Bu yozda 2 yil deganda endi oilam bilan ta’tilga chiqishni rejalashtirgan edim. 4 kishi uchun yetarli pul yig‘ishni kutish uzoq vaqt talab qilardi. Lekin tezroq dam olishga borgim kelayotgandi. Birinchi do‘stlarimdan qarz olishni o‘yladim, lekin keyin kredit olishga qaror qildim.
Banklarning takliflari ko‘zlarimni qamashtirib yubordi. Shunda ham e’tiborimni tortgan bir taklif — AVO platinum kredit kartasi bo‘ldi. Uning virtual versiyasini ilovada atigi 2 daqiqada bepul buyurtma qilish mumkin ekan.
Hammasi juda tez va bankka borishni talab qilmaydi
Jismoniy kartani kartomatdan olish juda qulay. AVO kartomatlari mamlakatning barcha asosiy joylarida joylashgan. Ofisimga eng yaqin nuqtani tanladim va QR-kodni skanerladim — 30 soniya ichida karta qo‘limda edi. Kartomat tun-u kun, haftaning 7 kuni ishlaydi, hech qanday qog‘oz va pasport talab qilmaydi.

Puldan 45 kungacha foizsiz foydalanaman
Bankka shaxsan borish va ma’lumotnomalarni yig‘ish uchun sarflanadigan vaqtni tejashdan tashqari, AVO platinum kredit kartasining quyidagi jihatlari menga juda yoqib tushdi:
- kredit limiti 100 mln so‘mgacha va imtiyozli davr 45 kungacha;
- pulni O‘zbekiston ichida ham, chet elda ham ishlatish mumkin. Sayohatim uchun imtiyozli davr yetarli bo‘ldi;
- birinchi xarid uchun 100 000 so‘mgacha keshbek va har bir keyingi xarid uchun 1% keshbek beriladi.
Natijada nafaqat chipta va qahva xarid qildim, balki pulning bir qismini bonuslar shaklida qaytarib ham oldim. Buning uchun hech kimga qo‘ng‘iroq qilishim, bank filialini yoki va’da bergan odamlarni qidirishim shart bo‘lmadi — hammasini onlayn, bank ilovasida qildim.
AVO’ga bo‘lgan sodiqligim noldan 100 ballgacha oshdi.
Men va sodiqlik dasturi: ilk QR-koddan muhabbat
Keyin voqealar o‘z o‘zidan rivojlanib ketdi.
Aeroportdayoq foydali xususiyatlar haqida o‘qiy boshladim va AVO sodiqlik dasturiga ko‘zim tushdi. Men bunday dasturlarning ishqiboziman. Muntazam ravishda QR-kodlarni skaner qilaman, tushungandirsiz. Keshbek bor joyda men ham borman 😉
Menga yoqqan narsa — bu yulduzchalar va mayda harflarsiz shaffoflik. Bonus yig‘asiz va keyin ularni pulga almashtirasiz: 1 bonus = 1 so‘m. 150 000 yig‘ilishi bilan hisobimga qaytarib oldim.
Xarid qilishim bilan darhol yig‘ishni boshladim. Meni na yashirin shartlar, na ayyorona hiylalar kutardi. Hatto qahva uchun ham keshbek oldim.
Ana shunda tushundim: AVO chindan ham uning mahsulotlaridan foydalanishimni istaydi.

AVO olamiga xush kelibsiz
45 kungacha foizsiz imkoniyatga ega kartani oling
Omonat orqali moliyaviy yetuklik
Ta’tildan qaytgach, pul yig‘sammikan deb o‘ylab qoldim. Ilgari AVO’dan foydalanganim uchun hammasi qulay va shaffof, keshbek ham kechikishlarsiz ekanligidan ko‘nglim to‘q edi.
Ilovaga kirib, 5 daqiqada AVO omonatini ochdim.
Men uchun eng muhimi shundaki, foizlar har kuni hisoblanib, 1 oyda 1 marta to‘lanadi. Yana xohlagan paytimda omonatni to‘ldirishim va undan pul yechib olishim mumkin — nihoyat, omonatdagi pul meniki ekanligiga ishonchim komil
Endi pulimning bir qismi men uchun ishlayapti, xuddi bir paytlar men ular uchun ishlaganimdek. Hech qachon o‘zimni bunchalik yetuk va moliyaviy savodli his qilmagandim.
Mini-karta, bir olam foyda. AVO olamidan yordam qo‘li
Televizordagi reklamada qo‘shiqchi Polina Gagarinaning bitta uzuk bilan to‘lov qilayotganini ko‘rganimda, darhol to‘lov uchun shunday oddiy va ixcham narsani xohlab qoldim. Bu istakni amalga oshirish uchun AVO to‘lov stikerini — xohlagan joyga, hatto krossovkaga ham yopishtirish mumkin bo‘lgan mini-kartani buyurtma qildim. Uni telefonimga yopishtirib qo‘ydim va hamyonimni unutib qolgan paytimda, terminalga stikerni tekkizib, xaridlarimni to‘ladim.
Bu kichkina narsa nafaqat smartfonimni bezab turibdi, balki qiyin vaziyatlarda ham yordam beryapti.

Yana ko‘proq yoqimli syurprizlar
Bundan tashqari, ajoyib bonus — hamkorlik aksiyalari ham bor. Giotto’da AVO platinum bilan to‘laganimda 10% chegirma oldim. Keyin esa MyTaxi ilovasiga kartamni ulaganimda, undagi safarim uchun 20% chegirma berdi.
Aksiyalar avtomatik tarzda ishlaydi. Kredit kartasi olib, ko‘plab qo‘shimcha imtiyozlarga ega bo‘ldim va hozir ham foyda olyapman.
Ijtimoiy tarmoqlardagi postdan — AVO gap blogidagi maqolaga
Avvaliga moliyaviy bilimlarim bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishmoqchi edim, lekin AVO gap bilan tanishganimda, fikrlarim bu blog uchun alohida maqola yozishga arziydi degan xulosaga keldim.
Bu yerda bank rasmiyatchilik tili emas, balki «Nafaqaga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak» yoki «Nomingizga kredit olishsa nima qilish kerak» kabi oddiy maqolalar bor.
Endi biror moliyaviy masalani tezda tushunmoqchi bo‘lsam, o‘sha saytga kirib, murakkab atamalar ishlatilmagan materiallarni topaman — u yerda hammasi sodda, kundalik tilda tushuntirilgan.
Xuddi bu maqoladagidek.
Maqolani oxirigacha o‘qib chiqdingiz va fikrlarim foydali bo‘ldi degan umiddaman.