• AVO

  • AVO gap

  • Yillik daromadi 25% gacha bo‘lgan foydali muddatli omonatni yo‘lga qo‘ydik

Yillik daromadi 25% gacha bo‘lgan foydali muddatli omonatni yo‘lga qo‘ydik

Yillik 25% gacha bo‘lgan jozibador daromadli yangi muddatli omonat yo‘lga qo‘yganimiz haqida mamnuniyat bilan xabar qilamiz. Yangi mahsulot mijozlarga 2025-yil 19-maydan boshlab taqdim etilib, milliy valyutadagi mablag‘larini 6 oy muddatga joylashtirmoqchi bo‘lgan jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan.  

Omonat bo‘yicha foiz stavkasi qat’iy, oylik kapitalizatsiyaga ega, shartlari esa maksimal darajada moslashuvchan: omonatni istaglan paytda to‘ldirish, mablag‘larni esa muddat va miqdorlar bo‘yicha cheklovlarsiz yechib olish mumkin. Birinchi foiz to‘lovi omonat to‘ldirilgan kundan boshlab bir oy o‘tgach amalga oshiriladi. 

Muddatli omonat shartlari 

Mablag‘larni joylashtirish muddati 
omonat birinchi marta to‘ldirilgan vaqtdan boshlab 6 oy 
Kapitalizatsiya bilan daromad 
yillik 25% gacha 
Foizlarni hisoblash 
har oyda — mijoz ularni olishi yoki kapitalizatsiya uchun omonatda qoldirishi mumkin  
Minimal omonat summasi 
1 000 so‘m 
 Maksimal omonat summasi 
cheklanmagan 
Asosiy (nominal) stavka 
100 000 so‘mdan boshlab to‘ldirilganda (minimal chegara) — yillik 22,52%; 
100 000 so‘mgacha to‘ldirilganda — eng kam chegaraviy miqdorga yetguncha yillik 0,01%  
Omonatni to‘ldirish 
1 000 so‘mdan, cheklanmagan miqdorda 
Foizlarni yechib olish 
oyiga 1 marta mumkin 
Mablag‘larni yechib olish 
istalgan vaqtda, jarimalarsiz, qisman yoki to‘liq yechib olish mumkin 

* Mablag‘lar to‘liq yechib olinganda, mijoz oxirgi oy uchun hisoblangan foizlarni ham oladi

Pul qanday qo‘yiladi va yechib olinadi 

Omonatni ochish va unga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus hisobvaraq — talab qilib olinguncha saqlanadigan hisobvaraqdan foydalaniladi. U 1 marta ochiladi va omonatga pul o‘tkazish va yechish uchun ishlatiladi. 

Omonatni quyidagilar orqali to‘ldirish mumkin: 

Omonatdagi pulni faqat talab qilib olinguncha saqlanadigan hisobvaraqqa o‘tkazish mumkin. Keyin, hisobvaraqdan quyidagi o‘tkazmalarni amalga oshirish mumkin: 

Talab qilib olinguncha saqlanadigan hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatish shartlari 

Talab qilib olinguncha saqlanadigan hisobvaraq birinchi marta omonat ochganingizda avtomatik ravishda bepul yaratiladi. U omonatga pul qo‘yish va undan pul yechib olish uchun qulay vosita hisoblanadi.  

Hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatish va undan AVO kartalariga pul o‘tkazmalari komissiyasiz amalga oshiriladi, boshqa bank kartalariga o‘tkazmalar uchun esa 1% komissiya olinadi. 

Omonat muddati qachon tugaydi 

Omonatga birinchi marta pul qo‘ygan vaqtdan  6 oy o‘tgach, uning muddati tugaydi va u avtomatik ravishda yopiladi. Hamma pul, shu jumladan hisoblangan foizlar, talab qilib olinguncha saqlanadigan hisobvaraqqa o‘tkaziladi. U yerdan pulni istalgan joyga o‘tkazishingiz mumkin bo‘ladi. Agar qulay shartlarda pul qo‘yishni davom etishni istasangiz, har doim birinchi marta ochganingiz kabi ilovada yangi omonat ochishingiz mumkin. 

Shu bilan birga, agar to‘satdan muddatidan oldin pul yechib olish kerak bo‘lsa, buni istalgan vaqtda yo‘qotishlarsiz amalga oshirishingiz mumkin: shu paytgacha hisoblangan barcha foizlar sizniki bo‘lib qoladi. Bunday yondashuv sizga to‘liq erkinlik beradi — o‘z mablag‘laringizni nazorat qilasiz va qat’iy cheklovlarga bog‘lanib qolmaysiz.  

Nima uchun bu omonatni ochish kerak 

Yillik 25% gacha daromadli omonat — hamma uchun passiv daromad olishning ajoyib usuli. O‘zingizga qulay vaqtda omonatni to‘ldirishingiz hamda kerakli vaqtda va kerakli miqdorda pul yechib olishingiz mumkin. Shartlar imkon qadar moslashuvchan, foizlar esa haqiqatan ham sezilarli.  

Omonatni AVO mobil ilovasi orqali bir necha daqiqada rasmiylashtirish mumkin.

AVO omonati

Yillik 25% gacha daromad

Omonat ochish
03.06.2025
5 daqiqa
AVO bank press-markazi
Yangililklar muharriri
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 14/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.