Bloklangan AVO platinum kartasini qanday to'ldirish mumkin?
Agar AVO platinum kartangiz bloklangan bo‘lsa va uni o‘tkazma orqali to‘ldirsangiz, operatsiya summasidan 10% komissiya olinadi. Bu komissiya operatsiya qilingan paytda emas, keyingi ko'chirma kelgan kuni to'lov uchun hisoblanadi.
Masalan: 10‑sentyabr kuni karta bloklandi, 15‑sentyabrda kartani o‘tkazma orqali to‘ldirdingiz, 19‑sentyabrda, ko'chirma chiqqan kuni, komissiya hisoblanadi.
Kartani bu komissiyasiz to‘ldirish uchun, kartani quyidagi yo'llar bilan to'ldiring:
Agar kartani o‘zingiz bloklagan bo‘lsangiz, to‘ldirishdan oldin uni oching — shunda 10% to‘lamaysiz.
Shuningdek, davlat to‘lovlari yoki Moneysend orqali kelgan o‘tkazmalarga komissiya hisoblanmaydi