• AVO

  • AVO gap

  • Kapital nima

Kapital nima

Kapital so‘zi ko‘pincha yangiliklarda yoki iqtisod kitoblarida uchraydi. Lekin u aslida nimani anglatadi? Oddiy qilib aytganda, kapital — bu kelajakda daromad topishga va foyda yaratishga yordam beradigan narsalar. Uskuna, noutbuk, bankdagi pul yoki hatto bilimlaringiz ham kapital bo‘lishi mumkin. Eng muhimi, kapital ishlatilsa, foyda keltiradi.

Kapitalning asosiy turlari

Kapital turlicha bo‘ladi.
Jismoniy kapital — binolar, texnika, uskunalar, transport. Masalan, tikuvchining tikuv mashinasi yoki fermerning traktori.

Moliyaviy kapital — pul, aksiyalar, kreditlar. Ular orqali boshqa turdagi kapital sotib olish yoki yangi ish boshlash mumkin.

Inson kapitali — bilim, tajriba va ko‘nikmalar. O‘qish, kurslar, amaliyot — keyinchalik ko‘proq daromad olib keladigan o‘z ustingizda ishlash ko‘nikmasi.

Intellektual kapital — brendlar, mualliflik huquqi, patentlar, g‘oyalar. Masalan, maxsus retsept yoki telefon uchun ilova.

Odatda bularning hammasi birgalikda ishlaydi. Masalan, qahvaxona ochish uchun ham pul, ham jihozlar, ham oshpazlar, ham yaxshi nom kerak bo‘ladi.

Kapital qanday qilib daromad keltiradi

Kapital shunchaki yotmaydi, u ishlashi kerak. Masalan, bir kishi pech sotib olib, nonvoy yollasa, pech — jismoniy kapital, nonvoyning ko‘nikmalari — inson kapitali bo‘ladi. Birgalikda ular non ishlab chiqarishadi va uni tannarxidan qimmatroq sotishadi. Shu orqali foyda olishadi.

Lekin faqat kapitalning o‘zi yetmaydi. Vaqt va mehnat ham talab qilinadi, mijoz topish, ishni yo‘lga qo‘yish, xodimlarni o‘qitish kerak. Bularsiz novvoyxona foyda olib kelmaydi.

Nega kapitalga sarmoya kiritish muhim

Ko‘pchilik boylikni faqat pul deb o‘ylaydi. Aslida esa boylik — bu siz uchun ishlaydigan aktivlar, ya’ni kapital.

Masalan, kishi daromadining bir qismini o‘qishga sarflasa, u o‘zining inson kapitalini oshiradi va yaxshi ish topish imkoniyati ortadi. Fermer esa zamonaviy sug‘orish tizimini sotib olsa, xarajatni kamaytiradi va ko‘proq hosil oladi. Bu jismoniy kapitaldan to‘g‘ri foydalanish deyiladi.

Kapitalga kiritiladigan sarmoya katta bo‘lishi shart emas: kitob sotib olish, kursga yozilish yoki ko‘rgazmaga borish ham kapitalga qo‘shilgan hissa bo‘ladi. Muhimi, faqat bugunni emas, kelajakni ham o‘ylash.

Ongli sarmoya

AVO omonatini bir daqiqada oching va 25% gacha daromad oling

Omonat ochish

Kapital mahalliy iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi

Kapital nafaqat har bir odam, balki butun mamlakat uchun ham muhim. Tadbirkorlar zamonaviy uskunalar sotib olib, xodimlarni o‘qitib, yangi mahsulotlar yaratsa, boshqalarga ham ish beradi va odamlar hayoti yaxshilanadi.

Davlat ham yordam beryapti, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, imtiyozli kreditlar, ta’lim loyihalari bor. Bu yetarli resursga ega bo‘lmagan yoshlar va qishloq aholisi uchun ajoyib imkoniyat.

Kapital — kelajakka ko‘prik

Kapital — shunchaki iqtisodiy so‘z emas, balki rivojlanish vositasi. U katta yoki kichik, moddiy yoki nomoddiy bo‘lishi mumkin, lekin hammasining maqsadi bir xil — kelajak uchun ishlash.

Bilimga, uskunaga yoki texnologiyalarga sarmoya kiritsangiz, bu oddiy xarajat emas. Bu — ertangi kuningiz uchun poydevor. Qanchalik erta boshlasangiz, natija shunchalik mustahkam bo‘ladi. Kapital — har kim foydalanishi mumkin bo‘lgan imkoniyat. Uni aql va sabr bilan ishlatish kerak.

*Ushbu maqola faqat umumiy tushuncha va ma’lumot uchun. Material yuridik maslahat hisoblanmaydi: matn malakali yurist tomonidan tayyorlanmagan, unda soddalashtirishlar, noaniqliklar yoki eskirgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Qaror qabul qilishda yoki qanday yo‘l tutishni tanlashda faqat ushbu materialga tayanmang. Professional huquqiy yordam kerak bo‘lsa, malakali mutaxassislarga murojaat qilganingiz ma’qul.

AVO ilovasini yuklab oling

100 mlngacha limit, onlayn omonat va bonuslar sizni kutmoqda

Yuklab olish
Odamlar uchun
20.09.2025
3 daqiqa
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 07/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.