• AVO

  • AVO gap

  • Brend nima va qanday qilib uni kuchli qilish mumkin?

Brend nima va qanday qilib uni kuchli qilish mumkin?

Bir qarashda oddiy ko‘ringan «Gucci» yozuvi futbolka narxini 20 dollardan 2000 dollargacha oshirishi mumkin. Tanish logotip hatto eng mohir savdogardan ham samaraliroq tovarni «sotadi». Vaqt o‘tishi bilan ranglarning ma’lum bir uyg‘unligi millionlab odamlar uchun sifat kafolatiga aylanadi. Ammo nima uchun shunday bo‘ladi? Aslida «brend» nima o‘zi?

Keling, tushunchaning mohiyatini ko‘rib chiqaylik. Brend — bu ma’lum hissiyotlar, va’dalar, tajriba va qadriyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan tamg‘a, belgi yoki marka. Har qanday biznes uchun uning brendi nomoddiy aktivdir: u qiymatini oshiradi, foyda keltiradi, mahsulotning ahamiyati va narxiga ta’sir ko‘rsatadi hamda odamlarni, hatto u raqobatchilarnikidan qimmatroq bo‘lsa ham, aynan sizning mahsulotingizni tanlashga undaydi.

Brend nima va qanday qilib uni kuchli qilish mumkin?

Manba: https://pestleanalysis.com

Ko‘pchilik brendni faqat vizual narsa sifatida qabul qiladi: logotip, firma ranglari, naqshlar, belgilar yoki talismanlardek. Bu unchalik to‘g‘ri emas. Avvalo, har qanday brend — bu obrazdir. Bu va’da va turli assotsiatsiyalar zanjiridir. Coca-Cola — Yangi yil, oila davrasidagi suhbat, baxt. Pepsi — yoshlik va dadillik. Volvo — xavfsizlik, Prada esa — boylik.

Biz hech qachon shunchaki narsalarni sotib olmaymiz, biz bu narsalar bizga taklif qiladigan hikoyalar va niqoblarni sotib olamiz. Aslida, bir xil turdagi barcha narsalarda har doim bir xil qiymat mavjud — qanday aylantirmang, futbolka — bu har doim ma’lum bir andazalar bo‘yicha tikilgan mato bo‘lagi, xolos. Ammo bu Diesel futbolkasi bo‘lsa, demak, bu sizning anarxiya va isyonkorlik ruhining baland ko‘tarilgan bayrog‘ingizdir. Bu bir chaqiriq, bu sizning dunyodagi pozitsiyangizning ramzidir.

Brend nima va qanday qilib uni kuchli qilish mumkin?

Manba: https://hi-tech.mail.ru

Yoki, misol uchun, Microsoftning Surface rusumidagi noutbuklari.

Bu ajoyib noutbuk — u yengil, mustahkam, tezkor va zamonaviy. U chiroyli ko‘rinadi, ishlatish yoqimli, uni bilan qahvaxonada frilanserlar oldida foydalanishdan uyalmaslik mumkin. Ammo ko‘chaga chiqib, tasodifiy bir odamni tanlab, unga bepul Surface yoki MacBook tanlash imkoniyatini bersangiz, u juda katta ehtimol bilan ikkinchisini tanlaydi.

Chunki Apple — bu muvaffaqiyat timsoli. Zamonaviylik. Ijodkorlik. Hoziroq Pinterest’ga kirib, qidiruv maydoniga «modern business girl» deb yozing va sayt sizga MacBook’li go‘zal qizlarning rasmlarini ko‘rsatadi.

Bu brendning o‘zi va uni yaratish uchun shunchaki logotip chizishning o‘zi kifoya qilmaydi.

Kuchli brend qanday yaratiladi?

Kuchli brend yaratish deyarli hech qachon omad yoki tasodifga bog‘liq emas. Aksincha, agar siz hamma narsani to‘g‘ri qilgan bo‘lsangiz, faqatgina g‘ayritabiiy yomon taqdir muvaffaqiyatingizga to‘sqinlik qilishi mumkin. Qandaydir omadsizlik kabi. To‘g‘ri harakatlar ketma-ketligi bilan sizning brendingiz muvaffaqiyatga erishadi. Darhol emas, ammo baribir erishadi.

Brend nima va qanday qilib uni kuchli qilish mumkin?

Manba: https://ru.lifestyle.fit

1. Tadqiqotdan boshlang
Otishdan oldin mo‘ljalga oling. Har qanday brend ishlab chiqish tadqiqotlardan boshlanishi lozim. Hozir bozorda qanday vaziyat? Sizning biznes yo‘nalishingizda qanday raqiblar bor? Qaysi mahsulotlar muvaffaqiyatli va nima uchun? Sizning potensial mijozingiz kim, u qanday qadriyatlarga ega, unga nima yoqadi va, aksincha, nimadan jahli chiqadi?

Barchasini o‘rganing, farazlaringizni tekshiring va faqat barcha javoblar qo‘lingizda bo‘lgandan keyingina oldinga siljishingiz mumkin.

