda savdo-sotiq qilishni boshlab yuborishgan.

Fond bozori qanday ishlaydi

Bir tomondan pulini ko‘paytirmoqchi bo‘lgan odamlar, boshqa tomondan esa o‘sish uchun pul kerak bo‘lgan kompaniya va loyihalar bor. Shunday qilib, bozor pul bilan g‘oyalarni uchrashtiradigan maydonga aylanadi.

Tafsilotlarni ko‘rib chiqsak.

Aksiyalar — kompaniyadagi ulush. Aksiya sotib olish orqali foydaning bir qismiga va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan biznes sherigiga aylanasiz. Amalda, katta paketingiz bo‘lmasa, ovozingiz qandaydir vaznga ega bo‘lmasa-da, qonuniy jihatdan huquqingiz bo‘ladi. Aksiyalar qiymati kompaniyaning muvaffaqiyatiga bog‘liq: agar biznes rivojlansa, bozor narxi oshadi, agar zarar ko‘rsa — aksiyalar arzonlashadi va sarmoyador ham xavfni biznes egalari bilan birga ko‘taradi.

Obligatsiyalar — qarz majburiyati. Obligatsiya sotib olish orqali siz kompaniya yoki davlatga ma’lum muddatga qat’iy belgilangan foizda qarz berasiz. Muddat tugagach, emitent siz tikkan pulni kelishilgan daromad bilan qaytarishi shart. Bu eng mashhur vositalardan biri, lekin uning ham xavfi bor: hamma qarz oluvchilar ham birdek ishonchli emas.

Sarmoya paylari professional boshqaruv kompaniyasining umumiy fondiga pul tikish imkonini beradi. Paychilarning pullari birlashtiriladi va turli aktivlarga — aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa moliyaviy vositalarga yo‘naltiriladi. Boshqaruvchi to‘g‘ri ish yuritsa, fondning qiymati oshadi va sarmoyadorlar daromad oladi. Agar strategiya muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, xavf fondning barcha ishtirokchilari zimmasiga  tushadi.

Birja — qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar tuziladigan tashkillashtirilgan maydon. Uning vazifasi savdolarning shaffofligi va halolligini ta’minlashdan iborat. Bu yerda narxlar qayd etiladi, sotib olish va sotish bo‘yicha buyurtmalar jamlanadi, bitimlarning bajarilishi kafolatlanadi. Tartibsiz bozordan farqli o‘laroq, fond birjasi aniq qoidalar asosida va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlaydi, bu esa tasodifiylikning oldini oladi.

Broker — birjaga kirish imkonini beruvchi vositachi. Xususiy sarmoyador savdolarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnasha olmaydi, shuning uchun brokerlik kompaniyalari bu vazifani o‘z zimmalariga oladilar. Broker orqali hisob ochasiz, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish uchun buyurtma berasiz, u esa sizning nomingizdan birjada ushbu operatsiyalarni amalga oshiradi.

Regulyator — bozor ishtirokchilarining faoliyatini nazorat qiluvchi davlat organi. Uning maqsadi firibgarlik, ichki ma’lumotlardan foydalanish va boshqa noxolis amaliyotlarning oldini olishdan iborat. Regulyator nazorati tufayli fond bozori aniq qoidalarga ega tartibli tizim bo‘lib qoladi.

Bu elementlarning hammasi yagona mexanizmni tashkil qiladi. Kompaniyalar qimmatli qog‘ozlar chiqaradi, sarmoyadorlar ularni sotib oladi, birja va brokerlar savdo infratuzilmasini ta’minlaydi, regulyator esa hamma narsa qonuniy bo‘lishini nazorat qiladi.

Fond bozori — pulni eng samarali ishlay oladigan joyga yo‘naltiruvchi vosita.

IPO va ikkilamchi bozor

Birja mexanizmini chuqurroq tushunish uchun aksiyalarning muomalaga qanday kirishini anglab olish kerak. Jarayon 2 bosqichdan iborat: birlamchi va ikkilamchi bozor.

