• AVO

  • AVO gap

  • Tranzaksiya: bu nima va u qanday ishlaydi

Tranzaksiya: bu nima va u qanday ishlaydi

Bugun «tranzaksiya» soʻzini deyarli har qadamda eshitamiz. Kimdir qarindoshlariga pul oʻtkazadi, kimdir internet yoki kofe uchun ilova orqali toʻlov qiladi, boshqalar esa teatrga chipta sotib oladi. Bularning barchasi — tranzaksiya. Ammo bu soʻz nimani anglatadi va 2025-yilda bu jarayon qanday amalga oshadi? Keling, oddiy tilda tushuntirib beramiz.

Tranzaksiya haqida

Tasavvur qiling, siz ertalab doʻkonga bordingiz. Ikkita somsa oldingiz, kartangizni yoki telefoningizni terminalga tekkizdingiz va pul darhol sotuvchi hisobiga tushdi, sizga esa chek keldi. Mana, shu — tranzaksiya. Yaʼni bu — sizdan sotuvchiga pul oʻtishi jarayoni. 

Yoki kechqurun divanda yotib, elektr energiya uchun toʻlovni amalga oshirishni unutganingizni eslab qoldingiz. Ilovani ochasiz, 1–2 еta tugmani bosasiz va pul kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotning hisobiga oʻtadi. Yana tranzaksiya. Tez, qulay, hatto oʻylab ham oʻtirmaysiz.

Agar siz kriptovalyutani bir hamyondan boshqasiga oʻtkazsangiz ham, bu tranzaksiya hisoblanadi. Eng muhimi: joʻnatuvchi va qabul qiluvchi boʻlishi va ular orasida pul oʻtkazilishi.

2025-yilda tranzaksiya qanday amalga oshadi?

Texnologiyalar hammasini juda soddalashtirib yubordi. Endi bankda navbat kutish yoki soatlab bankomatni izlashning hojati yoʻq. Hammasi — smartfoningizda: tushlik uchun toʻlovdan tortib, kvartira ijarasi uchun pul oʻtkazmagacha.

Tasavvur qiling, Chilonzorda sayr qilib, kofe doʻkonchasini koʻrib, oʻzingizni latte bilan siylashga qaror qildingiz. Smartfoningizni terminalga tekkizasiz — va shu zahoti toʻlov amalga oshdi. Bir soniyada tizim hisobingizda pul borligini tekshiradi, kerakli summani yechadi va sotuvchiga tasdiq joʻnatadi. Bularning barchasi — bitta, qisqa, lekin muhim tranzaksiya.

Kechqurun esa, uyda ilova orqali internet uchun toʻlov qildingiz, soʻng kinoga chipta sotib oldingiz va ukangizga yoʻl kira uchun pul joʻnatdingiz — har bir operatsiya alohida tranzaksiya hisoblanadi.

Tranzaksiya muvaffaqiyatli oʻtishi uchun nima kerak?

Hamma narsa toʻgʻri ishlashi uchun bir nechta shartlar mavjud.

Birinchidan, barqaror internet aloqasi — u boʻlmasa, hamma narsa «osilib» qoladi. Ikkinchidan, sizning akkauntingiz — yaʼni bank yoki toʻlov ilovasidagi profilingiz — tasdiqlangan boʻlishi kerak. Uchinchidan, hisobingizda yetarli mablagʻ boʻlishi lozim. Va albatta, toʻlov oʻtayotgan tizim sizning maʼlumotlaringizni ishonchli tarzda himoya qilishi juda muhim.
Agar bu omillardan biri ishlamasa, tranzaksiya «osilib» qolishi yoki umuman amalga oshmasligi mumkin.

Nega tranzaksiyalarni tushunish muhim?

Birinchidan, tranzaksiya biror sababga koʻra oʻtmaganida sarosimaga tushmaslik uchun. Ikkinchidan, firibgarlarning tuzogʻiga tushib qolmaslik uchun. Yana — pullaringizni ongli ravishda boshqarish uchun.

Masalan, sizga gʻalati SMS keladi: «Zudlik bilan mana bu raqamni toʻldiring — sovrin yutib oldingiz». Agar siz tranzaksiyalar qanday ishlashini tushunsangiz, darhol savollar tugʻiladi: «Kimga pul oʻtkazyapman? Nega shoshilinch?». Bilim — bu sizning moliyaviy himoyangiz.

Shuningdek, siz qanchalik koʻp elektron toʻlovlardan foydalansangiz, pullaringiz qayerga ketayotganini tushunish shunchalik muhim boʻladi. Ayniqsa Oʻzbekistonda, chunki bu yerda toʻlovlarning yarmi endi allaqachon onlayn amalga oshmoqda.

AVO bilan har bir tranzaksiya o‘ziga xos va qulay

To‘lov stikerimi, kartami yoki ilova — o‘zingizga mos variantni tanlang va to‘lovni oson bajaring

Kartani olish

Xulosa

Tranzaksiyalar — zamonaviy hayotning ajralmas qismidir. Xuddi qoʻngʻiroqlar, xabarlar yoki ertalabki osh kabi. Muhimi — bu jarayon ortida nima turganini tushunish: biroz texnologiya, biroz eʼtibor va yaxshi raqamli odatlar. Ayniqsa — pul qayerga va kimga ketayotganini tekshirish odati.

Tranzaksiyalar qanday ishlashini tushunganingizda, oʻzingizni ancha ishonchli his qilasiz. Bu esa — yutuq sari katta qadam.

Pul o'tkazmalari
08.05.2025
5 daqiqa
Аvoshka
Sariq moliyaviy yordamchingiz
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

562