• AVO

  • AVO gap

  • Birinchi aqlli uyingizni yig‘ish uchun top 5 qurilma 

Birinchi aqlli uyingizni yig‘ish uchun top 5 qurilma 

Kelajakdagidek yashagim keldi. Parda o‘z-o‘zidan ochilishini, barmog‘imni shaqillatishim bilan chiroqlar yonishini, choynak esa uyquga to‘ymaganimni oldindan bilib, uyg‘onishim bilan qahva tayyorlab qo‘yishini istardim. Shu xayollar bilan aqlli uy yig‘ib ko‘rishga qaror qildim. Tokio yoki Kremniy vodiysida emas — Toshkentda! O‘zim uchun muhandislik diplomi va yarim maoshimni yeb bitirmaydigan 5 qurilmani kashf qildim. 

1. Aqara Hub M2 — butun tanani boshqaradigan «miya» 

Tasavvur qiling: uyingizda aqlli rozetka, chiroq va changyutgichlar bor. Ularning barchasi bir-biri bilan «gaplashishi» kerak. Aqara Hub — aynan shunga xizmat qiladi. U dirijyor singari: «Chiroqni yoq!», «Changyutgichni ishga tushir!», «Rozetka, choynakni yoq!» deb buyruq beradi.  

Ishda yoki shaharning boshqa chetida bo‘lsangiz ham, uyda hamma narsa o‘z o‘rnida ishlaydi. Faqat qurilmani uy markaziga o‘rnating va internetga ulang — qolganini unga qo‘yib bering. 

Manba

2. Mi Smart Plug — miyali rozetka 

Oddiy rozetkadan farqli o‘laroq, bu rozetka aqlli: uni telefon orqali yoqib-o‘chirsa bo‘ladi. Masalan, ishxonadan turib choynakni yoqishingiz, chiroq yonishi vaqtini belgilashingiz mumkin. Dazmolni o‘chirishni unutgan bo‘lsangiz — havotir olmasangiz ham bo‘ladi, uni telefondan o‘chirishingiz mumkin.  

Eng yoqimlisi — elektr energiyasini uzib qo‘yishsa, berishganidan keyin rozetka oxirgi sozlamalariga qaytadi. Dazmol qizishda, chiroqlar esa yonishda davom etadi. Rozetka hech narsani unutmaydi. 

Manba

3. Xiaomi harakat datchigi  — shovqinsiz qo‘riqchi 

Bu kichkina qurilma devorga o‘rnatiladi va harakatni sezadi. U kamera yoki josus emas. Faqat kimdir yurganini sezsa, xabar yuboradi yoki koridor chirog‘ini yoqadi.  

Bolalaringiz yoki yoshi katta ota-onangiz bo‘lsa ayni muddao. Yoki shunchaki tunda oshxonaga borayotib, chiroqni yoqishga eringaningiz sababli qoqilib, yiqilib tushishni istamasangiz asqotadi. 

Manba

4. Mi Bedside Lamp 2 — kayfiyatni his qiladigan tungi chiroq 

Bu oddiy tungi chiroq emas — bu chiroq kayfiyatni tushunadi. U yorqin yoki yumshoq, oq yoki qizil, iliq yoki sovuq nur sochishi mumkin. Hammasi kayfiyatingizga bog‘liq. 

Uni telefondan, ovoz bilan yoki tugma orqali yoqsa bo‘ladi. Hatto uni kechqurun o‘zi yoqilib, uxlaganingizda o‘chadigan qilib sozlashingiz mumkin. 

Manba

5. Roborock Q7 Max — yig‘lamasdan ishlaydigan robot changyutgich 

Tozalashni yoqtirmaydiganlar (kim ham yoqtirardi?) uchun — bu chinakam najot. U o‘zi yuradi, changdan tozalaydi, hatto pol artadi. Stul yoki gilamni ko‘rsa — chetlab o‘tadi, hech narsani sindirmaydi, hech narsaga ilakishib qolmaydi.  