Birlamchi bozor — film premyerasiga o‘xshaydi. Kompaniya o‘zi haqida e’lon qilishga qaror qilib, birinchi marta o‘z aksiyalari yoki obligatsiyalarini sarmoyadorlarga taklif etadi. Bu IPO deb ataladi. Qizil gilamni tasavvur qiling: biznes o‘zini ommaga ko‘rsatadi, hisobotlarini oshkor qiladi, o‘sishni va’da beradi. Sarmoyadorlar beradigan pul bevosita kompaniyaga yetib boradi, kompaniya esa bu pulni zavod qurish, loyihalarni ishga tushirish yoki qarzlarni uzish uchun ishlatadi.

Ikkilamchi bozor — xuddi shu filmning kundalik namoyishiga o‘xshaydi. Aksiyalar allaqachon sotuvga chiqarilib, sarmoyadorlar orasida qo‘ldan qo‘lga o‘tadi. Kompaniya bundan yangi pul olmaydi, lekin bu yerda uning qog‘ozlarining haqiqiy bozor narxi shakllanadi. IPOda aksiya $10 turgan bo‘lsa, ikkilamchi bozorda talabga qarab $15 yoki $7 ham bo‘lishi mumkin.

Birlamchi bozor kompaniyalarga, ikkilamchi bozor esa sarmoyadorlarga kerak. Birinchisi biznesga rivojlanish uchun pul bersa, ikkinchisi sarmoyadorlarga erkin savdo qilish va bitimga tez kirish yoki chiqish imkonini yaratadi. IPO yirik o‘yinchilarga nasib etadi, lekin ikkilamchi bozorga hamma kira oladi.

O‘zbekistonda fond bozori

Bizning asosiy savdo markazimiz «Tошкент» Respublika fond birjasi (UzSE) hisoblanadi. Bu yerda mahalliy kompaniyalarning aksiya va obligatsiyalari muomalada bo‘ladi. Bitimlar brokerlar orqali amalga oshiriladi, tizim xaridorlar va sotuvchilarni avtomatik ravishda bog‘laydi, birja esa narxlar va savdo natijalarini e’lon qilib boradi.

Xususiy sarmoyador nima sotib olishi mumkin? O‘zmetkombinat, Qizilqumsement, banklar va ayrim sanoat korxonalarining aksiyalarini. Lekin, tanlash imkoniyati kam va likvidlik darajasi past. Aksiyalarni sotib olish muammo emas, lekin sotish ancha qiyin bo‘lishi mumkin.

Xorijiy kompaniyalar aksiyalarini sotib olsa bo‘ladimi?

Endi asosiy savol: Toshkentda Apple, TESLA yoki Microsoft singari gigant kompaniyalarga sherik bo‘lish mumkinmi? Bugungi kunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l yo‘q. «Тошкент» Respublika fond birjasi Nyu-York yoki London birjalari bilan bog‘liq bo‘lmagani uchun, UzSE’da jahon korporatsiyalari aksiyalarini topa olmaysiz. Lekin bu yo‘l butunlay yopiq degani emas. Bir qancha aylanma yo‘llar bor.

  1. Xalqaro brokerda hisob ochish

Masalan, Interactive Brokers kompaniyasi O‘zbekistonlik mijozlarni qabul qiladi va dunyoning deyarli hamma yirik birjalariga kirish imkoniyatini beradi. Lekin jarayon ancha qiyinlashadi: valyuta o‘tkazmalari, komissiyalar, soliqlar, deklaratsiyalar kabi masalalar paydo bo‘ladi.

  1. Mahalliy vositachilarga ishonish

Bu kompaniyalar mijozlarga xorijiy aksiyalarni sotib olish imkonini taklif qiladi. Bunday usul huquqiy jihatdan osonroq, pul o‘tkazmalari va hujjatlar bilan bog‘liq tashvishlar kamroq, hamma jarayonlar odatiy tizim orqali amalga oshadi. Lekin qulaylik pul turadi: komissiya yuqoriroq, qimmatli qog‘ozlar tanlovi esa cheklangan. O‘zbekistonda bunday xizmatlar hozircha rivojlanish bosqichida.

Savdo bosqichlari

Aksiyani ilk bor sotib olish yo‘li ilovani yuklab olishdan boshlanadi. Ilova Apple va Microsoft savdosi amalga oshiriladigan Interactive Brokers yoki eToro kabi xalqaro, yoki FREEDOM24 singari mintaqaviy bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonlik sarmoyador uchun bu «Тошкент» platformasi.

