2024-yil AVO uchun g'alabalar yiliga aylandi. Biz esa ushbu g'alabalar qatoriga yana bir g'alabani qo'shishga muvaffaq bo'ldik! Biz UZCARD FORUM 2024'da strategik hamkorlar va yetakchi emitentlar orasida «Virtual karta emissiyasida yetakchi» toifasida birinchi o'rinni egalladik 🥳
Ushbu tadbir fintex asosiy o'yinchilarini innovatsiyalar ustida bahs yuritish, tajriba almashish va yangi hamkorlar bilan tanishish maqsadida birlashtirdi. Biz qo'lga kiritgan sovrin — AVO shunchaki o'sib borayotgani emas, balki O'zbekiston moliya bozorida texnologiyalar bilan bir qatorda rivojlanayotganining yaqqol dalilidir 🔥