2. Pozitsiyalash
Tadqiqot bosqichida siz atrofingizdagi vaziyatni o‘rganib chiqdingiz, endi esa o‘zingizni bu vaziyatda qanday namoyon qilishingizni tushunishingiz kerak. Brend sifatida o‘zingiz kimsiz? Yoshlar uchun ish qilasizmi yoki tajribalilar uchunmi? Jasorat haqida so‘z yuritasizmi yoki aniq hisob-kitob haqidami? Tabiiylik yoki unutilmas ta’m haqida gapirasizmi?

Sut shunchaki sut sifatida do‘kon tokchalariga qo‘yilishi mumkin emas. Zamonaviy dunyoda sut faqat sut bo‘lishi yetarli emas. U alp tog‘laridan kelgan, mayin va bolalar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Yoki u mikroelementlar bilan boyitilgan sport suti bo‘lishi mumkin. Yoki u vegan, laktoza ko‘tara olmaydiganlar uchun ideal bo‘lishi mumkin. Aniqrog‘i, shunday bo‘lishi nafaqat mumkin, balki zarur.

Brend va mahsulotni to‘g‘ri pozitsiyalash sizga darhol auditoriyangiz e’tiborini jalb qilishga, raqobatchilar orasida ajralib turishga va asta-sekin bozorda o‘z ulushingizni shakllantirishga yordam beradi.

Brend nima va qanday qilib uni kuchli qilish mumkin?

Manba: https://chrono-group.com

3. Asosiy g‘oya
«Just Do It» haqida eshitganmisiz? Yoki «Impossible Is Nothing» haqida-chi? «Think Different» qanday?

Har bir brendning asosiy g‘oyasi, fikri bor, unga asoslanib qolgan hamma narsa quriladi: logotip, reklama roliklari, ko‘chalardagi bannerlar, frilanser-proumoterlar qo‘lidagi flayerlar. Keling, masalan, Dove brendini olib ko‘raylik.

Dove shunday deydi: «Sen qanday bo‘lsang, shundayligicha go‘zalsan». Ular tabiiy go‘zallik tarafdori va hammani doimo shu fikrga amal qilishga undaydi — Instagram filtrlari yo‘qolsin, tonnalarcha pardoz-andoz yo‘qolsin, plastik jarrohlik yo‘qolsin, umuman, dunyo senga go‘zallik nimaligini aytib bera olmaydi. Ko‘pchilik bu nuqtai nazarni qo‘llab-quvvatlaydi. Dove brendi aynan shu pozitsiya (va shu g‘oya) asosida qurilgan. Mana bu brendning rolikini ko‘ring.

DOVE - When did you stop thinking you were beautiful?

Agar siz kuchli brend yaratmoqchi bo‘lsangiz, o‘zingizning asosiy g‘oyangizni topish nihoyatda muhim. Sizning bosh g‘oyangizni.

4. Brend strategiyasi
Har qanday yaxshi brendga harakat rejasi kerak — yaqin bir yil, uch yil, besh yil uchun. Brendingizni qanday targ‘ib qilasiz, qaysi aloqa kanallaridan foydalanish kerak, bunga qancha mablag‘ ajratishga tayyorsiz va qanday natijalar kutmoqdasiz.

Natijada sizda mavhum istaklar xaritasi emas, balki aniq, bosqichma-bosqich yo‘riqnoma paydo bo‘lishi muhim.

Brend nima va qanday qilib uni kuchli qilish mumkin?

Manba: https://www.alamy.com

5. Brend ko‘rinishi
Logotip baribir kerak. Firma ranglari ham. Bu eng muhimi emas, lekin muhim — odamlar sizning brendingizni raqiblardan ajrata olishi uchun aniq vizual belgilariga tayanishlari kerak. Bu belgilarni toifa qoidalariga muvofiq ishlab chiqish mumkin: masalan, fast-fud brendlari ko‘pincha sariq rangdan foydalanadi, chunki u ishtahani qo‘zg‘atadi va umuman olganda optimistik ko‘rinadi. Premium tovarlar ko‘proq qora rangga moyil. Ayollar tovarlari ko‘pincha pushti rang bilan belgilanadi.

Bu qoidalar vaqt o‘tishi bilan shakllangan, ammo bu ularni buzish mumkin emas degani emas. Misol uchun, dunyoda «Liquid Death» ichimlik suvi brendi mavjud — brend nomining so‘zma-so‘z tarjimasi «Suyuq o‘lim» degan ma’noni anglatadi. 2022-yilda brend 130 million dollar daromad qilgan.

Brend nima va qanday qilib uni kuchli qilish mumkin?

Manba: https://momichetata.com

Brendni kuchli, shopingni esa qulay qiling!

AVO to'lov stikerini oching va xaridlarni bir teginishda to'lang

Kartani olish

O‘zbekistonda umumiy holat

Bizda ham yuqorida tasvirlangan barcha bosqichlarni bosib o‘tgan kuchli brendlar bor.

