AVO ilovasining parolini unutdim, endi nima qilaman?

Ilovaga kira olmasangiz ham parolni yangilash mumkin:

  1. AVO ilovasini oching.
  2. Parol kiritish bo'limida «Parolni unutdingizmi?» tugmasini bosing.
  3. Yangi parol o'rnatishni tasdiqlang.
  4. SMS'dagi kodni kiriting.
  5. Agar avvalroq shaxsingizni tasdiqlagan bo‘lsangiz, yana bir marta tasdiqlashingiz kerak bo‘ladi.
  6. Yangi parol o‘ylab toping va uni 2 marta kiriting.
  7. Tayyor — parol yangilandi, endi ilovaga kirishingiz mumkin.

Agar siz ilgari shaxsingizni tasdiqlamagan bo‘lsangiz, parolni yangilaganingizda barcha qo'shilgan kartalar o‘chiriladi. Ularni qaytadan ilovaga biriktirishingiz mumkin

 

Qiziqarli bo'lishi mumkin:


Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda