• AVO

  • AVO gap

  • Samarqand yo’llarida: avtosayohat

Samarqand yo’llarida: avtosayohat

Yaqinda Turkiyadan qachonlardir birga o’qigan do’stim mehmonga keldi. U hech qachon Samarqandda bo’lmagan, shuning uchun dam olish kunlarida Samarqandga sayohatga borishga kelishib oldik. Men Samarqandda ko’p marta bo’lganman, lekin do’stlarim bilan sayohatga chiqish g’oyasi menga juda yoqdi. Mashinada borishga kelishdik, yo’l-yo’lakay do’stimni xalqimizda mashhur g’ijduvon kaboblari bilan mehmon qilishni o’yladim. O’zimizning mashinamiz bo’lmaganligi uchun Toshkentda ijaraga oladigan bo’ldik. AVO platinum kredit kartasi bilan Hertz mashinalariga 10% chegirma ishimizni ancha yengillashtirdi.

Ishni nimadan boshladik? 

Birinchi navbatda yo’limiz xaritasini tuzib oldik. Toshkentdan Samarqandgacha masofa — 310 km. Mashinada yetib olishga o’rtacha 4 soat vaqt ketadi. Uydan ertalab 7:00 da chiqsak, yo’lda rasmga tushish va tamaddi qilishni hisobga olgan holda, taxminan 12 larda Samarqandga yetib olamiz. Bir kunda borib-qaytsak charchab qolamiz, shuning uchun Samarqandda bir kun qolib, dam olib, keyingi kun qaytishga qaror qildik.

Mehmonxonani ko’p qidirib o’tirmadik. Do’stimga Registonni aynan kechqurun ko’rsatmoqchi edim, chunki kechqurun u judayam chiroyli ko’rinadi. Unga yaqin mehmonxonalardan birida qolishga kelishdik. Kishi boshiga bir kecha uchun 300 000 so’m chiqdi. Biz ikkita alohida xonani 600 000 so’mga oldik.

Mashina ijarasi

Hertz saytida mashinalarni ko’rib chiqa boshladik. Variantlar unchalik ko’p emas, lekin yaxshilariyam  bor. Do’stimga elektromobil yoqdi, lekin narxi qimmatroq bo’lgani va yo’lda quvvatlantirish qurilmalarini topa olishimizga ko’zim yetmagani uchun uni olishga qo’rqdik. Ortiqcha pul sarflamasdan Onix oldik, sug’urta bilan birga ikki kunga 140$ chiqdi. Chegirma bilan 126$ga oldik — 1,5 mln so’m atrofida.

Samarqand yo’llarida: avtosayohat

Muallif: Bekzod Salimov

Samarqand yo’li 

Yo’lga chiqqan kunimiz quyosh charaqlab, havo zo’r bo’ldi. Faqat do’kondan biror-nima olishga ulgurmaganimiz yomon bo’ldi. Shuning uchun yo’lda shinamgina choyxonaga kirdik. Ikkitadan kabob, achichuq salati, non, choy oldik. Do’stimga ofitsiantlar milliy kiyimlarda yurgani va o’ta xushmuomala bo’lgani juda yoqdi. Choyxonada o’tirgan akalardan biri samarqand nonlari haqida zo’r afsona bilan bo’lishdi. Bir kuni Buxoro xoni vassalidan nima uchun samarqand nonlari Buxoroda pishirilmasdan, Samarqanddan olib kelinishini so’radi. Vassal nonlar Samarqandda pishirilsagina mazali chiqadi deb javob berdi. Bu gapga xon ishonmadi va Samarqandlik novvoylar, tandir va masalliqlarni keltirishni buyurdi. Buyruq bajarildi. Shu kuniyoq xonga yangi tandirda non yopildi, lekin ularning mazasi avvalgidan farq qilardi. Masala ustida saroydagilar uzoq bosh qotirishdi. Shunda novvoylar tandir nonlar mazali chiqishi uchun Samarqand quyoshi va havosini olib kelish kerakligini aytdilar. Xon qattiq achchiqlandi, lekin muammoga yechim topish qo’lidan kelmadi. Tandir nonlarni esa Buxoroga Samarqanddan keltirishda davom etaverdilar. Bizga hammasi juda yoqdi va qaytishda yana kirib o’tamiz deb va’dalashdik. Hammasiga 110 000 so’m to’ladik. Yo’l-yo’lakay yoqilg’i quyish shoxobchasiga kirib, yana taxminan 500 000 so’m sarfladik. Rejalashtirganimizdek tushlik vaqtiga yetib keldik va mehmonxonaga joylashdik. Charchoqlarni chiqarish uchun o’z xonalarimizga borib, ozgina mizg’ib oldik.

Samarqand yo’llarida: avtosayohat

Muallif: Bekzod Salimov

Osh markazi

Tushlik vaqtida mehmonxonadan chiqib, ham mazali, ham hamyonbop restoran izlashga tushdik. Yo’limiz haqiqiy samarqandcha palov tayyorlaydigan eng mashhur joyga tushdi. «Osh markazi»da olomon ko’p ekan, lekin amallab bir burchakdan joy topdik. Bir lagan issiq osh uzoq yo’lda tolgan qalblarimizni yayratib yubordi. Osh, non, achichuq va choyga 140 000 so’m chek oldik.

