• AVO

  • AVO gap

  • Jahon banki

Jahon banki

Jahon banki — bu kambag‘allikni kamaytirish va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradigan xalqaro tashkilot. Odamlarga o‘qish, davolanish, ish topish va biznes yuritishni osonlashtirish uchun uzoq muddatli kreditlar va grantlar beradi, o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlaydi, yirik loyihalarni amalga oshirishda yordam beradi. Ayniqsa, Jahon banki rivojlanayotgan davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun muhim hamkor hisoblanadi.

Nomi ortida nima bor?

Jahon banki deganda, odatda, ikki asosiy institut tushuniladi: Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) hamda Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA). Ular birgalikda Jahon banki guruhiga kiradi. Bu guruhda yana uchta tashkilot bor.

XTTB va XTA past va o‘rtacha daromadli davlatlarga imtiyozli shartlarda kredit va grantlar beradi. Maqsad — qisqa muddatli foyda emas, balki uzoq muddatli iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash.

Jahon bankining asosiy vazifalari

Jahon bankining asosiy vazifasi — rivojlanishga xizmat qiladigan loyihalarni moliyalashtirish. Bunga yo‘llar, maktablar, shifoxonalar, ichimlik suvi tizimlari, energetika, raqamli infratuzilmalar kiradi.
Ikkinchi muhim vazifasi — hukumatlarga maslahat berish, strategiya va qonunlar yozish hamda davlat organlari ishini yo‘lga qo‘yishga yordam berish.

Uchinchisi — kambag‘allik, iqtisodiyot va iqlim bilan bog‘liq yuqori sifatli tahliliy ma’lumotlarni yig‘ish va e’lon qilish. Bu davlatlarga qarorlarni faktlarga asoslangan holda qabul qilish imkonini beradi.
Shuningdek, Jahon banki sarmoyalar uchun qulay shartlar yaratishga yordam beradi va xususiy sektor rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Jahon banki davlatlar bilan qanday ishlaydi?

Har bir davlat bilan Jahon banki uzoq muddatli reja asosida ishlaydi. Avval iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatni chuqur o‘rganishadi, keyin bir necha yillik Hamkorlik strategiyasini ishlab chiqishadi. Bu strategiya asosida aniq loyihalar ishga tushiriladi. Bank mutaxassislari bu loyihalarni nazorat qiladi. Pulning to‘g‘ri sarflanishi va natija samaradorligini baholashadi.

Masalan, Markaziy Osiyo davlatlarida suv resurslari boshqaruvi, energetika, ta’lim sifatini yaxshilash va raqamli infratuzilma kabi yo‘nalishlardagi loyihalarni olib boryapti. Bu jarayon O‘zbekistonda ham ketyapti.

Barqaror kelajakni qo‘llab-quvvatlash

Bugungi kunda Jahon banki ekologik rivojlanishga katta e’tibor qaratyapti. U davlatlarga energiya va suvdan tejamkor foydalanish, qayta tiklanadigan elektr quvvati manbalarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga moslashtirishda yordam beradi.

Markaziy Osiyoda suv va energetika tizimlarini modernizatsiya qilish, tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha dasturlari yo‘lga qo‘yilgan. Bunda iqtisodiy o‘sish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, balki barqaror bo‘lishi kerak, deb hisoblashadi.

Raqamlar va hisobotlardan tashqari

Jahon banki — faqat moliyalashtirish bilan cheklanadigan tashkilot emas. U davlatlarga tizimlarni yo‘lga qo‘yib, ularni rivojlantirishda hamkorlik qiladi. Davlat boshqaruvini shaffofroq qilish, xizmatlarni yanada qulaylashtirish, infratuzilmani mustahkamlashga yordam beradi.

Natijalarni yangi maktablar va shifoxonalar, yangilangan yo‘llar, krandan oqayotgan toza suv, barqarorroq elektr ta’minotida o‘zingiz ko‘rishingiz mumkin. Bularning barchasi odamlar uchun ko‘proq imkoniyat yaratadi va mamlakatlarning adolatli hamda barqaror kelajakka erishishiga xizmat qiladi.

*Ushbu maqola faqat umumiy tushuncha va ma’lumot uchun. Material yuridik maslahat hisoblanmaydi: matn malakali yurist tomonidan tayyorlanmagan, unda soddalashtirishlar, noaniqliklar yoki eskirgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Qaror qabul qilishda yoki qanday yo‘l tutishni tanlashda faqat ushbu materialga tayanmang. Professional huquqiy yordam kerak bo‘lsa, malakali mutaxassislarga murojaat qilganingiz ma’qul.

AVO ilovasini yuklab oling

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda

Yuklab olish
Biznes uchun
06.12.2025
3 daqiqa
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 07/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.