• AVO

  • AVO gap

  • Stressiz kredit karta: limitdan chiqmaslik yo'llari

Stressiz kredit karta: limitdan chiqmaslik yo'llari

Bugun kredit kartadan qanday foydalanish kerakligi haqida va qarzga botib qolmaslik yo‘llari haqida gaplashamiz. Barchamizga ma’lumki, kredit karta — bu qiyin vaziyatlarda yordam beradigan yoki ayni paytda pul yetishmayotgan narsani sotib olishga imkon yaratadigan qulay vosita. Biroq, undan o‘ylamasdan foydalanilsa, tez orada qarzga botib, moliyaviy muammolarga duch kelish mumkin. Bunday vaziyatlardan qanday qochish bo‘yicha o‘z fikrlarim va tajribamni sizlar bilan baham ko‘rmoqchiman.

Stressiz kredit karta: limitdan chiqmaslik yo'llari

Oz-ozdan sinab ko‘ring

Mening birinchi maslahatim — aynan sizga mos keladigan limitni aniqlashdir. Ko‘pincha bank juda katta kredit limitini beradi, va siz o‘ylay boshlaysiz: «Zo‘r, xohlagan narsamni sotib olishim mumkin!» Ammo bu shunchaki sizga sovg‘a qilingan pul emasligini esda tutish muhim. Uni qaytarish kerak bo‘ladi.

Menda 10 million so‘mlik limitli kredit kartasi bor. Albatta, men bu pulga yangi smartfon sotib olishim yoki kiyim javonimni yangilashim mumkin, lekin men qoidaga rioya qilishga intilaman — kredit limitining 30 foizidan ortiq sarflamaslikka harakat qilaman. Mening holatimda bu taxminan 3 million so‘m. Shunday qilib, o‘zimni xotirjam his qilaman va qarzim yig‘ilib qolishi ehtimoli kamroq bo‘ladi.

Stressiz kredit karta: limitdan chiqmaslik yo'llari

Yaqinda, masalan, 5 million so‘mlik yangi telefon sotib olmoqchi bo‘ldim. Nazariy jihatdan, men uni darhol kredit kartasi bilan to‘lashim mumkin edi, lekin shunda men o‘zimning «ichki limitimdan» oshib ketardim. Buning o‘rniga men jamg‘armalarimning bir qismini summaning yarmini qoplash uchun ishlatdim, qolganini esa kredit karta orqali to‘ladim. Shunday qilib, ham xaridni amalga oshirdim, ham byudjetimga tushadigan yukni kamaytirdim.

Xaridlarni imtiyozli muddat boshida amalga oshiring

Men ko‘pincha qo‘llaydigan yana bir foydali usul — bu imtiyozli yoki greys davrining boshida katta xaridlarni amalga oshirish. Bu — bank pullaridan foizsiz, bepul foydalanish mumkin bo‘lgan davr. Xaridni qanchalik erta amalga oshirsangiz, pulni qaytarish uchun shunchalik ko‘p vaqtingiz bo‘ladi.

AVO platinum kredit kartasidan foydalanganim sababli, kartamning imtiyozli davri — 45 kungacha, va hisobot sanasi har oyning 2-kuniga to‘g‘ri keladi. Bunday holda, 3-kuni, ya’ni hisobot kunidan keyingi kun — amalga oshirilgan xarid menga xarajatlar uchun 30 kunlik maksimal imtiyozli davr beradi, keyin esa sarflangan pulni qaytarish uchun yana 15 kun vaqt qoladi. Bu, haqiqatan ham, ortiqcha to‘lovlardan saqlanishga yordam beradi.

Stressiz kredit karta: limitdan chiqmaslik yo'llari

Daromad va xarajatlaringizga baho bering

Kredit limitidan oqilona foydalanish uchun oylik daromad va xarajatlarni aniq baholash muhim. Shaxsan men ularni majburiy (ijara, kommunal xizmatlar, oziq-ovqat) va ixtiyoriy (ko‘ngilochar tadbirlar, kiyim-kechak, gadjetlar) turlarga ajrataman. Xarajatlarni hisobga olishning bu samarali tizimi haqida ushbu maqolada batafsil yozgan edim.

Men doimo avval barcha zarur xarajatlarni qoplashga harakat qilaman, keyin esa qo‘shimcha nimaga pul sarflashimni hal qilaman. Bu usul barcha mablag‘lar o‘ylamay qilingan xaridlarga sarflanib, ijara uchun pul yetishmay qolishi kabi vaziyatlarning oldini olishga yordam beradi.

