• AVO

  • AVO gap

  • To'g'ri texnologiyalar va jamoa — AVO muvaffaqiyatining kaliti!

To'g'ri texnologiyalar va jamoa — AVO muvaffaqiyatining kaliti!

«Zamonaviy raqamli biznesda muvaffaqiyatga erishishning bosh kaliti — bu, keng tanlovli texnologiyalar orasidan biznesni to’g’ri yuritish va kengaytirish uchun muvofiq keladiganlarini tanlay olishdir» — Anton Chan, Boshqaruv kengashi a’zosi, AVO texnologiyalari direktori.

Bankni noldan boshlab qurishda AVO bankni yorqin misol sifatida keltirishimiz mumkin. Zamonaviy va vaqt sinovidan o’tgan texnologiyalarga tayangan holda biz yangi raqamli bankni qurishga muvaffaq bo’ldik. Bu yo’lda biz uchragan eng katta qiyinchilik biznes-strategiyamizning tezkorlik, moslashuvchanlik, ishonchlilik va kengayishga doim tayyor bo’lish kabi talablariga javob beradigan texnologiyalarni tanlash bo’ldi.

Jamoamiz bilan qo’llaydigan tizimlarni loyihalashtirish davomida biz mikroxizmat yondashuvini tanladik. Chunki bu yondashuv biz o’ylagan har bir mantiq va jarayonni alohida xizmatga aylantirish imkonini berdi. Shu orqali mijozlar tajribasini avtomatlashtirish, bir yil ichida raqamli bankni ishga tushirish va shu bilan birga, bozor iqtisodiyotida belgilanadigan o’zgarishlarni birma-bir tizimga tatbiq etib borishga erishdik.

AVO ilovasini ishlab chiqishda turli avlod va Apple yoki Android kabi platformali smartfonlardan foydalanuvchi mijozlarimizga bir xil interfeys va o’zaro teng imkoniyatli tajribani taqdim etuvchi zamonaviy framework’dan foydalanishga qaror qildik.

Shu ikki texnologiya yordamida biz foydalanuvchilar interfeysini modifikatsiya qilish va mijozlarga keng qamrovli imkoniyatlarni yetkazish jarayonini tezlashtirishga muvaffaq bo’ldik.

Bugungi kunda ilovamizni yuklab olishlar soni 1 milliondan oshdi. Biz uchun bu juda yaxshi natija. Bu «AVO platinum kredit kartasi» ning jozibadorligi va bank bilan birgina ilova orqali bog’lanish mumkinligini ko’rsatdi. Shu bilan birga, talabning ko’pligiga qaramay, AVO zamonaviy texnologiyalar yordamida o’z foydalanuvchilarini ishonchli va hamma uchun ochiq xizmatlar bilan ta’minlay olganligining isbotiga aylandi.

AVO — bu, noyob mahsulotlar va texnologiyaga doir yuqori qarorlar jamlanmasi. Shu qatorda jamoamiz tomonidan loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan AVO kartomatlari bizning eng katta yutuqlarimizdan biri. Ushbu kartomatlar mijozlarimizga AVO platinum Mastercard plastik kartasini 30 soniyadan kam vaqt ichida mustaqil olish imkonini beradi.

Ammo, muvaffaqiyatimizning bosh kaliti — bizning jamoamiz! Jamoamizning har bir a’zosi bank va mikromoliyaviy ilovalarni ishlab chiqarishda boy tajribaga ega. Jahonning Malayziya, Xitoy, Vyetnam, Buyuk Britaniya, Rossiya, AQSH, Turkiya, Indoneziya, Singapur, Shri Lanka, Qozog’iston, Estoniya, Hindiston, Gruziya va, albatta, O’zbekiston davlatlarida tajriba orttirgan mutaxassislar safimizdan o’rin olgan. Bu bizga jahonning eng so’nggi tajribalaridan foydalanish imkonini taqdim etadi.

Bankni noldan qurish to’g’risidagi qarorimiz, shu bilan birga, yangi texnologiyalarni qo’llashga tayyorligimiz va kuchli professionallardan iborat jamoamiz qisqa muddat ichida raqamli bank va «AVO platinum kredit kartasi» ni loyihalashtirish, ishlab chiqish va yo’lga qo’yishimizga sabab bo’ldi.

Bizning maqsadimiz — shunchaki o’zgarishlarga moslashib olish emas, balki ularni harakatga keltiruvchi kuchga aylangan holda, yangi mahsulotlar va texnologiyalarni hayotimizga tatbiq qilish hamda mijozlar tajribasini yaxshi tomonga o’zgartirishdan iborat.

Anton Chan, Boshqaruv kengashi a’zosi, AVO texnologiyalari direktori.

22.07.2024
5 daqiqa
AVO bank press-markazi
Yangililklar muharriri

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 14/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.