Komplayens

Hurmatli «AVO bank» AJ hamkorlari va mijozlari

«AVO bank» AJ komplayens-nazorat Departamentining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz

Bankda komplayens-nazorat mavjud, bu ichki monitoring, muvofiqlashtirish va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, chet davlatlar qonunchiligi va bankning ichki hujjatlari ijrosi, qoidabuzarliklarning oldini olish, ularning oqibatlari va kelib chiqish sabablarini bartaraf etish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar majmui hisoblanadi.

Agar siz bank (bank xodimlari) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari va bankning ichki hujjatlari buzilishi holatlari, yoki bank xodimlari ishtirokida korrupsiya harakatlari (vakolatni suiisteʼmol etish, pora berish yoki olish, poraxo‘rlikda vositachilik, tijoratda pora evaziga og‘dirib olish, o‘z lavozimidan noqonuniy foydalanish), yoki noqonuniy pullarni legallashtirish/terrorizmni moliyalashtirish, O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchiligini chetlab o‘tishga yordam berish holatlari haqida xabar topsangiz, bu haqida to’g’ridan-to’g’ri komplaens-nazorat Departameni direktoriga quyidagi elektron manzil orqali xabar berishingiz mumkin: [email protected]