AVO ilovasida telefon raqamini qanday o'zgartirish mumkin?
Telefon raqamingizni almashtirish uchun yangi raqam ilovada ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lishi kerak. Agar raqam avvalroq ro'yxatdan o'tgan bo‘lsa, shu raqam orqali ilovaga kirib, eski akkauntni o'chirishingiz kerak bo‘ladi.
Telefon raqamini o‘zgartirish uchun:
- AVO ilovasida «Ko'proq» tugmasini bosing va «Sozlamalar» bo'limini tanlang.
- «Telefon raqamini o'zgartirish» tugmasini bosing va ilovaning parolini kiriting.
- Yangi raqamni, keyin SMS orqali kelgan kodni kiriting — tayyor, raqam o'zgartirildi.
Raqamingiz o‘zgartirilgandan keyin biriktirilgan kartalar ilovadan o'chiriladi. Ularni qaytadan qo'shishingiz mumkin