• AVO

  • AVO gap

  • Moliya olamida siz kimsiz: hisob-kitobli Sherlok yo Mo‘jizalar mamlakatidan kelgan xarid ishqibozi — o‘zingizni bilib oling!

Moliya olamida siz kimsiz: hisob-kitobli Sherlok yo Mo‘jizalar mamlakatidan kelgan xarid ishqibozi — o‘zingizni bilib oling!

Har birimiz pul bilan o‘ziga xos tarzda munosabatdamiz. Kimdir pulini qat’iy Excel jadvalida boshqaradi. Kimdir pulga tabiiy hodisadek qaraydi: keldimi — yaxshi, ketdimi – mayli, asosiysi — yaxshi bo‘lsin. Ba’zilar esa ipotekani buterbrodga o‘xshab, o‘ylamay oladi.

Biz sizni charchatmaydigan va pulni qanday boshqarishingizni ko‘rsatadigan test tayyorladik. Maqsadimiz tashxis qo‘yish emas, balki jilmayib, o‘zingizni tanishingiz va ehtimol: «Ha... Shuning uchun menda 3 ta moliyaviy ilova bor-u, jamg‘armam yo‘q ekan-da», deb o‘ylashingizdir.

Testimizni o‘ting, variantlar sonini hisoblang va moliya olamida kim ekanligingizni bilib oling: 5 yillik rejali strategmi yoki intuitsiyaga ergashadigan rassommi.

Test: 

1. Maosh oldingiz. Endi nima qilasiz?

a) Bir qismi jamg‘armaga, bir qismi investitsiyaga, qolgani yashashga ketadi
b) Shunchaki «Bir gap bo‘lar», deb yashayapman
d) Onam: «Hech narsadan o‘zingni tiyma», — derdi. Men esa: «Ayniqsa rollardan», — deb qo‘shilaman

2. Katta xarajatlar siz uchun — …

a) Jiddiy qaror qabul qilish, jadvallar tuzish, kalkulyator ishlatish, hatto vijdonim oldida savol-javob qilishim ham mumkin
b) Xo‘sh... Ba’zida o‘zingizni erkalatishga haqlisiz, to‘g‘rimi? Ayniqsa, og‘ir o‘tgan haftadan keyin
d) Hammasi juda oddiy — ko‘rdim, xohladim, sotib oldim

3. Sizga moliyaviy ilova nima uchun kerak?

a) Hisobni yuritish, dinamikani kuzatib borish, tahlil qilish uchun
b) Ba’zida balans o‘z joyida ekanligini tekshirib qo‘yaman. Shunchaki qiziqib
d) Bir kuni katta maqsadlar bilan yuklab olgan edim...

4. Kreditga munosabatingiz qanday?

a) Faqat puxta o‘ylangan qadam va shartlar foydali bo‘lsagina — mayli
b) Olgan bo‘lsam — to‘layman. Eng muhimi — kechasi bu haqda o‘ylab bosh qotirmaslik
d) Agar juda xohlasangiz, nima uchun darhol sotib olmaslik kerak? Axir, iPhone kutib turmaydi-ku

AVO platinum: hisobida 50 mln.gacha bor karta

Hoziroq kredit kartaga buyurtma bering!

Kartani olish

5. Ta’tilni qanday rejalashtirasiz?

a) Byudjet, valyuta kursi, Balidagi kokos narxi — barchasi hisoblab chiqilgan
b) Chiptalar bor — qolgan hamma narsani joyida hal qilamiz
d) Men chiroyli joyga uchib boraman va qalbim bilan to‘layman

Natijalar:

Eng ko‘p A

Siz Sherlok Xolmssiz
Albatta, do‘stim, sizni tushunib yetdim. Siz pulni sovurib yuboradiganlardan emassiz. Sizning jamg‘arish strategiyangiz tasodif emas, balki sovuqqonlik bilan qilingan hisob-kitobning natijasidir. Pul o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi, deb o‘ylash — xuddi jinoyatchining o‘zi politsiyaga taslim bo‘lishini kutish kabidir.

Siz har bir xaridga ish sifatida yondashasiz. Kalkulyator — sizning sodiq hamrohingiz. Boshqalar pulni xuddi qog‘ozdek osongina sarflayotgan bir paytda, siz har bir summani dalildek sinchkovlik bilan o‘rganasiz.

Ishonmaysizmi? Biror narsani to‘satdan sotib olishga urinib ko‘ring — shunda aql-idrokingiz darhol xavf signalini berayotganini his qilasiz. Mantiq qo‘ng‘iroq chalmoqda. Va, albatta, navbatdagi xarajatni jadvalga qayd etayotganingizda, past ovozda, ammo ishonch bilan aytasiz: «Bu juda oddiy».

Eng ko‘p B

Siz Freddi Merkyurisiz
Siz «I want it all — and I want it now!» shiori ostida yashaysiz. Ichingizda o‘rnatilgan metronom bor: kerakli joyda tejab qo‘yasiz, xohlagan joyda sarflaysiz. Moliya siz uchun nazorat emas, balki sahnaga o‘xshaydi. Ba’zida improvizatsiya qilasiz, ba’zida byudjet tugmalarini ko‘r-ko‘rona bosasiz — lekin tomoshabinlarning qarsagi doimo sizniki bo‘ladi.

Eng muhimi — har bir katta muvaffaqiyat ortida muvozanat bo‘lishi kerakligini unutmang. Agar moliyaviy repertuaringizni tekshirib turmasangiz, chuqur qayg‘uga botib qolishingiz mumkin.

Eng ko‘p D

Siz Mo‘jizalar mamlakatidagi Alisasiz
Xaridlaringiz quyon iniga sayohatga o‘xshaydi. Ko‘rdingiz, xohladingiz, sotib oldingiz — keyin o‘ylanib qolasiz: «Menga tipratikan shaklida 8 ta sham nima uchun kerak edi?» Byudjetingiz bor, lekin Cheshir mushugi singari goh paydo bo‘ladi, goh g‘oyib bo‘ladi. Eng muhimi — his-tuyg‘ular, chunki siz uchun moliya hisob-kitob emas, balki «Voy, qanday chiroyli!» degan fikr haqida.

Shunday bo‘lsa-da, aynan siz mayda-chuyda narsalardan quvonch topa olasiz. Faqat ba’zida keyingi chegirma portaliga sakrashdan oldin hamyoningizga bir qarab qo‘ysangiz yomon bo‘lmasdi.

Endi-chi?

Moliyaviy turingiz — yorliq emas, balki ko‘zgudir. Bugun siz tartibsiz Alisa bo‘lsangiz, ertaga sovuqqon va hisob-kitobli Sherlokka aylanishingiz mumkin. Eng muhimi — boshqalarning strategiyasiga ergashish emas, o‘zingiznikini tanlash. Nazorat qilishni istaysizmi — ajoyib. Xarajat qilmoqchimisiz — bu ham mumkin, faqat aql bilan.

Agar pulingiz ham hayot maromingizga moslashishini xohlasangiz, AVO gap'ga tez-tez kirib turing. Biz pand-nasihat bermaymiz. Biz shunchaki pulingizning o‘zini yaxshi tutishiga yordam beramiz 💛

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

O'zingizni sinang
21.04.2025
8 daqiqa
Dilafruz Salimova
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

340