Stressiz kredit karta: limitdan chiqmaslik yo'llari

Qarzdorlikni ertaroq yopishga harakat qiling

Yana bir foydali maslahat — foizlardan qutulish uchun qarzni imtiyozli muddat tugaguncha to‘lash. Men har doim bu muddat tugashidan bir necha kun oldin to‘lovni amalga oshirish uchun telefonimga eslatma o‘rnataman. Bir marta to‘lov sanasini unutib, foizlarni to‘lashga majbur bo‘lganman. O‘shandan beri tavakkal qilmayman va o‘zimga oldindan eslatma qo‘yaman.

Imtiyozli davrning tugash muddatini va to‘lov sanalarini aniq bilishingizga ishonch hosil qiling. Bu ma’lumotlarni bank ilovasidan topishingiz mumkin.

Qarzdorlikni 45 kungacha % siz yoping

Foizsiz davrga ega AVO platinum kredit kartasini buyurtma qiling

Buyurtma qilish

Hech bo‘lmaganda majburiy to‘lovni amalga oshiring

Agar qarzni to‘liq to‘lay olmasangiz, hech bo‘lmaganda majburiy minimal to‘lovni amalga oshiring. Bu sizni jarimalardan va kredit tarixingizning buzilishidan asraydi. Ammo baribir ortiqcha to‘lovlardan qochish uchun qarzni to‘liq yopishga harakat qiling.

Majburiy to‘lov summasini bankning mobil ilovasida ko‘rishingiz mumkin.

Stressiz kredit karta: limitdan chiqmaslik yo'llari

Komissiyalar haqida unutmang

Kartani faqat naqd pulsiz yoki onlayn to‘lovlar uchun ishlating va yuqori komissiya hamda foizlardan qochish uchun undan naqd pul yechib olishdan saqlanishga harakat qiling.

Menga kredit karta endigina berilganida, undan 1–2 marta naqd pul yechib olgan edim va komissiyalardan juda hayratga tushgan edim. Endi doimo yonimda ozgina naqd pul olib yurishga yoki naqd pul olish va rekvizitlar bo‘yicha pul o‘tkazmalari uchun debet kartadan foydalanishga harakat qilyapman. Bu ortiqcha komissiyalarni tejashga yordam beradi.

Stressiz kredit karta: limitdan chiqmaslik yo'llari

Bonuslarni aql bilan ishlating

Ko‘plab banklar va xizmatlar kredit karta orqali xarid qilish uchun maxsus shartlarni taklif etadi va bu ham tejash uchun ajoyib imkoniyatdir.

Misol uchun, mening AVO kartam Mastercard tizimida ishlaydi va men tez-tez uning afzalliklaridan foydalanaman. Masalan, Giotto qahvaxonasida 10% chegirma bilan belgiya vaflisi bilan nonushta qilishim yoki Toshkent Gullari do‘konidan 15% chegirma bilan guldasta sotib olishim mumkin. Hattoki, Booking.com saytida 10% chegirma bilan mehmonxonani band qilish imkoniyati ham bor, bundan keyingi ta’tilimda foydalanishni rejalashtirganman.

Bunda eng muhimi — haddan oshib ketmaslik. Faqat bonuslar borligi uchun biror narsa sotib olish shart emas. Agar bu, siz rostdan ham sotib olmoqchi bo‘lgan buyum bo‘lsa, juda yaxshi, agar unday bo‘lmasa, yana bir bor o‘ylab ko‘rgan ma’qul.

Umuman olganda, tajribamda shuni ko‘rdimdiki, kredit kartadan oqilona foydalangan holda nafaqat qarzdan qochish, balki bonuslardan ham foyda olish mumkin. Umid qilamanki, mening maslahatlarim sizga stress va ortiqcha xarajatlarsiz kredit kartadan foydalanishingizga yordam beradi!

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

📖 Ta'lim
14.12.2024
15 daqiqa
Tatyana Nitchenko
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 21/10/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Yangiliklar • 21.10

    AVO platinum tariflaridagi o‘zgarishlar

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 21.10

    O‘zbekistonda qanday qilib styuardessa bo‘lish mumkin? Osmon sari karyera zinapoyasi

    Nina Cherednikova

  • Bosh sahifa • 19.10

    O‘zbekistonda yosh oila qanday qilib uy sotib olishi mumkin?

    Yuna Korostelyova

  • Bosh sahifa • 17.10

    🍵 Uyda kuzgi shifobaxsh choylar damlaymiz 

    Kamilla

  • Bosh sahifa • 15.10

    Qanday hujjatlarda adashmasdan merosni olish mumkin

    Yuna Korostelyova

  • Yangiliklar • 14.10

    AVO sayohat finali 🎉

    Аvoboy


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

151