• AVO

  • AVO gap

  • Oltin va qimmatbaho toshli bezaklar: dunyodagi 5 ta eng qimmat archa

Oltin va qimmatbaho toshli bezaklar: dunyodagi 5 ta eng qimmat archa

Yangi yil yaqinlashgan sari odatdagi «Bu yil archani qanday bezasam ekan,» degan savolga qaytamiz. Klassik yondashuvni tanlab, o‘z tarixiga ega bo‘lgan eski o‘yinchoqlarni osish mumkin. Yoki yashil qo‘g‘irchoqni brend aksessuarlar va qimmatbaho toshlar bilan yanada bejirim qilish ham mumkin.

Ushbu archalarning yaratuvchilari aynan shu yo‘lni tanlab, Yangi yil ramzi imkon qadar dabdabali bo‘lishi kerak degan fikrga kelishgan. Yana, xarajatlar bo‘yicha dunyo rekordini ham qo‘yishga harakat qilishgan.

Image: Kempinski Hotel Bahia

1. BVLGARI, Cartier va tuyaqush tuxumlari bilan bezatilgan archa

Narxi: $15 mln
Bu archani 2019-yilda Ispaniyaning Marbella kurort shahridagi Kempinski Hotel Bahia mehmonxonasida o‘rnatishgan. Uni «Eng qimmat narsalar qirolichasi» deb nom olgan Debbi Uingem bezagan. U eng qimmat tort, ko‘ylak va tufli bo‘yicha dunyo rekordlarini qo‘ygan.

Dizayner archani BVLGARI, Cartier, CHANEL kabi brendlarning zargarlik buyumlari, olmoslar, shokolad tovuslar, patlar, tuyaqush tuxumlari va atir idishlari bilan bezagan. Eng qimmat bezak — 24 karatli oltindan yasalib, 200 karat olmos o‘rnatilgan, narxi $1,3 mln lik dollar kupyurasi bo‘ldi.

🤩 Pinterestdagi archa

Chiroqlar, shar-u zarlar — kredit limiti hisobidan ko‘nglingiz tusaganini oling

Limit olish

2. Ginnes rekordlari kitobiga kirgan archa

Narxi: $11,4 mln
Bu hurliqo Ispaniyalik raqibi uni dog‘da qoldirmagunicha 9 yil davomida dunyodagi eng qimmat archa bo‘lib kelgan. U Abu-Dabidagi Emirates Palace mehmonxonasida o‘rnatilgan. Ginnes rekordlari kitobida hali ham o‘z unvonini saqlab qolgan. U joylashgan mehmonxona esa har tomonlama lyuks hisoblanadi. Hattoki undagi bankomatlar oltin quymalar beradi.

O‘zi 13 metrli daraxt arab hamyoni uchun juda arzon tushdi — atigi $10 ming. Lekin zargarlik butiklari yordamida uni $11 mln lik bezaklar bilan bezashdi. Bunda olmoslar, zumrad, sapfir va marvariddan ishlangan taqinchoqlar bezak bo‘lib xizmat qildi.

Image: Sven Hoppe/dpa (Photo by Sven Hoppe/picture alliance via Getty Images)

3. Oltin tangalardan yasalgan piramidasimon archa

Narxi: $5,5 mln
Yangi yil archasi albatta daraxt bo‘lishi kerak deb kim aytdi? 2024-yilda Bavariya poytaxti Myunxenda oltin tangalardan iborat 63 kg lik installyatsiyani taqdim etishdi. Uni pro aurum kompaniyasi Avstriya zarbxonasi bilan hamkorlikda o‘rnatdi.

3 metrlik akril asosga 2024 dona filarmoniker tangalarini taqishdi. Vena filarmoniya orkestrining cholg‘u asboblari rasmi tushirilgan Avstriyaning oltin kolleksion tangalari filarmoniker deyiladi.

4. Uolt Disneyning oltin archasi

Narxi: $4,2 mln
Bu archani 2012-yilda Tokiodagi GINZA TANAKA zargarlik uyida namoyish qilishdi. 40 kg lik oltin daraxtni Uolt Disneyning 110 yilligiga bag‘ishlab yaratishdi.

Archani Disneyning eng mashhur multfilmlaridagi 50 ta oltin qahramon bilan bezashdi. Bu yapon zargarlik uyining ilk ishi emas. 2007-yilda GINZA TANAKA 20 kg lik oltin Santa-Klausni yasashgan.

Image: KAZUHIRO NOGI/AFP via Getty Images
Image: YOSHIKAZU TSUNO/AFP via Getty Images

5.  Gulli archa va ayiqcha

Narxi: $1,8 mln
Balandligi 40 sm bo‘lgan gulli archani quritilgan atirgullardan yasab, Avstraliya hamda Afrikadan keltirilgan olmoslar bilan bezashgan. Yaproqlardagi qimmatbaho toshlar tonggi shudringni eslatadi. Archa dizaynini Parijdagi Claude Quinquaud gullar butigi va Yaponiyaning Takashimaya do‘konlar tarmog‘i birgalikda yaratgan. Archa yonida olmosli munchoq taqib olgan ayiqcha ham bor edi.

Endi siz taniqli Yangi yil ramzini qanchalik noodatiy qilib bezash mumkinligini bilasiz. AVO platinum kredit kartasi bilan bayram kayfiyatida tejamasdan, yaqinlaringiz orzu qilgan sovg‘alarni sotib olishingiz yoki boshqa davlatga uchib, bu yil Dubay yoki Avstriyadagi qimmat archalarni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib kelishingiz mumkin.

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

AVO ilovasini yuklab oling

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda

Yuklab olish
🏄🏻‍♂️ Layfstayl💸 Pul
03.12.2025
4 daqiqa
Islam Osmanovich Roziev
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 20/11/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 01.12

    Arzon Yangi yil sayohatlari bo‘yicha qo‘llanma: qayerda yashash, nimada yurish va nima yeyish mumkin

    Yuna Korostelyova

  • Yangiliklar • 27.11

    AVO bank Boshqaruv raisi o‘z faoliyatini yakunlab, yangi professional bosqichga o'tmoqda 

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 25.11

    Korporatsiyalar yangi yil kayfiyatingizdan qanday pul ishlashadi

    Rustam Mansurov

  • Bosh sahifa • 23.11

    Skamerlar internetda bolalar va o‘smirlarni qanday aldashadi

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 20.11

    Gringotts O‘zbekistonda ochilganida, goblinlar qanchaga qamalgan bo‘lardi?

    Rustam Mansurov

  • Bosh sahifa • 17.11

    Kelajak kasblari: hozir qaysi sohaga o‘qigan ma’qul?

    S.Aydin


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

33