Nima deb o’ylaysiz, oddiy oila bitta oylikka yaxshi yashay oladimi? Keling, buni o’zimizning mahalliy yigit — Dilshod misolida bilib olamiz. U turmush o’rtog’i — Zilola va 2 oylik farzandi — Toyirjon bilan Toshkentda yashaydi. Dilshod aloqa markazida bosh operator bo’lib ishlaydi va 5 mln so’m ish haqi oladi. Xo’sh, Dilshod oyligini nimalarga sarflaydi va puli qolmaganda qanday yo’l tutadi?
Oziq-ovqat: ham mazali, ham foydali
Dilshod va Zilola haftada bir martta bozorlik qilishadi. Bozorlikni tejamli va to’yimli, shu bilan birga foydali qilish uchun ular birgalashib kerakli tovarlar ro’yxatini tuzishadi. Mahsulotlar narxlari mavsumga qarab goh o’sib, goh pasayib turadi: masalan, yozda meva-sabzavotlar arzonroq, shuning uchun ko’proq va xilma-xil qilib olish mumkin. Qishda esa hech bo’lmaganda ikki xil meva olib, har hafta o’zgartirishga harakat qilishadi. Masalan, bir hafta olma-banan olishsa, keyingi hafta uzum va nokka pul ajratiladi. Mana ularning haftalik bozori ro’yxati:

Jami, bir haftalik oziq-ovqatga taxminan 657 000 so’m, oyiga esa 2,6 mln so’m sarflanadi.
«Ba’zida haftani oxirigacha kartoshka yoki piyoz yetmaydigan holatlar ham bo’lib turadi. Bunday hollarda biz uyimiz oldidagi do’kondan kerakli hammasini olamiz».
Kommunal to’lovlar: har bir tiyin hisobda
2024-yilning aprel oyida kommunal xizmatlarning narxlari ancha-munchaga oshib ketdi. Endi avvalgidek beg’am-betashvish yurish yo’q: xonada o’tirmasak chiroqni o’chirish, tishni yuvish paytida suvni o’chirishga to’g’ri kelyapti.

Kommunal xizmatlar | Uch kishilik xarajat |
Gaz | 30 000 so’m |
Elektr-quvvat | 70 000 so’m |
Sovuq suv | 80 000 so’m |
Issiq suv | 80 000 so’m |
Chiqindi | 20 000 so’m |
TSCHJ | 30 000 so’m |
Jami: oyiga 310 000 so’m |
Transport
Dilshodning hali shaxsiy mashinasi yo’q, shuning uchun ishga metroda qatnaydi. Ba’zan ishga juda kechikayotgan bo’lsa, albatta, taksi chaqiradi. Bir oyda yo’lkira uchun taxminan 130 000 so’m pul sarflaydi:

Kiyim-kechak
Dilshod va uning oilasi pul yetishi uchun har oy bittadan kiyim-bosh olishga harakat qilishadi. O’tgan oy u 300 000 so’mga jinsi shim oldi, Zilola esa 250 000 so’mga ko’ylak tanladi. Kichkintoyga 120 000 so’mlik kiyim bilan, 40 000 so’mga o’yinchoq xarid qilishdi. Jami butun oila uchun kiyim-kechakka 710 000 so’m sarflandi.
«Ba’zida eski kiyimlarimni atelyega olib borib, yap-yangiday qilib tuzattiraman. Kuzgi kurtkalarni tashlab yuborishga ko’zim qiymaydi, yangisini olgandan ko’ra eskisini tuzattirganim arzonroqqa tushadi».

Parvarish va tozalash vositalari
Uyni tozalash va parvarish vositalari uchun Dilshod bir oyda 508 000 so’m sarflaydi. Buni ichiga quyidagilar kiradi:
Tovar nomi | Summa |
Shampun (ikki kishi uchun) | 45 000 so’m (1 b.) |
Sovun (ikki kishi uchun) | 12 000 so’m (1 d.) |
Dezodorant (ikki kishi uchun) | 50 000 so’m (2 d.) |
Tish pastasi (ikki kishi uchun) | 24 000 so’m (1 tyubik) |
Bolalar shampuni | 50 000 so’m (1 b.) |
Bolalar sovuni | 40 000 so’m (1 b.) |
Bolalar tagligi | 200 000 so’m (1 q.) |
Kir yuvish kukuni | 47 000 so’m (1 q.) |
Idish yuvish vositasi | 15 000 so’m (1 b.) |
Pol yuvish vositasi | 25 000 so’m (1 b.) |
Jami bir oyda 508 000 so’m sarflanadi | |
Ayolim bilan ikkalamizga to’g’ri keladigan zo’r shampun topganmiz. Bu bizga ozgina bo’lsa ham tejashga yordam beradi. Yana ro’yxatga farzandimiz uchun olinadigan dorilarni ham qo’shmadim, ularga ko’p pul sarflamaymiz. Bolajon ko’p ham kasal bo’lmaydi yaxshiyam. Kerak bo’lganda ota-onamdan dori-darmon so’raymiz. Ular bizga yaqin joyda yashaydilar.
Hordiq chiqarish
Byudjet katta bo’lmasa ham, Dilshod o’zi va oilasini xursand qilishni esdan chiqarmaydi. Ular har dam olish kunlari qahvaxona yoki istirohat bog’iga sayohatga chiqadilar. Bunday sayohatlarda u odatda 200 000 so’mgacha pul sarflaydi: yo’lkira, kechki taom va muzqaymoq deganlaridek. Jami, bir oyda 700 000 - 800 000 so’m dam olishga sarflanadi.
Xo’sh, xarajatlarni umumlashtiramiz
Dilshod nimalarga pul sarflaydi | Summa |
Oziq-ovqat | 2 600 000 so'm |
Kommunal xizmatlar | 310 000 so'm |
Transport | 130 000 so'm |
Kiyim-kechak | 700 000 so'm |
Parvarish va uy tozalash vositalari | 508 000 so'm |
Hordiq chiqarish | 800 000 so'm |
Jami - taxminan 5 048 000 UZS |

AVO platinum bilan oylikkacha kun sanash shart emas
Kerakli hammasini hozir xarid qiling — to‘lovni esa keyin qiling
Hatto kichik oilaga ham bitta oylikka yashash qiyin bo’lishi mumkin. Shuning uchun, oilaviy tadbirlarda qatnashish yoki og’rigan tishni davolash uchun pul yetmagan vaqtlarda, Dilshod AVO platinum kredit kartasidan foydalanadi. Oylik hali kelib ulgurmaganda, kartaning foizsiz davri (bu davrda kredit pullarini sarflash va 0% bilan qaytarish mumkin — ortiqcha to’lovlarsiz) juda qo’llaydi.
«O’tgan oyda bir nechta xaridlarim uchun kredit kartasi bilan to’ladim. Meni maktabdagi do’stimning to’yiga chaqirishgani hayolimdan ko’tarilibdi. Yosh oilaga zo’r sovg’a — mikroto’lqinli pech oldim. Ustiga ustak ularning uyi yaqinda ta’mirdan chiqadi 😅. Oylik kelishi bilan hammasini qaytardim, ustiga hech qanday foiz to’lamadim».
Agar sizni ham shaxsiy xarajatlar uchun ortiqcha to’lovlarsiz kredit kartasi qiziqtirsa, «Imtiyozli davr: bankka foizlarni to’lamaslikning iloji bormi?» maqolamizni o'qib chiqing.
*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.
*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.

