• AVO

  • AVO gap

  • Pul haqida to‘g‘ri fikrlash: rejalashtirish va qo‘rquvni yengish

Pul haqida to‘g‘ri fikrlash: rejalashtirish va qo‘rquvni yengish

Kambag‘al bo‘lib qolish qo‘rquvi, ehtimol, dunyodagi eng keng tarqalgan qo‘rquvlardan biridir. Hatto men ham bundan xavotirlanaman, shu sababli qo‘shimcha ish qidiraman, yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtiraman va pulni tejashga harakat qilaman. Biroq, moliyaviy masalalarni yaxshi boshqarish va tashvishlardan qutulish uchun pul haqida to‘g‘ri fikrlashni bilish juda muhim. Bugungi suhbatimiz aynan shu mavzu haqida bo‘ladi.

Birinchidan, pul haqida haddan tashqari ko‘p o‘ylash sizning hayotingizga xalaqit berishi va oqilona qarorlar qabul qilishingizni qiyinlashtirishi mumkin. Buni isbotlaydigan ilmiy tadqiqotlar mavjud. Buning sababi shundaki, miyamiz «pul muammosi»ni hal qilishga e’tibor qaratadi va kundalik yoki ish vazifalarini samarali bajarish uchun oddiy resurslar yetishmay qoladi.

Bunday vaziyatda eng oson yechim — ko‘proq pul topish, jamg‘arish yoki ishlash bo‘lib ko‘rinadi. Biroq, bu hamma uchun ham to‘g‘ri kelmaydi: shaxsan men uchun ham bu usul foyda bermaydi.

Esimda, talaba bo‘lgan paytlarimda pul yetishmasligi tufayli ko‘p xavotirlanardim: ota-onam shartnoma to‘lovini to‘lashi, hatto oddiy narsalar (universitetda tushlik, yo‘l kira, yengil tamaddilar) uchun ham doim yetarli pul bo‘lmasligi, xarajatlarning hech bo‘lmaganda bir qismini qoplash uchun ish topa olmasligim meni qiynardi. Vaqt o‘tishi bilan, albatta, bu muammo hal bo‘ldi — hozir barqaror, anchagina yaxshi daromadim bor, ota-onam ham ancha vaqtdan beri xotirjam nafaqada, ozgina jamg‘armam ham yig‘ilib, saqlanib turibdi.

Ammo xavotir baribir tinch qo‘ymaydi: miyamda doimo «agar shunday bo‘lsa-chi?» degan fikrlar aylanadi. Bu fikrlar juda mantiqli va haqiqatga yaqin bo‘lishi ham, butunlay xayoliy bo‘lishi ham mumkin. Agar kimdir kasal bo‘lib qolsa-yu, davolanish uchun pul sarflashga to‘g‘ri kelsa-chi? Agar ertaga sun’iy intellekt odamlardan ko‘ra yaxshiroq reklama o‘ylab topa olsa yoki tabiiyroq yoza olsa-chi?

Agar sizni ham shunday xavotirlar qiynayotgan bo‘lsa: chuqur nafas oling, siz yolg‘iz emassiz. Agar ba’zi qoidalarga amal qilsangiz va his-tuyg‘ularingizni nazorat qilishga harakat qilsangiz, xavotirni yengishingiz mumkin.

O‘z vaziyatingizni xolisona baholashdan boshlash kerak — bu usulni men moliyaviy psixolog Matvey Zotovdan o‘rganganman. 5 ta savolga faqat «ha» yoki «yo‘q» deb javob berishga harakat qiling:

1. Ovqat sotib olgandan keyin pulim ortib qoladimi?

2. Biroz qimmatroq mahsulotlarni sotib olish imkoniyatim bormi?

3. Maishiy texnika sotib olishim mumkinmi? Bu byudjetimga ta’sir qiladi, lekin qiynalmayman;

4. Yangi avtomobilni kreditga olmasdan sotib olish uchun yetarli mablag‘im bormi?

5. Kvartira, uy va hashamatli buyumlarni sotib olishim mumkinmi?

Agar siz dastlabki uch bandga «ha» deb javob bergan bo‘lsangiz, tabriklaymiz — siz ancha yaxshi ahvoldasiz. Buni esda tutish muhim. Ko‘pincha holatimizni to‘xtalib, amalda baholashga vaqtimiz va imkoniyatimiz yo‘q: ha, inqirozlar sodir bo‘lishi mumkin, lekin hozircha ular sizga tahdid solmayapti. Demak, ularga tayyorgarlik ko‘rish uchun sizda imkoniyatlar bor.

45 kungacha foizsiz pullar!

AVO platinum virtual kredit kartasini onlayn bepul oching

Buyurtma qilish

Masalan, jamg‘arma qilishni boshlashingiz mumkin: pul tufayli yuzaga keladigan xavotirga qarshi eng samarali davo — moliyaviy xavfsizlik yostig‘i. Jamg‘arish va uncha qiynalmaslik uchun 50/30/20 qoidasidan foydalaning: daromadingizning 50 foizini zarur xarajatlarga, masalan, oziq-ovqat yoki kommunal to‘lovlarga sarflang. 30 foizini ixtiyoriy xarajatlarga — restoranga borish, yangi futbolka yoki jiyaningizga sovg‘a sotib olishga ajrating. Qolgan 20 foizini esa zaxiraga qo‘ying.

Pul bilan bog‘liq xavotirlaringizni biroz kamaytirish uchun yana bir usul — qo‘shimcha daromad topish yo‘llarini izlash. Bunga yarim soat vaqt ajrating va o‘zingizdan so‘rang: ko‘proq pul ishlash uchun nima qila olaman? Daromadingizni darrov ikki yoki uch barobar ko‘paytirishga intilish shart emas, shunchaki «pulingiz» qayerda bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring.

Misol uchun, agar siz dizayn bilan shug‘ullansangiz yoki maktabda o‘qituvchi bo‘lsangiz, frilanserlik orqali qo‘shimcha daromad topish imkoniyatingiz bor — ijtimoiy tarmoqlarda mijozlarni izlang yoki o‘quvchilaringizning ota-onalariga o‘z faningiz bo‘yicha qo‘shimcha darslar taklif eting. Katta ehtimol bilan qo‘shimcha ish topa olasiz.

Kasbingiz frilanserlikka mos kelmasa ham, xavotirlanmang. Rahbaringiz bilan suhbatlashib, maoshingizni oshirish uchun nima qilishingiz mumkinligini bilib oling. Balki vazifalaringiz doirasini kengaytirish yoki malaka oshirish kurslaridan o‘tish kerakdir.

Moliyaviy tashvishlardan qutulishga yordam beradigan yana bir yaxshi maslahat — qo‘lingizda «zaxira» pul uchun ishonchli manba bo‘lishi kerak. Masalan, bu bizning AVO platinum kredit kartamiz bo‘lishi mumkin: u bilan har qanday xarajat uchun 50 million so‘mgacha mablag‘ olishingiz va sarflangan pulni 45 kun davomida foizsiz qaytarishingiz mumkin.

Umuman olganda, ko‘plab «pul» muammolarini siz bor ekaningizda hal qilish mumkin: sizning sog‘lig‘ingiz, ichki resurslaringiz va kelajakka tabassum bilan qarash optimizmingiz orqali. O‘zingizni asrang, pul esa kelaveradi.

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

💸 Pul
05.12.2024
7 daqiqa
Said Nazrillayev
Maqola muharriri

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 14/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.