• AVO

  • AVO gap

  • Qachon 500 000 so’mlik banknot paydo bo’ladi va nima uchun?

Qachon 500 000 so’mlik banknot paydo bo’ladi va nima uchun?

Bir vaqtlar o’zbekistonliklarning karmonida bejirim 50 so’m qiymatli banknotlarni topish mumkin edi. Hozir esa bu shunchalik kichkina summaki, do’konlarda 50 so’mlik tanga o’rniga qo’lingizga bir dona qurt tutqazishadi. Bugun 50 000, 100 000 va hatto 200 000 so’mlik banknotlar oddiy holga aylanib ulgurdi. Bundan keyin nima bo’ladi va nima uchun so’mlar oxirida nollar soni oshib bormoqda?

Pul massasi 

Mavzuga chuqurroq kirishish uchun biz birinchi navbatda «pul massasi» termini bilan yaqindan tanishishimiz kerak. Bunday nom bilan hozirda davlat iqtisodiyotida mavjud barcha pullar: naqd, kartadagi pullar, fuqarolarning banklardagi omonatlari, hatto bozor fondi va boshqa investitsiyalarga aytiladi. Pul massasi quyidagi sinflarga bo’linadi:

Jismoniy pullar: banknot va tangalar
M0
М0 + odamlar hisob raqamlaridagi elektron pullar
M1
М1 + depozit va omonat hisob raqamlari
M2
М2 + bozor fondlari va boshqa turdagi investitsiyalar
M3



Pul massasiga faqat Markaziy Bank ta’sir qilishi mumkin — aynan u qancha banknot chop qilish va tangalar chiqarishni hal qiladi. Yuqori nominallik yangi banknotni chiqarish qarori bir qator sabablarga ko’ra qabul qilinishi mumkin. Bunday sabablarning asosiy qismi juda mayda va oddiy.

Mana sizga misol: tasavvur qiling, mamlakat aholisining daromadi o’sib, endi ular zargarlik buyumlari, texnika, avtomobil kabi qimmat tovarlarni xarid qila boshladilar. Bunga javoban MB: «Odamlarga pulni sanashga uzoq vaqt ketadi va bu noqulay, ularga yordam berish kerak», — deydi va, aytaylik, 200 000 so’mlik banknot chiqaradi.

Bu pul massasini umuman o’zgartirmaydi, shunchaki, 100 ta 2 000 so’mlik banknot o’rniga bitta 200 000 lik qog’oz paydo bo’ladi. Ha, yana, yuqoridagi ssenariy o’ta fantastik-optimistik misol. MB yangi, yirik banknotlarni chiqarishi uchun boshqa sabablar ham bor. Shunday sabablardan biri: pullarni ishlab chiqarishga xarajatni kamaytirish. Sizning hayolingizga ham kelmagan bo'lishi mumkin, lekin pul qilish uchun ham... pul kerak.

Dunyodagi ko’pgina banknotlar paxta va zig’irdan tayyorlanadi. Xom-ashyo avval boylerga tushiriladi, keyin, yuqori bosim ostida tolalarga aylantiriladi. Undan so’ng tolalarni ochartirish, tozalash va keyin bo’yash kerak bo’ladi. Yana suvli belgilar, gologramma, relyef va boshqa xavfsizlik choralari tushirilishini ham unutmaslik kerak. Natijada, masalan, AQSHda bir dona $100 qiymatli banknot ishlab chiqarishga 6,6 sent sarflanadi.

Demak, vaqti kelib davlat uchun 2 000 so’m qiymatli 100 ta banknot chiqarish ortiqcha xarajatga aylanadi va shunda yangi banknot paydo bo’ladi.

Denominatsiya 

«Pul massasi»dan tashqari yana «denominatsiya» tushunchasi ham bor. U ham davlatdagi banknotlar «qiymati»ga ta’sir qiladi. Oddiyroq qilib aytganda, denominatsiya — bu, davlatdagi barcha pullar o’zining asl ahamiyatini saqlagan holda, qiymatini o’zgartirgan.

Misol uchun, Rossiyada so’nggi denominatsiya 1997–2002-yillarda bo’lib o’tgan. Unda pullar 1000:1 o’lchamda denominatsiyalangan — 1 000 rubllik banknotlar 1 rublga, 10 000 rublliklar — 10 rublga, 500 000 rublliklar esa — 500 ga almashtirilgan.

Bu degani, biz siz bilan hech qachon 500 000 so’mlik banknotlarga yetib bormasligimiz va, aksincha, qaysidir vaqt muloqotdagi 200 000 qayta 200 so’mga aylanishi ham mumkin. 

AVO platinum kredit kartasi

Kredit limitingizni oling va pullarni %siz saqlang

Ilovani yuklab oling

Bu inflyatsiya va devalvatsiya natijasida yuz berishi mumkin: so’m o’ta qadrsizlanib, MB davlat valyutasini «qayta ishga tushirish» vaqti keldi degan qarorga kelgan taqdirda. Yoki, aksincha, denominatsiya infyatsiya yuz berishiga yo’l qo’ymasligi mumkin.

Bundan tashqari, denominatsiya bitta katta afzallikka ega: u soxta valyutachilarning biznesini to’liq xonavayron qiladi. Shunchaki hamma eski valyutalarni olib, yangisiga o’zgartiradigan bo’lsak, qaysi banknot haqiqiy, qaysinisi soxta ekanligini aniqlashtirib o’tirishga hojat qolmaydi.

Nima bo’lganda ham, oddiy aholiga pullarni kartada, masalan AVO kredit kartasida saqlagan ancha qulay — ortiqcha qog’ozlar, semiz va noqulay hamyonlar va pulni ko’chada tushirib qo’yish kabi ortiqcha g’avg’olardan ozod bo’lishadi.

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.

💸 Pul
02.07.2024
10 daqiqa
Said Nazrillayev
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87Murojaatni yarating
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 21/10/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Yangiliklar • 13.11

    Texnologiyalar moliyani kuchliroq qilganda: HiveTech × AVO bank hamkorligi 

    AVO press-markazi

  • Yangiliklar • 10.11

    AVO afyon marafon start oldi: bosh sovrin — uchta Ayfon 17 Pro Max

    AVO press-markazi

  • Yangiliklar • 04.11

    AVO haqqoniylik va shaffoflik madaniyatini mustahkamlamoqda

    AVO press-markazi

  • Yangiliklar • 01.11

    ⚡️Har hafta Ayfon 17 sovg'a qilamiz⚡️

    AVO press-markazi

  • Yangiliklar • 27.10

    AVO bank talabalarga kasb yo‘lidagi ilk qadamni qo‘yishda yordam beradi

    Аvoboy

  • Bosh sahifa • 27.10

    Nima uchun kredit karta — talabaning eng yaqin do’sti?

    Tatyana Voronina


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

985