• AVO

  • AVO gap

  • Vogue va Heels ritmida: Toshkentdagi raqs studiyalari

Vogue va Heels ritmida: Toshkentdagi raqs studiyalari

Yaqinda boshqa shaharda yashaydigan jiyanim menikiga ko‘chib keldi. U anchadan beri Vogue bilan shug‘ullanar ekan va uyga kirar-kirmas: «Toshkentda qayerda mashg‘ulotlarimni davom ettirsam bo‘ladi?» — deb so‘radi.

Men o‘ylanib qoldim. Atrofimda ko‘pi bilan zumba yoki oddiy fitnes borligini bilardim, lekin Vogue yoki High Heels deganlarini hech eshitmagan ekanman.

Qiziqishim ustun keldi va surishtirishni boshladim. Axir, raqs — bu nafaqat sport, balki kayfiyat, ishonch va hayot tarzi. Ayniqsa, Vogue kabi yo‘nalishlar.

Studiyalarga o‘tishdan oldin bu yo‘nalishlar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tsam:
Vogue 60-yillarda Nyu-Yorkdagi klub madaniyatidan kelib chiqqan. Unda improvizatsiya, podium yurishi va modalar jurnalidagi modellarga o‘xshash pozalar bo‘ladi. Heels esa — poshnali oyoq kiyimda ijro etiladigan raqs. Unda ayollik, nafislik va plastika ochiladi.

Biz jiyanim bilan Toshkentdagi bir nechta raqs studiyalariga kirib ko‘rdik va hozir ular haqidagi taassurotlarimiz bilan bo‘lishaman💃

FS WOMEN

Zallar keng, devorlarga oyna o‘rnatilgan. Poshnada sirpanib ketmaslik uchun polga qulay qoplama to‘shalgan.

Garderoblarda shkafchalar yetarli, hamma joy toza. Sinov darsida murabbiy yangi kelganlarga alohida e’tibor qaratib, pozalarni to‘g‘rilashga yordam beradi. Tajribasiz bo‘lsangiz ham o‘zingizni erkin his qilasiz. Individual darslar yo‘q, lekin guruh mashg‘ulotlarida hech kimni e’tiborsiz qoldirmaydi. Studiyadagi muhit bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan ayollar klubini eslatadi.

Studiyada Fem Vogue, High Heels, Dancehall va Choreo yo‘nalishlariga yozilishingiz mumkin.
2 ta filiali bor.

📍 Buyuk Ipak Yo‘li m.
Bo‘zbozor 7-tor ko‘chasi, 21-uy

📍 Oybek m.
Avliyo-Ota ko‘chasi, 4A-uy

Funky Sketchers

Yoshlarbop muhit: devorlarda yorqin graffiti chizishgan, baland qilib jo‘shqin musiqa qo‘yishgan. Zal unchalik katta emas, lekin shahar markazida joylashgan. Sinov darsida bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishni sinab ko‘rishingiz mumkin. Shunda qaysi biri ko‘nglingizga yaqinligini tushunib olasiz. Murabbiylar energiyaga to‘la, hazil-huzul qilishadi va yordam berishadi.

Vogue, High Heels, Dancehall va Fem Choreo yo‘nalishlaridan birini tanlasangiz bo‘ladi.
Manzil: Kosmonavtlar m.
Chimkent ko‘chasi, 17-uy

✨ Hayotga 1 marta kelasiz — zavqlanib yashang!

AVO platinum rejalaringizni yorqinroq qiladi

Karta ochish

VISHNYA

Yuqoridagilariga qaraganda kichikroq studiya, odam kamroq, lekin texnika ustida yaxshi ishlashadi. Murabbiylar juda professional. Raqs bilan jiddiy shug‘ullanishga kirishganlar uchun mos keladi. Narxlar sal balandroq, lekin zal va muhit bunga arziydi: yorug‘lik, ovoz, jihozlar — hamma narsa yuqori darajada. Sinov darsi ham qimmatroq, lekin mashg‘ulotlar natija berishi ish boshidanoq ko‘rinadi.

Bu yerda High Heels, Fem Dancehall va Fem Choreo kabi raqslardan zavqlanishingiz mumkin.
Manzil: Kosmonavtlar m.
Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 56-uy

Merci Danse

Studiya juda shinam, butun devor bo‘ylab katta oyna o‘rnatilgan. Odam ko‘p emas, guruhlarda o‘rganuvchilar kam— gavjum zallarda shug‘ullanishdan tortinadiganlar uchun yaxshi tanlov. Kamchiligi — yaqinida yashamasangiz, yo‘l uzoqlik qilishi mumkin.