Uydan chiqishingiz bilan tozalaydigan qilib sozlasangiz bo‘ladi — shunda uyga qaytganingizda hamma joy yarqirab turadi. Har doim nimanidir tushirib yuboradigan bolali yoki uy hayvoni bor uylar uchun mukammal tanlov. 

Manba

Nimani qayerdan qanchaga sotib olish mumkin? 

Mahsulot  
Uzum  
Wildberries  
Ozon  
MiOnline.uz  
Aqara Hub M2  
860 000  
647 000  
680 829  
- 
Mi Smart Plug aqlli rozetkasi 
- 
174 400  
- 
194 000  
Xiaomi harakat datchigi 
200 000  
-  
-  
199 000  
Mi Bedside Lamp 2 tungi chirog‘i 
699 000  
427 700  
-  
549 000  
Roborock Q7 Max robot changyutgichi 
-  
2 672 100  
2 520 852  
7 950 000  

Bularning hammasini qanday qilib foydali tarzda xarid qilsa bo‘ladi? 

Birinchi aqlli uyimni jihozlashga qaror qilganimdayoq hamma narsani birdaniga sotib olsam, qimmatga tushib ketishimni tushundim. Faqat changyutgichning o‘zi qanchaga tushishini bilasiz. Shuning uchun AVO platinum kartasidan foydalandim, unda 25 mln so‘mlik kredit limitim bor edi. Bu nafaqat chiroq, datchik va changyutgichga, hatto yotoqxonaga sifatli isitgichga ham yetdi. 

Eng quvonarlisi, karta orqali birinchi xaridim uchun 100 000 so‘m qaytarib berishdi — ularda shunday sodiqlik dasturi bor ekan. Keyingi har bir xariddan 1% qaytadi va buni haqiqiy pul kabi ishlatish mumkin. Texnika xarid qilasiz — sizga uning bir qismini qaytarishadi. Xarid qilganingiz uchun sizga pul to‘lashlari juda yoqib tushdi. 

Hozir esa ularda «Do‘stingizni taklif qilib, 250 000 oling» aksiyasi ham amal qilyapti. Do‘stingizga ilova havolasini yuborasiz, u kartani ochib, limit hisobidan o‘ziga choynak yoki telefon sotib oladi — sizga esa chorak mln bonus tushadi. Men akamni taklif qildim, u o‘ziga havo namlagich va chiroq sotib oldi, men esa bonuslarni qo‘lga kiritdim. Endi unga ham taklif qilishga odam topsammikan deb o‘ylayapman. 

Xullas, agar aqlli uy jihozlamoqchi bo‘lsangiz-u, lekin cho‘ntagingiz bo‘shab qolishini istamasangiz — AVO kredit kartasi haqiqatan ham yordam beradi. Qulay, shaffof va mayda yozuvli «yulduzchalar»siz. Bundan tashqari, hamma narsani ilovada nazorat qilish mumkin. Hatto kreditlar ishqibozi bo‘lmasangiz ham, ko‘rib chiqishni maslahat berardim. Foyda bor. Shaxsan men o‘zim uchun foydali tomonlarini topdim. 

Bularning barchasi nima uchun kerak? 

Bir qarashda bu shunchaki o‘yinchoqdek tuyulishi mumkin. Lekin sinab ko‘rsangiz, aqlli uy maqtanish uchun emas, g‘amxo‘rlik uchun ekanligini tushunasiz. Bu g‘amxo‘rlik siz texnikaga emas, u sizga moslashishida namoyon bo‘ladi. Mayda-chuydalarga kamroq chalg‘ib, ko‘proq dam olasiz. 

Ishni bitta qurilmadan — masalan, chiroq yoki rozetkadan boshlashingiz mumkin. Keyin yana nimadir qo‘shishingiz mumkin. Shunda uyingiz o‘z hayoti bilan yashaydi, sizga yordam beradi va har kuningizni biroz yoqimliroq qiladi. 

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.


*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.

Avto va texnika
27.06.2025
8 daqiqa
Elbek Sharipov
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

205