O‘rnatilgandan keyin, tizim shaxsingizni tasdiqlashi uchun identifikatsiyadan o‘tishingiz kerak. KYC bo‘lmasa savdo qilishingizga ruxsat berishmaydi.

Keyingi bosqich — hisobni to‘ldirish. Pul karta yoki bank orqali o‘tkaziladi, shundan keyin ilova balansida summa paydo bo‘ladi. Shunday qilib, har soniyada millionlab bitimlar tuziladigan bozorga kirish chiptasi qo‘lingizda.

Navbatdagi qadam — aksiyani tanlash. Ilovada qidiruv, narxlar grafigi, yangiliklar va tahlilchilarning bashoratlari bo‘limlariga ega onlayn do‘kon ko‘rinishida bo‘ladi. Aytaylik, yangi sarmoyador Nasdaq birjasida TESLA aksiyalarini yoki «Тошкент» fond birjasida O‘zavtosanoat aksiyalarini sotib olishga qaror qildi. Qidiruv satriga kompaniya nomini kiritadi, aksiya ma’lumotlarini ochadi va Sotib olish tugmasini bosadi.

Shundan keyin, buyurtma avtomatik ravishda brokerga — birjaga bevosita kirish huquqiga ega bo‘lgan dasturiy tizimga yuboriladi. Broker buyurtmani elektron savdo tizimiga uzatadi, u yerda algoritmlar mos taklifni qidiradi. Agar kimdir aksiyalarni sizning narxingizda sotishga rozi bo‘lsa, bitim darhol amalga oshadi.

Bir necha soniyadan keyin ilova yangilanadi va foydalanuvchi «Siz 1 ta TESLA aksiyasi egasiga aylandingiz», degan yozuvni ko‘radi. Ekrandagi xabar oddiy ko‘rinsa-da, uning ortida ulkan infratuzilma — aloqa kanallari, algoritmlar, serverlar va birja tizimlari bor bo‘lib, ular jarayonni tez, xavfsiz va aniq bajarilishini ta’minlaydi.

Agar hoziroq qimmatli qog‘ozlarni sotib olishni istasangiz, 100 mln so‘mgacha limit va 45 kungacha imtiyozli davrga ega AVO platinum kredit kartasi yordamga keladi. Ilovada ro‘yxatdan o‘tish atigi bir daqiqa vaqtingizni oladi. Hech qanday yashirin foizlar va komissiyalar yo‘q.

Xulosa

O‘zbekistonda fond bozorlari endigina rivojlanyapti, lekin eshiklar allaqachon ochilishni boshladi: mahalliy aksiyalar, xalqaro brokerlar, istiqbolli startaplar bor. Shunday ekan, qo‘rqmasdan, hatto Toshkentda turib ham jahon gigantlarining sherigiga aylanishingiz mumkin. Eng muhimi, shuni yodda tutingki, sarmoya qilish lotereya emas, balki aqlli va sabrli insonlarning o‘yinidir. Pulingiz ishlab turgan paytda, siz boshqalar faqat raqamlarni ko‘radigan joyda imkoniyatlarni ilg‘ashni o‘rganasiz. 

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

AVO ilovasini yuklab oling

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda

Yuklab olish
💸 Pul
23.10.2025
5 daqiqa
Rustam Mansurov
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 21/10/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Yangiliklar • 21.10

    AVO platinum tariflaridagi o‘zgarishlar

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 21.10

    O‘zbekistonda qanday qilib styuardessa bo‘lish mumkin? Osmon sari karyera zinapoyasi

    Nina Cherednikova

  • Bosh sahifa • 19.10

    O‘zbekistonda yosh oila qanday qilib uy sotib olishi mumkin?

    Yuna Korostelyova

  • Bosh sahifa • 17.10

    🍵 Uyda kuzgi shifobaxsh choylar damlaymiz 

    Kamilla

  • Bosh sahifa • 15.10

    Qanday hujjatlarda adashmasdan merosni olish mumkin

    Yuna Korostelyova

  • Yangiliklar • 14.10

    AVO sayohat finali 🎉

    Аvoboy


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

40