Yangi yil ostonada turibdi va hamma uni o‘zgacha, yorqin va qiziqarli tarzda nishonlashni istaydi. Agar siz 2025-yilni uyda kutib olishni xohlamaydigan kishilar qatorida bo‘lsangiz, bu maqola aynan siz uchun.
Toshkent va uning atrofi bayram o‘tkazish uchun ko‘plab qiziqarli joylarni taklif etadi. Keling, eng avvalo, an’anaviyroq manzillar — barlardan boshlaymiz.
Na nebe
Ushbu hashamatli oilaviy restoran yangi yil uchun butun boshli dastur tayyorlamoqda: rejada boshlovchi Sardor Ro‘ziboyevning chiqishi, Live Music Prime Band va DJ Safronovdan jonli musiqa bo‘ladi. Qorbobo va Qorqiz ham ushbu qatorda.
Restoran yangi yil kechasida syurpriz va’da qilmoqda — o‘zingiz borib ko‘rish uchun yaxshi sabab emasmi bu?
22–30-dekabr kunlari tashrif narxi bir kishi uchun 750 ming so‘mdan 950 ming so‘mgacha, 31-dekabrda esa kirish chiptasi 150$ gacha ko‘tariladi.

Obi Hayot
Oilaviy Yangi yil kechasini o‘tkazish uchun yana bir ajoyib variant — Obi Hayot restorani. 20-dekabrdan 30-dekabrgacha bu joy haqiqiy shou-dasturlar sahnasiga aylanadi: Renessans, Sultan va DJ Fox kabi vokal guruhlarining chiqishlari bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotchilar «shahardagi eng katta Qorbobo»ni va boshlovchi Timur Kardashovni va’da qilishmoqda.
Restoran taomnomasiga qarab, har bir kishi 650–950 ming so‘mlik byudjetga tayyorlanishi kerak bo‘ladi.

Khan Chapan
Yangi yil bayramini o‘tkazish uchun yana bir variant — Khan Chapan restorani. Manzil mehmonlar uchun 21-dekabrdan 30-dekabrgacha bo‘lgan davrda to‘liq shou-dasturni tayyorlagan.
DJ Miwka, etnik musiqachilar va jonli guruhlar chiqish qiladi. Kechaning boshlovchisi Sulton Qosimov bo‘ladi, mehmonlarni shohona dasturxon va, albatta, Qorbobo bilan Qorqiz kutib oladi.
Bayram kunlari maxsus yangi yil menyusi taqdim etiladi: 6 kishilik eng arzon to‘plam 1 kishi uchun 640 ming so‘mni, eng qimmati esa 840 ming so‘mni tashkil etadi.

🎄 Qorbobo, archa va sovg'alar
Yangi yilni AVO platinum kredit kartasi bilan to'liq nishonlang
Heaven’s Garden
Agar siz tabiatga chiqishni istasangiz, Bo‘stonliq tumanida joylashgan Heaven’s Garden'ni tanlaganingiz ma’qul. U tog‘lar etagida joylashgan dam olish maskani bo‘lib, u yerda qishki basseyn, sauna va 31-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan to‘liq yangi yil shou-dasturini topasiz.

Shu yilning so‘nggi kunida joylashishning eng arzon varianti — ikki kishi uchun 5 million so‘m, eng qimmati esa — 7,1 million so‘m. Bu narxga tantanali kechki ziyofat va nonushta ham kiradi.
Layner
Yangi yilni tog‘da o‘tkazishning yana bir varianti, Chimyonning qoq markazida joylashgan, Layner dam olish maskanidir.
Mazkur maskanda har bir xona uchun bayram dasturxoni, Qorbobo chiqishlari va sovg‘alari, turli yoshdagi bolalar uchun mahorat darslari, qimmatbaho sovg‘alar qur’asi, lazer shousi, ijodiy anjuman hamda Ulug‘bek Rahmatullayevning konserti taklif etiladi.

Agar tanlovingiz shu yerda to‘xtagan bo‘lsa, narxlarni ham hisobga olishingiz lozim: bir kishi uchun kamida 100–120 dollarni mo‘ljallab qo‘ying.
Munosib joyni qanchalik erta qidirib, bron qilsangiz, shunchalik ko‘p tejaysiz. Agar joy topilgan bo‘lsa-yu, lekin mablag‘ yetishmasa, yechim bor: AVO platinum kredit kartasini onlayn ravishda bepul va atigi bir necha daqiqada rasmiylashtirishingiz mumkin. 50 million so‘mgacha bo‘lgan limit bilan sizga qancha kerak bo‘lsa, shuncha mablag‘ ishlatib, 45 kungacha bo‘lgan imtiyozli davr mobaynida foizsiz pulingizni qaytarishingiz mumkin.
*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.
*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.

