• AVO

  • AVO gap

  • Zumerlar «allo»ni bekor qilishdi: salomlashish qanaqasiga xavfli bo‘lib qoldi 

Zumerlar «allo»ni bekor qilishdi: salomlashish qanaqasiga xavfli bo‘lib qoldi 

Bir paytlar «allo» so‘zi xuddi uzoq safarga chiqqan ikki kapitanning «Qabul, yaxshi eshityapman!» deb gaplashishni boshlagani kabi, bir muloqot boshi bo‘lib xizmat qilardi. Bu qo‘ng‘iroqlar oddiy holat emas, balki istisno bo‘lgan, va har qanday «allo» deyarli tantanali jaranglagan davr edi. 

Lekin, zamon o‘zgaryapti. Qo‘ng‘iroqlar kundalik hodisaga aylanib qolgan. Biz ularga avtomatik ravishda javob bera boshladik. Odat bilan birga, safimizga sovuq qo‘ng‘iroqlar, robot qo‘ng‘iroqlar va... bizdan faqat ovozimizni olishni istaydigan firibgarlar sezdirmay kirib keldi. 

Endi notanish raqamdan qo‘ng‘iroq kelishini tasavvur qilish qiyin emas. (Hozir hech kim go‘shakdan foydalanmasa ham 🙃) go‘shakni ko‘tarasiz, «allo» deysiz va ikki kundan keyin go‘yo 6 mln so‘mlik kredit olgan bo‘lasiz, pasport ma’lumotlaringizni bankdagi menejerga yuborib, ovozli tasdiqqa ko‘ra, bularning barchasini o‘zingiz tasdiqlagan bo‘lib chiqasiz. Lekin, aslida siz bularning birortasini ham qilmagansiz. Shunchaki salomlashgan edingiz, xolos. 

Safsatadek eshitilyaptimi? Birgina salomlashishingiz potensial raqamli izga aylanadigan 2025-yilga xush kelibsiz. Qisqagina ovozingizni sun’iy intellektga yuborishadi-yu, sizning o‘rningizga barcha kerakli gaplarni ayttirishadi. «Ha, bu men», «O‘tkazmani tasdiqlayman», «Faqat oyimga aytmang». Birgina so‘zingiz yetarli. Firibgar ovozingiz yordamida mikrokreditni o‘z ichiga olgan butun raqamlashtirilgan tizimni yaratib yuboradi. 

Bu tovlamachilik usulini birinchi bo‘lib zumerlar sezishdi. Ya’ni, memlar, raqamli paranoyya va doimiy Full HD davri farzandlari. Ular onlayn hayotda yashaydi, skroll bilan nafas oladi va soxtalikni boshqalardan tezroq sezadi. Shunday qilib, ular «allo»ni bekor qilishdi. Bu hazil ham, injiqlik ham, vaqtinchalik hodisa ham emas. Bu «jim turish» nomli yangi raqamli instinkt 🤫 

Bu — shunchaki gaplashish uslubi emas, balki himoyalanish vositasi. Endi qo‘ng‘iroq shunday ko‘rinadi: siz qo‘ng‘iroq qilasiz, narigi tomondan telefonni ko‘tarishadi va sizdan ovoz kutishadi. Agar siz bot, robot yoki shunchaki noqulay holatga tushib, gapirmay tursangiz, go‘shakni qo‘yishadi. 

Pulingizni saqlab, ko‘paytiring  

AVO omonati — yillik 25% gacha foyda, 1 daqiqada oching 

Оmonat ochish  

Agar siz aniq maqsad bilan qo‘ng‘iroq qilayotgan bo‘lsangiz, gapni o‘zingiz boshlang. O‘zingizni tanishtiring, nimaga qo‘ng‘iroq qilganingizni tushuntiring va asoslang. Shundagina siz bilan gaplashishlari mumkin. 

Bu oddiy usul barcha keraksiz qo‘ng‘iroqlarni kamaytiradi. Jim tursangiz, 80% avtomatik qo‘ng‘iroqlarning o‘zi uziladi. Firibgarlar dovdirab, algoritmlar ishlamay qoladi. Birgina so‘z  ham aytmasangiz bo‘ladi. 

Lekin zumerlar buning o‘zi bilan chegaralanib qolishmadi. Ular shunchaki jimlik rejimiga o‘tishmadi — buning o‘rniga butun bir falsafa o‘ylab topishdi. Ularning jim turishlarining aniq mantig‘i bor: agar qo‘ng‘iroq qilayotgan bo‘lsangiz, demak, o‘zingiz birinchi bo‘lib gapirishingiz kerak. Bu qo‘pollik emas, balki shaxsiy chegaralarga bo‘lgan hurmat. Siz boshladingiz — siz davom ettiring. Bu kim qo‘ng‘iroq qilayotganini tushunishga ulgurmay, nimadir deb to‘ng‘illab, keyin ovozim barcha nasiyaga sotuvchi do‘konlarni aylanib chiqishidan yaxshiroq. 

Yo‘q, rahmat. Endi «allo»siz. Faqat sovuqqonlik bilan qo‘ng‘iroq qiluvchining ohangini o‘rganish. 

Ommaviy axborot vositalari ham chetda qolmadi. Life.ru, Tengrinews, 808.media va boshqalar bu hodisani batafsil yoritishdi. Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar jim turish raqamli gigiyenaning yangi shakli ekanligini tasdiqlashyapti. Notanish odamlar bilan telefonda qancha kam gaplashsangiz, pulingiz, ovozingiz va shaxsiyatingizni saqlab qolish imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi. Ayniqsa, siz xushmuomala va aniq talaffuzli inson bo‘lsangiz. Sun’iy intellekt uchun bu shunchaki sovg‘a, firibgar uchun esa oltin koni. 

Shunday qilib, hali ham 2006-yildagidek qo‘ng‘iroqlarga «allo, eshitaman» deb javob berayotgan bo‘lsangiz — to‘xtang. Ehtimol, sizni tinglashayotgandir. Hozirgi kunda bu nafaqat eskirgan, balki ehtiyotsizlik hamdir. «Allo» endi aloqa signali emas. Bu moliyaviy va shaxsiy ma’lumotlaringizga taklifnoma. 

Zumerlar buni tushunib yetishdi. Ular o‘z vaqtida moslashishdi, eski odatlardan voz kechishdi — orqaga qarab ham o‘tirishmadi. Balki, bizning ham vaqtimiz kelgandir? 

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

📖 Ta'lim
05.08.2025
6 daqiqa
Diyar Amanullayev
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 21/10/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Yangiliklar • 21.10

    AVO platinum tariflaridagi o‘zgarishlar

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 21.10

    O‘zbekistonda qanday qilib styuardessa bo‘lish mumkin? Osmon sari karyera zinapoyasi

    Nina Cherednikova

  • Bosh sahifa • 19.10

    O‘zbekistonda yosh oila qanday qilib uy sotib olishi mumkin?

    Yuna Korostelyova

  • Bosh sahifa • 17.10

    🍵 Uyda kuzgi shifobaxsh choylar damlaymiz 

    Kamilla

  • Bosh sahifa • 15.10

    Qanday hujjatlarda adashmasdan merosni olish mumkin

    Yuna Korostelyova

  • Yangiliklar • 14.10

    AVO sayohat finali 🎉

    Аvoboy


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

107