2006-yilda Toshkentda Lavash Center degan taomxona ochilgan edi — u kechasi ham ishlardi va u yerda mazali lavash tayyorlashardi. Bu somsaning ajoyib muqobiliga aylandi. Bugun bu taomxona Evos brendiga aylangan.

Bundan tashqari, bizda Anglesey Food degan mahalla do‘konlari bor edi — bugungi kunda ular Korzinka brendi ostidagi yirik supermarketlarga aylangan.

Brend nima va qanday qilib uni kuchli qilish mumkin?

Manba: https://lifehacker.ru

AVO haqida ham unutmaslik kerak: biz bozorga o‘zbekistonliklar uchun mutlaqo yangi mahsulot — kredit kartalari bilan kirib keldik va mamlakatning har bir fuqarosi hozir va shu yerda biroz ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lishi uchun buni faol ravishda targ‘ib qilishga harakat qilmoqdamiz.

Ushbu brendlarning barchasini marketingga strategik yondashuv birlashtiradi: masalan, Evosni olaylik, unga mohirona rebrending «ko‘cha taomxonalari» orasida ajralib turishga yordam berdi, reklamaga sarmoya kiritish esa brendni mashhur qildi va natijada keng omma oldida yanada ishonchliroq qildi.

Bunday brendlarning reklama byudjeti haqiqatan ham osmonga chiqishi mumkin — aniq raqamlarni keltira olmayman, chunki har bir brend o‘z marketing xarajatlarini puxta yashiradi. Agar O‘zbekistonning eng mashhur kanallaridan biri — «Zo‘r TV»ning reklama joylashtirish narxlar ro‘yxatiga nazar tashlasak, bu raqamlarni taxminan tushunishimiz mumkin.

Primetaym vaqtidagi 30 soniyalik qayd etilgan efir 8 500 000 so‘mni tashkil etadi. Kun davomida 3 tadan 8 tagacha reklama slotlari bo‘lishi mumkin — shu davrda 90 soniya reklama ko‘rsatilganini tasavvur qilaylik. Natijada 25 500 000 so‘m hosil bo‘ladi — bu faqat bitta telekanalda bir kunlik reklamaning narxi xolos!

Brend nima va qanday qilib uni kuchli qilish mumkin?

Manba: https://www.google.com

Albatta, yirik brendlar ham ahmoq emas. Bu ulkan mablag‘lar u yoki bu tarzda o‘zini oqlaydi: hech bo‘lmaganda, tanilish orqali. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston telekanallari 6 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lgan mamlakat aholisining 94 foizidan ortig‘ini qamrab oladi. Bu esa ertaga xarid paytida tovarlarni taqqoslaganda, odam tanish narsani tanlashiga olib keladi — «Men buni televizorda ko‘rganman, demak, ishonchsiz firma emas, sinab ko‘raman, sotib olaman».

Xuddi shu tamoyil boshqa turdagi reklamalarda ham ishlaydi: masalan, ko‘chalardagi LED-ekranlarda. Misol uchun, AVO reklamasini eslang — shahardagi bilbordlarda bu brend reklamasini qanchalik tez-tez ko‘rasiz? Bunday aloqa bozorni zabt etishning faqat birinchi bosqichi: avval seni bilishlari, keyin eslab qolishlari, so‘ng sevib qolishlari kerak. Bu uzoq va murakkab yo‘l, lekin uni har bir brend bosib o‘tishi lozim.

Yuqoridagi misollar shuni isbotlaydiki: kuchli brendni O‘zbekistonda ham qurish mumkin, buning uchun Apple yoki Microsoft bo‘lish shart emas. Agar fikringizda o‘z brendingizni yaratish istagi bo‘lsa, dadil harakat qiling. Chunki, yuqorida ta’kidlaganimdek, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kerakli yo‘nalishda tinimsiz va to‘g‘ri ishlash albatta muvaffaqiyatga olib keladi.

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.

🧣 Moda va stil📖 Ta'lim
03.10.2024
15 daqiqa
Said Nazrillayev
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 21/10/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Yangiliklar • 21.10

    AVO platinum tariflaridagi o‘zgarishlar

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 21.10

    O‘zbekistonda qanday qilib styuardessa bo‘lish mumkin? Osmon sari karyera zinapoyasi

    Nina Cherednikova

  • Bosh sahifa • 19.10

    O‘zbekistonda yosh oila qanday qilib uy sotib olishi mumkin?

    Yuna Korostelyova

  • Bosh sahifa • 17.10

    🍵 Uyda kuzgi shifobaxsh choylar damlaymiz 

    Kamilla

  • Bosh sahifa • 15.10

    Firibgarlar siz kutmagan yerdan chiqadi: aldanib qolishingiz mumkin bo‘lgan sohalar

    Nina Cherednikova

  • Yangiliklar • 14.10

    AVO sayohat finali 🎉

    Аvoboy


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

433