Studiyada High Heels va Dancehall yo‘nalishlari bo‘yicha darslar o‘tishadi.
Manzil: Novza m.
Qatortol ko‘chasi, 60A/1-uy, Parus savdo majmuasining 5-qavati

Apocalypse

Zal yerto‘lada joylashgan bo‘lsa ham, ajoyib akustika va jo‘shqin kayfiyat hukm suradi. Musiqa hayajonli, murabbiylar avval tanani qizdirib, stretching mashqlarini o‘tkazadi va asta-sekin xoreografiyaga o‘tadi. Bepul sinov darsi va sabrli murabbiylar — raqs hayotiga endi qadam tashlayotganlar uchun ajoyib imkoniyat. Yagona kamchiligi — uzoqqa borish kerakligi.
Bu yerda High Heels yoki Dancehall yo‘nalishlarida o‘zingizni sinab ko‘rishingiz mumkin.

Manzil: Novza m.
Qatortol ko‘chasi, 60A/1-uy, Parus savdo majmuasining 1-qavati

Abonement va sinov darslari narxlari

Studiyalar
Vogue и Heels’ga abonement narxi
Sinov darsi
Afzalligi
Kamchiligi
FS WOMEN
12 ta mashg‘ulot narxi 800 000
100 000
  • hamyonbop narxlar
  • qulay joylashuv
–
Funky Sketchers
12 ta mashg‘ulot narxi 650 000
Bepul
  • hamyonbop narxlar
  • bepul sinov darsi
  • qulay joylashuv
–
VISHNYA
8 ta mashg‘ulot narxi 1 000 000
12 ta mashg‘ulot narxi 1 100 000
120 000–200 000
  • qulay joylashuv
  • yuqori narxlar
Merci Danse
12 ta mashg‘ulot narxi 600 000
70 000
  • hamyonbop narxlar
  • noqulay joylashuv
Apocalypse
12 ta mashg‘ulot narxi 480 000
Bepul
  • hamyonbop narxlar
  • bepul sinov darsi
  • noqulay joylashuv

Raqsni byudjetga qanday kiritish mumkin

Men raqsga ham sevimli mashg‘ulot, ham o‘zimga kiritiladigan sarmoya sifatida qarayman. Uning yordamida a’lo kayfiyatda yuramiz, yangi tanishlar orttiramiz. Agar uy yoki ish joyingizga yaqin qulay narxlardagi studiyani topsangiz, raqs qimmat mashg‘ulot bo‘lmasdan, moliyaviy rejangizning bir qismiga aylanadi. Abonement olish arzonroq tushadi, buning ustiga muntazam qatnashingizga turtki bo‘ladi.

Jiyanimga Funky Sketchers ham narxi, ham joylashuvi bilan mos keldi. Zal «ЦУМ» yonida joylashgan. Yoshlarbop studiyada Vogue’ni o‘rganishni davom ettirishdan xursand bo‘ldi.

Jiyanimga har bir yarim oyda yangilanadigan va 100 mln so‘mgacha limit beradigan AVO platinum kredit kartasi haqida aytib berdim. Pulni xohlagan narsaga sarflash mumkin, agar 45 kungacha foizsiz davrda qaytarilsa, foiz hisoblanmaydi. Har bir xariddan 1 % keshbek olish imkoniyati tufayli o‘zim ham undan foydalanaman.

Endi jiyanim ham har bir abonementi uchun keshbek oladi va istagan paytda oylik maoshini kutmay darslar uchun to‘lov qiladi.

Xulosa qilsak

Ha, Toshkentda Vogue va Heels hali-hanuz unchalik mashhur bo‘lmagan uslublar bo‘lib qolyapti, lekin kam bo‘lsa ham studiyalar bor va ularning har biri o‘ziga xos muhitga ega. Ba’zi joylarda ko‘proq drayv, boshqasida esa ixcham zal va nostandart yondashuv bo‘ladi. Eng muhimi, o‘zingizga qulay joyni tanlang, qolgani o‘z-o‘zidan ketaveradi. O‘zingizni oqimda his qilish va har bir kunni yorqin o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyat, shunday emasmi?

Endi biror kun kimdir sizdan Vogue haqida so‘rab qolsa, tayyor ro‘yxatingiz bo‘ladi 😉

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

LayfstaylSport va salomatlik
01.10.2025
5 daqiqa
Nasiba Kamilova
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 29.09

    Karmon AI: MENA va AQSh bozorlarini zabt etayotgan o‘zbek fintex-startapi

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 27.09

    Ustozlar bayramiga sovg‘a: 250 000 so‘mgacha gullar

    Dilnoza Uralova

  • Yangiliklar • 27.09

    AVO bank pul o‘tkazmalari bo’yicha maxsus shartlar e’lon qiladi

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 25.09

    Toshkentda lazerli epilyatsiya: narxlar, studiyalar, mijozlar fikri

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 23.09

    Oson pul topish yo‘llari: 3 onlayn tuzoq

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 21.09

    O‘zbekistonda musulmoncha dafn marosimlari qanday o‘tkaziladi

    Marjona Yusupova


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

9