2025-yil 31-may kuni Hyatt mehmonxonasida mamlakatdagi 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar uchun eng yirik texnologik dastur — Technovation Girls Uzbekistan 2025 finali bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi tanlovda 1 500 nafardan ortiq qiz ishtirok etdi.
AVO tanlov yakuniy tadbirining hamkori sifatida qatnashib, yakuniy taqdimotlarni diqqat bilan kuzatib bordi. O‘nlab kuchli loyihalar orasidan mazmun va yondashuv jihatidan alohida e’tiborga loyiq bo‘lgan 2 ta loyihani tanlab oldik.
Technovation Girls nima
Bu 100 dan ortiq mamlakatda o‘tkaziladigan xalqaro tanlov bo‘lib, unda qizlar jamiyatda mavjud bo‘lgan haqiqiy muammolarni hal qiluvchi mobil ilovalar yoki sun’iy intellekt loyihalarini yaratadilar. Tanlov Tech4Impact tashkilotchiligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Yandex Uzbekistan bosh hamkorligida o‘tkazildi.
O‘zbekistonda mazkur dastur 2017-yildan beri o‘tkazib kelinmoqda, 2025-yilda esa uning to‘qqizinchi mavsumi o‘tkazildi. Technovation Girls 5 oy davom etadi. Shu muddat ichida jamoalar o‘z shaharlaridagi muammoni aniqlashdan tortib, yechim ishlab chiqish, biznes-reja tuzish va taqdimot videosini suratga olishgacha barcha bosqichlarni bosib o‘tadilar.

Dasturga qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Tanlov ishtirokchilari ta’lim, sog‘liqni saqlash, migratsiya, ishsizlik, maktablardagi zo‘ravonlik, gender tengsizligi, iqlim o‘zgarishi, ijtimoiy faollik va ko‘ngillilik kabi ko‘plab sohalardagi mahalliy muammolarni hal etish uchun sun’iy intellektdan foydalanib, mobil ilovalar va loyihalar yaratadilar.
Final qanday o‘tdi
Final mamlakatimizning 8 ta hududidan — Toshkent, Nukus, Namangan, Urganch, Jizzax, Samarqand, Andijon va Farg‘onadan 1 500 dan ortiq ishtirokchi, murabbiy, ota- onalar, OAV vakillari va mehmonlarni bir yerda yig‘di. Qizlar o‘z loyihalarini taqdim etib, namoyishlar ko‘rsatdilar hamda g‘oyalariga qanday kelganlari haqidagi tajribalarini o‘rtoqlashdilar.
Loyihalar nafaqat texnologiyalar haqida edi, balki odamlar kundalik hayotda duch keladigan haqiqatan ham muhim va murakkab masalalarni ham yoritib berdi. Har bir jamoa o‘zini qiziqtirgan mavzuni tanlab, raqamli vositalar orqali unga yechim topishga harakat qildi.
Nominatsiya mavzulari quyidagilardan iborat edi:

AVO tomonidan qo‘llab-quvvatlangan loyihalar
SignFlow — NextGen Coders jamoasi, Toshkent
Senior division
Eshitish qobiliyati cheklangan insonlar bilan gaplashish uchun mobil ilova. U sun’iy intellekt yordamida matnni imo-ishora tiliga va aksincha o‘gira oladi. Bu ilova kundalik turmushda, maktablarda va hatto tibbiyotda ham foydali bo‘lib, imkoniyati cheklangan shaxslarning hayoti va muloqotini yaxshilashga xizmat qiladi.
▶️ Videoni ko‘rish
🌱 TozaAir — Jinx jamoasi, Namangan
Junior division
Havoning ifloslanish darajasini ko‘rsatadigan va odamlarga ekologik xatti-harakatlarni tavsiya etadigan veb-ilova. Qizlar odamlar nafas olayotgan havo haqida ko‘proq g‘amxo‘rlik qilishlarini va atrof-muhitga qanday ta’sir o‘tkazishlari mumkinligini anglab yetishlarini istashadi.
▶️ Videoni ko‘rish
Nima uchun bu haqiqatan ham muhim
Technovation Girls dasturi butun mamlakat bo‘ylab minglab qizlarga ilhom bergan. 2017-yilda ishga tushganidan buyon ishtirokchilar soni 4 baravarga oshdi va har yili qiziqish tobora kuchayib bormoqda. Biroq gap faqat raqamlarda emas: tashkilotchilar ma’lumotlariga ko‘ra, bitiruvchilarning 78% i IT yoki biznes sohasida karyera qurishni jiddiy o‘ylay boshlaydilar.
Bu shunchaki tanlov emas. Bu — kelajakda startaplar yaratadigan, mahsulotlarni rivojlantiradigan, texnologiyalar quradigan va o‘yin qoidalarini o‘zgartiradigan insonlar uchun haqiqiy boshlang‘ich nuqta.

AVO uchun IT sohasidagi qizlarni qo‘llab-quvvatlash 1 martalik tadbir emas. Biz muntazam ravishda ta’lim loyihalarida ishtirok etamiz, sohaga oid tadbirlarning hamkori bo‘lamiz va yangi avlod dasturchi, tadqiqotchi hamda tadbirkor qizlarning o‘sishini hurmat bilan kuzatib boramiz.
