• AVO

  • AVO gap

  • Sindikatlashtirilgan kredit

Sindikatlashtirilgan kredit

Iqtisodiyot o‘sib, yirik loyihalar paydo bo‘lganda, ko‘pincha bitta bankka resurs yetishmaydi. Katta miqdorda va uzoq muddatga pul kerak bo‘ladi. Bunday hollarda sindikatlashtirilgan kreditdan foydalanishadi. Qarz oluvchi pulni birdaniga bir nechta bankdan oladi, xavflar esa ular o‘rtasida taqsimlanadi. Bu sanoat va energetika faol rivojlanayotgan joylardagi yirik korporatsiyalar va davlat tuzilmalari uchun qulay.

Sindikatlashtirilgan kredit nima?

Sindikatlashtirilgan kredit — bu bir qarz oluvchining bir guruh banklar yoki moliyaviy muassasalardan bitta shart asosida oladigan qarz. Ular orasidan yetakchi bank saylanadi. U muzokaralar olib boradi, kelishuvni tashkil qiladi va keyin kreditni kuzatib boradi.

Bunday kredit bitta bank uchun summa juda katta bo‘lganda yoki butun xavfni bitta bankka yuklab qo‘ymaslik muhim bo‘lganda qo‘llanadi. Ushbu model energetika obyektlari, transport va yirik ishlab chiqarish majmualariga qarz berayotganda qo‘llanadi. Qarz oluvchi katta miqdordagi pul va bir nechta ishtirokchilarning tajribasiga ega bo‘ladi, banklar esa xavf va daromadni o‘zaro bo‘lishadi.

Sindikatlashtirilgan kreditning afzalliklari

Sindikatlashtirilgan kredit bitta bank bera olmaydigan katta miqdordagi pul olish imkonini beradi. Xavf ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanadi, shuning uchun har bir bankka tushadigan yuklama kamroq bo‘ladi. Kredit shartlari — stavka, muddat, qaytarish jadvali — barcha tomonlar uchun bir xil, bu esa bitimni tushunarli qiladi.

Bir nechta bank ishtiroki loyihaga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Bozor uchun bu qarz oluvchining ishonchli ekanini bildiradi. Bunday format banklarga ham mamlakat ichida, ham tashqi hamkorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.

Rasmiylashtirish jarayoni

Sindikatlashtirilgan kreditni rasmiylashtirish jarayoni oddiy kreditga qaraganda qiyinroq o‘tadi va vaqt talab qiladi. Birinchi sindikat tashkilotchisi — bunday bitimlar bo‘yicha tajribaga ega bankni tanlashadi. U qarz oluvchi bilan birga kreditning asosiy shartlarini — maqsadi, summasi, muddati, ta’minoti, foiz stavkasi bo‘yicha mo‘ljalni tayyorlaydi. Bu shartlarni taklif memorandumida yozishadi.

Keyin tashkilotchi boshqa banklarga qo‘shilishni taklif qiladi va sindikat tuzadi. Barcha parametrlar kelishilgandan keyin barcha ishtirokchilar va qarz oluvchi yagona kredit shartnomasini imzolashadi. Butun jarayon loyiha hajmi va banklar soniga qarab bir necha haftadan bir necha oygacha davom etishi mumkin.

Sindikatlashtirilgan kreditdan qachon foydalansa bo‘ladi?

Sindikatlashtirilgan kredit aniq bir loyiha uchun katta pul kerak bo‘lganda qulay. Bu yo‘llar, elektr stansiyalari, suv infratuzilmasi obyektlari qurilishi va boshqa yirik loyihalar bo‘lishi mumkin. Undan ishga tushirish katta sarmoya talab qiladigan sanoat dasturlarida ham foydalanishadi.

Shuningdek, bunday kredit kompaniyalarni sotib olish yoki birlashtirishda, bir marta katta miqdorda pul to‘lash kerak bo‘lganda asqatadi. Yana, kompaniya qarzlarining tuzilishini o‘zgartirib, uni yanada qulay qilmoqchi bo‘lganida, qayta moliyalashtiradi. Bunda ham sindikatlashtirilgan kredit yordamga keladi. O‘sish va diversifikatsiyaga intilayotgan iqtisodiyotda bunday kreditlar bitta moliyalashtirish manbasini ortiqcha qiynamasdan yirik loyihalarni amalga oshirishga yordam beradi.

Kelajak — jamoaviy moliyalashtirishda

Sindikatlashtirilgan kredit — nafaqat pul topish yo‘li, balki biznes va bank sektori o‘rtasidagi hamkorlik shakli hamdir. Iqtisodiyot o‘sishi va katta loyihalar ko‘payishi bilan bunday vositalarga ehtiyoj ortadi.

Sindikatlashtirilgan kredit rivojlanishi uchun tushunarli qoidalar, shaffof kelishuvlar va moliya institutlarining hamkorlikda ishlashi muhim. Bunda sindikatlashtirilgan kredit uzoq muddatli rivojlanishning barqaror mexanizmiga aylanadi va real iqtisodiyotda yirik loyihalarni moliyalashtirishga yordam beradi.

AVO ilovasini yuklab oling

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda

Yuklab olish
Kredit
26.11.2025
5 daqiqa
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 20/11/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Yangiliklar • 27.11

    AVO bank Boshqaruv raisi o‘z faoliyatini yakunlab, yangi professional bosqichga o'tmoqda 

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 25.11

    Korporatsiyalar yangi yil kayfiyatingizdan qanday pul ishlashadi

    Rustam Mansurov

  • Bosh sahifa • 23.11

    Skamerlar internetda bolalar va o‘smirlarni qanday aldashadi

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 20.11

    Gringotts O‘zbekistonda ochilganida, goblinlar qanchaga qamalgan bo‘lardi?

    Rustam Mansurov

  • Bosh sahifa • 17.11

    Kelajak kasblari: hozir qaysi sohaga o‘qigan ma’qul?

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 13.11

    Bayramlar mavsumidan qarzsiz chiqib olish: Yangi yil sovg‘alarini olishda kredit karta qanday yordam bergani haqida

    Nasiba Kamilova


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

21