Samarqand yo’llarida: avtosayohat

Muallif: Bekzod Salimov

Ekskursiya

Oshqozon bilan ishlar hal bo’lgandan so’ng, ekskursiyamizni boshladik. Birinchi bo’lib Go’ri Amirga yo’l oldik — bu Amir Temur va temuriylar sulolasiga mansub kishilar dafn etilgan maqbara. Kirish narxi — bir kishi uchun 30 000 so’m. Maqbara ichi to’liq tillarangda, buyumlar joy-joyiga juda chiroyli joylashtirilgan. Biz gid xizmatlari uchun pul to’lamagan bo’lsakda, boshqa guruhning gidini bir qulog’imiz bilan tinglab turdik. To’g’risini aytaman, o’zingiz yurgandan gid bilan aylanish ancha qiziqroq ekan.

Samarqand yo’llarida: avtosayohat

Muallif: Bekzod Salimov

Keyin Shohi-Zinda yodgorlik majmuasiga bordik — bu sharq xalqlarining mashhur yurtboshilari va yuqori mansabdorlarining maqbarasi. Majmuaga kirish chiptasi bir kishi uchun — 25 000 so’m.

Samarqand yo’llarida: avtosayohat

Muallif: Bekzod Salimov

Undan so’ng Islom Karimov ko’chasi bo’ylab aylandik va institut qoshidagi bog’da dam olishga o’tirdik. Institut nomini aniq bilmadim-u, lekin atrofda talabalar ko’p edi. Endigina turamiz deganimizda, oldimizga ikki yosh yigit keldi (menimcha, biz bu yerlardanmasligimizni sezishdi), ozroq suhbatlashdik. Keyin birga shu ko’chada joylashgan Bibixonim masjidiga yo’l oldik. Masjid chiroyliligidan og’zimiz ochilib qoldi (rosti, suratlar bunday go’zallikni to’liq ko’rsata olmaydi). Bizga ko’proq masjidning mazkaziy qismi yoqdi — u odamlardan chegaralangan bo’lib, u yerga o’tishning imkoni yo’q, lekin uzoqroqdan kuzatishingiz mumkin. Markazda barcha narsalar ko’p yillar avval qanday bo’lgan bo’lsa, shundayligicha qolgan, hatto taralayotgan hidi ham boshqacha — tarixiy.

Samarqand yo’llarida: avtosayohat

Muallif: Bekzod Salimov

Yana ozroq o’tib qornimiz ovoz bera boshladi. Yangi do’stlarimiz ochiq havoda, imoratlarga qaragan restoranni rossa maqtashdi. U yerda qozonkabob, bahoriy salat, issiq non va choy buyurtma qildik. Mazza qilib ovqatlandik — hammasi uchun 210 000 so’m to’ladik.

Restorandan qornimiz to’q va yuzda tabassum bilan chiqib, vanihoyat Registonga yo’l oldik — kirish uchun ikki kishiga 80 000 so’m to’ladik. Bu vaqtda madrasada chiroqlar yonib, hammayoq ertaklardagidek chiroyli bo’lib ketgandi. Esdalik uchun rasmga tushib, keyin mehmonxonaga qaytdik.

Samarqand yo’llarida: avtosayohat

Muallif: Bekzod Salimov

AVO platinum kredit kartasi

Garov va kafillarsiz 50 mln so'mgacha oling — 45 kungacha 0%

Buyurtma qilish

Toshkentga qaytish

Ertalab soat 10 larda uyg’ondik, tezgina yukimizni yig’ib, yo’lga tushdik. Yo’l-yo’lakay yana bizga tanish choyxonaga kirdik. Xuddi yaqin qarindoshi kelgandek, bizni juda iliq kutib olishdi. Do’stim bu yerda o’zbek xalqining haqiqiy mehmondorchiligini his qilib ulgurdi. Biz faqat ikkitada somsa va choy olmoqchi edik, lekin choyxona egalari bizni sharqona nonushta: o’rik qoqisi, yong’oq, asal va boshqa mayda-chuydalar bilan rossa mehmon qilishdi. Barchasi uchun 60 000 so’mgina to’ladik.

Yo’lda yana bir necha marta to’xtab, rasmga tushdik. Toshkentga yetib kelganimizda yoqilg’i quyish shoxobchasiga kirdik (chunki mashinani to’liq yoqilg’i bilan qaytarish kerak). Restoranma-restoran yurib, yoqilg’iga ham pulimiz qolmabdi. Shunday vaziyatda yana AVO kredit kartasi yordamga keldi: yaxshiyam karta hisobida kredit pullarim bor edi. Ulardan 500 000 so’mini yoqilg’iga to’ladik. Bankka esa oylik tushganda qaytaraman 😄. Shundan keyin biz hech qayerda to’xtamadik va tushlikka yaqin yetib keldik.

Umumiy qancha pul sarfladik? 

Samarqandda ikki kishi uchun bir kunlik xarajat — 3 560 000 UZS

Nimalarga sarfladik
Summa
Mashina ijarasi
1 500 000 UZS
Mehmonxona
600 000 UZS
Ovqatlanish
720 000 UZS
Kirish chiptalari
190 000 UZS
Yoqilg’i
550 000 UZS

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.

Layfstayl
15.05.2024
5 daqiqa
Bekzod Salimov
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar